O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Hamid Olimjon



Download 24,12 Kb.
Sana22.04.2022
Hajmi24,12 Kb.
#573754
Bog'liq
Dildora


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining tarbiyachisi Alimova Dildoraning 2020-2021 o‘quv yili uchun tayyorlagan
YILLIK HISOBOTI

2020-2021-yilning o‘quv yili mobaynida maktab yotoqxonasida 102 nafar o‘quvchi istiqomat qildi. Shulardan 20 nafari o‘g‘il bola va 82 nafari qiz bola.Vazifamiz davomida o‘quvchilarni tarbiyaviy ishlari bilan shug‘ullanibgina qolmay, ularning uy vazifalarini doimiy tayyorlatib, tekshirib borildi. O‘quvchilarni o’quv yili davomida ma‘naviy- ma‘rifiy tadbirlarga jalb etib borildi.


2020-yilning 2-sentyabr kuni “Bilimlar kuni”, Mustaqilligimizning 29-yilligi munosabati bilan onlayn tarzda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A.Karimov xotirasiga bag‘ishlab videolavhalar tayyorlandi.
Joriy yilning 12-sentyabr kuni shoira ,”Shuhrat” medali sohibasi Farida Afruz bilan o‘quvchilar o‘rtasida onlayn tarzda ijodiy muloqot bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar berib Farida Afruz tomonidan javoblar olishdi.
Joriy yilning 15-sentyabr kuni “ Ustozga maktub”mavzusida ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilindi.Tanlovda o‘quvchilar o‘zlari yoqtirgan ustozlariga maktub yo’lladilar.Maktublar onlayn tarzda har bir sinf tarbiyachilari tomonidan qabul qilindi va saralandi.
Joriy yilning 8-oktyabr kuni maktab-internatimiz o‘quvchilari va suxandon Tolibjon Isroilov o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda suxandon o‘quvchilarimizni qiziqtirgan barcha savollarga dildan javob berdilar.
2020- yilning 21-oktyabr kuni O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Til ma’naviy merosimiz”mavzusida ma’naviy -ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimligi kotibiyati mudiri B.Ibodov va “Jizzax ovozi” gazetasi bosh muharriri A.Mustafoyev tashrif buyurdi.
2020-yil 21-oktyabr kuni Jizzax shahridagi Yoshlar markazida 21-oktyabr “O‘zbek tiliga davlat tili “ maqomi berilganligi munosabati bilan ma’naviy- ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbir davlat madhiyasini tinglash bilan boshlandi.H.Olimjon va Zulfiya ijod maktab direktori D.Hamdamova “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
2020- yilning 16-noyabr kuni maktab-internatimiz o’quvchilari Markaziy harbiy Okrukka qarashli 25931-sonli harbiy qismga tashrif buyurishdi. Oquvchilar harbiylar hayoti bilan yaqindan tanishd.
Joriy yilning 18-noyabr kuni davlatimiz Bayrog’i qabul qilinganligining 29-yilligi munosabati bilan maktab-internatimizda “Mening bayrog‘im-mening faxrim”shiori ostida ma’naviy- ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 1-dekabr kuni maktab- internatimizning ”OITS-asr vabosi” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Barcha o’quvchilarimiz tadbirda “OITS” haqida ma’lumotga bo‘lishdi.
2020-yilning 11-dekabr kuni Hamid Olimjon tavalludining 111-yilligi munosabati bilan “Hamid Olimjon –barhayot siymo” mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Hamid Olimjon hayoti va ijodiga oid sahna ko‘rinishi namoyish etildi va shoir she’rlari zamondoshlarining shoir haqidagi fikrlari tinglandi.Tadbir so‘ngida agentlik rahbari H.Umarovaning videolavha asosidagi bayram tabrigi yig’ilganlarga namoyish etildi.
Joriy yilning 12-dekabr kuni O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida H.Olimjon tavalludining 111-yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.”Adiblar xiyoboni”ga borib H.Olimjon va Zulfiya haykalini ziyorat qilindi.O‘quvchilar va konservatoriya talabalari bo‘lgan “Zulfiya” mukofoti sohibalari bilan suhbatda bo‘lishdi. Konservatoriya katta zalida taqdirlash marosimi va konservatoriya talabalari va H.Olimjon va Zulfiya ijod maktabining o’quvchilari o’z chiqishlari bilan tomoshabinlarni xursand qilishdi.
2020-yilning 26-dekabr maktab-internatimizda 6-7-8-9 sinflar o‘rtasida “Aktyor shou” tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirda o ‘quvchilar 3 ta shart bilan sa’natkorlik, aktyorlik va shoirlik mahoratlarini ko‘rsatishdi.Tadbir so‘ngida o’quvchilar bir qancha nominatsiyalar bilan taqdirlanishdi.
2021-yil 14-yanvar kuni “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan maktab-internatimizda tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 7-8-9-10 sinf o‘quvchilari 3 ta shart asosida qatnashishdi.
2021-yilning 3-fevral kuni maktab –internati o’quvchilari Jizzax shahridagi Viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurib Maxmudov Hamroz tomonidan sahnalashtirilgan X.To’xtaboeyevning “Sariq devni minib” spektaklini tomosha qilishdi.
2021-yilning 9-fevral kuni maktab-internatimizda A.Navoiyning 580-yilligi munosabati bilan badiiy adabiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda o’quvchilar tomonidan so‘z mulkining sultoni ,shoir A.Navoiy qalamiga mansub g’azallar ,ruboiylar va “Xamsa” asarini sahna ko ‘rinishini namoyish etishdi.
2021-yilning 12-fevral kuni maktab-internatimizda buyuk mutafakkir shoh va shoir Z.M.Bobur tavalludining 538-yilligi munosabati bilan tadbir bo ‘lib o’tdi.
2021-yilning 1- mart kuni O’zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tavalludining 106-yilligi munosabati bilan “Zulfiya ijodi va adabiy badiiy merosining xalqaro ahamiyati”mavzusida xalqaro ilmiy amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun jami 150 ga yaqin ilmiy ishlar nafaqat yurtimiz, balki boshqa davlatlardan kelib tushdi.
2021-yilning 5-mart 8-mart- Xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan maktab-internatimizda “Ayol –nafosat ko’zgusi” mavzusida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
2021-yilning 2-aprel kuni Yoshlar ittifoqining “Madaniyat” va “Imkon” yo’nalish sardorlari o’g’il bolalar o’rtasida noan’anaviy tarzda “Aralash quralash” nomli bellashuv o’tkazildi.
2021-yilninng 9-aprel kuni Sohibqiron Amir Temur tavalludi munosabati bilan “Ertalabki saflanish” tadbiri bo’lib o’tdi.Tadbirda “Temur tuzuklari” dan namunalar aytildi.
Joriy yilning 30-aprel kuni tarbiyachi M.Irgasheva va D.Alimova tomonidan tayyorlangan “Orasta qizlar” yon daftarchasi o’quvchi qizlarimizga tarqatildi.
2021-yilning 5-iyun kuni maktab-internatimizda “So’nggi qo’ng’iroq” tadbiri bo’lib o’tdi.Tadbirga Jizzax viloyat hokimi o’rinbosari Jo’raqulov Furqat Norjigitov tashrif buyurdi va tabrik so’zi bilan tadbirni ochib berdi. Tadbir badiiy qism bilan ulanib , o’quv yili davomida faollik ko’rsatgan tashabbuskorligi bilan ko’pchilikka namuna bo’lgan pedagog hodim, tarbiyachi va faol o’quvchi yoshlar Viloyat hokimligi tomonidan tashakkurnoma, diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi stipendiya sovrindorlari taqdirlandi. Ijod maktabining “Yil ijodkori”, “Yil faoli”, “Yil a’lochisi” statuetka va guvohnomalari bitiruvchi sinf o’quvchilariga taqdim etildi. Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi madhiyasi ilk marotaba o’quvchilar jo’rligida jarang sochdi.
Pazandachilik to‘garagi hisoboti.
2020-2021-o‘quv yili davomida o’quvchi qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida.ularni mustaqil hayotga tayyorlash uchun reja asosida “Pazandachilik” to‘garagi tashkil qildik. To‘garak uchun kerak bo‘lgan jihozlar hamda qizlarimiz uchun ro‘mol va fartuklar tashkil qildim. Bunda
o‘quvchi qizlarimizga milliy taomlar, shirinliklar hamda salatlar tayyorlash sirlarini retsept asosida batafsil o’rgatib bordik.To’garagimizga barcha sinf o’quvchi qizlarimizni qamrab oldik. Yangi o’quv yilida ham to’garagimizni yanayam rivojlantirib kengaytirish niyatimiz bor. O‘quvchi qizlarimizning qiziqishlari va fikrlarini o’rganib chiqib, shu asosida yangi to’garaklar ham tashkil qilish ko’zda tutilgan.

Qabul qildi: M.M.I.B.D.O’. M.Yusupova.
Topshirdi: D. Alimova
Download 24,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish