4. Amalga oshirish
Har ikki tomon o‘z hamkorligi davomida Toshkent shahridagi texnik ofisni tashkil etishni va uning faoliyatini to‘la qo‘llab-quvvatlash niyatidadirlar, ushbu ofis Evropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi Delegatsiyasi tuzilgunga qadar ushbu Anglashuv memorandumini amalga oshirishga ko‘maklashadi va shuningdek, energetika hamda iqlim o‘zgarishiga taalluqli energetika masalalari bo‘yicha mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mo‘ljallangan markaz bo‘lib xizmat qiladi.
II. Yakuniy qoida
Ushbu hujjat faqat siyosiy maqsadlarni tasdiqlaydi va har ikki tomon biror bir yuridik majburiyatni o‘z zimmasiga olmaydi.
Bryussel shahrida 2011-yil 24-yanvarda o‘zbek va ingliz tillarida tuzildi.
(imzolar)
(O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘plami, 2011-y., 1-2-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |