Umumiy arxitektura xususiyatlari va printsiplari qatoriga quyidagilar kirishi mumkin:
a) saqlanuvchi dastur printsipi bunga muvofiq programma kodi va uning ma'lumotlari RAMda 1 ta adres muhitida joylashadi;
b) mikrodasturlashtirish printsipi –bu printsip mohiyati shundan iboratki, mashina tili oxirgi substantsiya emas, ya'ni mashinadagi jarayonlarni fizik amalga oshirmaydi. Protsessor tarkibiga mikrodasturni boshqarish bloki kiradi. Bu blokda har bir "mashina komanda"si uchun harakat signallari nabori bor. Berilgan mashina kodini fizik darajada amalga oshirish uchun mana shu harakat signallari generatsiya qilinadi;
v) xotiraning chiziqli mohiyati. Xotira yacheykalarining yig'indisi. Ularga ketma-ket ravishda 0,1,2,..., nomerlar (adreslar) beriladi.
g) dasturlarni ketma-ket bajarilishi programmalarning to'g'ri chiziqli bajarilish yo'lini o'zgartirish uchun yoki tarmoqlanishini amalga oshirish uchun maxsus komandalarni ishlatish zarurdir. Ular shartli va shartsiz o'tish komandalari deyiladi.
Protsessor nuqtai nazardan "ma'lumotlar" va "komandalar" o'rtasida prinsipial farq yo'qdir. Ma'lumotlar va mashina komandalari xotirada 0 va 1 lar ketma-ketligi ko'rinishida turadi. Bu xususiyat oldingisi bilan bog'liqdir. Protsessor xotira yacheykalaridagi ba'zi ketma-ketliklarni bajarayotib, har doim uni mashina komandasining kodi sifatida qabul qilishga harakat qiladi.
Superskalyar arxitektura. I\86 arxitekturasida paydo bo'lgan arxitekturaning muhim elementi bu konveyerdir. U maxsus qurilmasi, ya'ni mikroprotsessorning ichida kommandalarni qayta ishlashni bajarilishi bir qator etaplarga bo'linadi. I\86 5 bosqichli konveyer bor:
a) kesh-xotira yoki operativ katalogdan komandalarni tanlash:
b) komandalarni dekodirovat qilish;
v) generatsiya adres, xotiradagi operandlar adresi aniqlanadi:
g) operatsiyalarning AMQ (arifmetik-mantiqiy-qurilma) yordamida bajarish
d) natijalarni yozish (natijalarni qayerga yozilishi konkret mashina komandalarining ishlash algoritmiga bog'liq.
Bunday holatda har bir komandalar bajarilishi jarayonida elementar operasiyalarga bo'linadi. Bunday yondoshishning afzalligi shundaki, navbatdagi komanda tanlab bo'lingandan so'ng komandalarni dekodirovka qilish blokiga tushadi. Natijada konveyerda turli bosqichlarda 5 ta komanda bajarilishi mumkin. Hisoblash tizimi sezilarli darajada ortadi. Bitta konveyeri bo'lgan mikroprotsessorlar – skalyar, va 2 yoki undan ortiqrog'iga - superskalyar deyiladi.
Pentium mikroprotsessori 2 ta konveyerga ega, ya'ni superskalyar arxitekturasini qo'llaydi va shuning uchun 1 mashina taktida 2ta komanda bajarilishi mumkin.