O’zbekiston Respublikasining milliy pul birligi "so’m" 1994 yilning 1iyuligacha muomalada yurgan so’m-kuponlar o’rniga denominatciya yo’li bilan 1000:1 nisbatda muomalaga kiritilgan. 1994 yilning 1-iyul holatiga "so’m"ning AQSh dollariga nisbatan kursi 7 so’mni tashkil etgan edi. 1994 yil iyul oyi davomida respublika hududida yangi pul belgilari ham, so’m-kuponlar ham belgilangan nisbatda to’lovlarning barcha turlarida hech qanday cheklovlarsiz qabul qilindi. 1994 yilning 1-avgustida 1 AQSh dollari 11 so’mga teng edi. O‘zbekiston Respublikasi valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari Milliy va xalqaro valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari Valyuta tizimi o'zining zamonaviy shakliga kelguncha uzoq tarixiy davrni bosib o'tgan. Birinchi jahon valyuta tizimi stixiyali ravishda sanoat inqilobidan so'ng oltin monometalizmi asosida oltin-tanga standarti shaklida shakllangan. Yuridik jihatdan esa mazkur tizim 1867 yil Parij shahrida bo'lib o'tgan konferensiyada, davlatlararo kelishuv sifatida rasmiylashtirilgan. Ushbu jahon valyuta tizimi jahon pulining yagona shakli sifatida oltinni rasmiy tan olgan edi. XIX asrda xalqaro savdoning rivojlanishi bilan ko'pchilik davlatlar o'zlarida "oltin standarti"ni kiritdilar, ya'ni shu davrdan boshlab mazkur davlatlar valyutalarining kursi va qiymati shu valyutalar zaminida yotgan oltin miqdorining qiymati bilan belgilanadigan bo'ldi. Davlatlarning markaziy (milliy) banklari o'z navbatida milliy qog’oz pullarni taalluqli oltin miqdoriga (baho masshtabiga asosan) almashtirishga majbur edilar. Masalan, Buyuk Britaniyaning 1 funt sterlingi (soverenign) 1821 yilda 7,322385 gramm, Germaniyaning 1 markasi 1873 yilda 0,385422 gramm, Rossiyaning 1 rubli 1887 yilda 0,774234 gramm sof oltin qiymatini ifoda etar edi.7 Valyutalarning bir biriga nisbatan kursini aniqlash uchun ularning zaminida yotgan oltin miqdorlari o'zaro solishtirilar edi. Yuqoridagi keltirilgan ma'lumotlarga asosan Buyuk Britaniyaning 1 funt sterlingi 18,9984 Germaniya markasiga (7,322385/0,385422) yoki 9,4576 Rossiya rubliga (7,322385/0,774234) teng edi. Milliy valyutalar zaminidagi oltin miqdorlari 1914 yilgacha o'zgarmagan va tabiiyki, ular o'zgarmaguncha ularning bir-biriga nisbatan kurslari ham barqaror edi. Shu sababli "oltin standarti" - bu, qat'iy yoki barqaror valyuta kurslari tizimi edi, desak mubolag’a bo'lmaydi. Bu tizim bir qator ijobiy tomonlarga ega. Xususan boshqa metallarga qaraganda oltin tabiatda kam uchraydigan va noyob metall bo'lganligi sababli davlatlar tomonidan uning miqdorini ko'paytirish nihoyatda mushkul. Bundan chiqdi, davlatlar va markaziy (milliy) banklar o'z xohishlari bilan oddiygina pul muomalasi hajmini o'stirishga va inflyatsiyani rag’batlantirish imkoniga ega emas edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |