Operatsion sistema yadrosi Jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan xamma operatsiyalar Operatsion sistema boshqaruvi ostida bajariladigan qismni yadro deb ataymiz.. OS ning qolgan qismlari tashqi xotirada joylashgan vaqtda Yadro odatda operativ xotirada joylshagan bo’ladi.
Yadro funktsiyasi Operatsion sistema yadrosi funktsiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi dasturlarni o’z ichiga oladi:
Uzilishlarni qayta ishlash;
Jarayonlar ustidagi operatsiyalar;
Jarayonlarni sinxronlash;
Jarayonlar aro o’zaro harakatlarni tashkillashtirish;
Kiritish-chiqarish operatsiyalarni qo’llash;
Fayl sistemalari ishini qo’llash;
Protseduralarga murojaat qilishda kiritish-chiqarish mexanizmlarini qo’llash.
Ierarxik yondoshuv asosida operatsion sistemalarni loyihalash jarayonlari quyidagicha ifodalanadi. Ierarxiya asosida kompyuter apparaturasi, ya’ni «toza mashina». Keyingi bosqichda yadroning turli funktsiyalari joylashgan bo’lib, uning yordamida kompyuter «kengaygan mashina» holiga aylanadi. Yadro yordamida amalga oshiriluvchi qo’shimcha funktsiyalarni primitivlar (primitives) deb ataymiz. Yadro ustida operatsion sistemaning turli jarayonlari ierarxiyasi joylashgan.
OSdan foydalanish rejimlari: Bir programmali rejim va kvant rejim mavjud. Kvant rejimda EHM dan 1 nechta foydalanuvchi foydalanadi, har bir foydalanuvchiga kvant vaqt ajratiladi. Kvant sekundning kichik ulushi. Protsessor kvant vaqt ichida 1 ta masala bilan shug’ullanadi . Agar uni ishlab ulgurmasa masalani navbatga qo’yib, keyingi kvant vaqt ichida boshqa masala bilan shug’ullanadi. Agar masalani ishlab tugatsa, uni navbatdan chiqarib tashlaydi.
Operatsion tizimlarning asosiy vazifalari va ularning turlari
Operatsion tizimlarlarning asosiy vazifalari. Operatsion sistemalarning (tizimlarning) (OS) asosiy vazifalari– foydalanuvchining EHM bilan muloqatni soddalashtirishdir. Bundan tashqari, OSning muhim vazifasi-tizimli programma taminotining elementlari bo’lgan translyator, yuklagichlar va monitorlar uchun qulay interfeys yaratishdir.
Tizimli programma taminot (TPT) apparat vositalar ustiga qurilgan ustqurtma bo’lib, u foydalanuvchini mashina bilan ishlashini o’ng’ay qiladi. EHM samaradorligini oshirish uchun OS EHM ning resurslarini boshqarishdek murakkab jarayonlarni amalga oshiradi.
OSning asosiy vazifasi quyidagi sxemada keltiriladi.
OS bilan foydalanuvchi o’rtasidan muloqot malum bir boshqaruv tilida amalga oshiriladi (RUN P). OSning foydalanuvchi uchun qulaylik nuqtai-nazaridan ko’p ishlatiladigan xizmatlar uchun standart servis programmalariga ega. Masalan, READ(F) bunda mashina darajasidagi o’qish-yozishni amalga oshirishni OS o’z zimmasiga oladi. Bunday xizmatchi programmalar yechimdan masalalarning operatsion qamrovining bir qismi sifatida qaralishi mumkin. Garchi OS faqat programma taminoti ko’rinishi amalga oshirilgan deb hisoblansa ham, amallarning ma’lum birlari mikro-programmalar to’plamidan ko’rinishida programma-apparat vositalari orqali amalga oshirilgan.