3. Texnika va sanoat sohasida hamkorlik
Har ikki tomon O‘zbekistonda texnika sohasidagi eng so‘nggi yangiliklarga mos keluvchi energetika texnologiyalarini, shu jumladan energiya va resurslarni tejovchi texnologiyalarni, tiklanuvchi energiya manbalarini kelgusida joriy etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining texnikaviy ekspertizasini oshirish hamda Evropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston Respublikasi ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalar va hamkorlikni kuchaytirish maqsadida birgalikda ishlash niyatidadirlar. Bunday hamkorlik quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
a) nou-xau almashish va texnologik ko‘nikmalarni egallashga yordam ko‘rsatish maqsadida axborot tarqatishga va boshqa kommunikatsiya shakllariga ko‘maklashish;
b) tadqiqotlar va ishlanmalarda hamkorlik qilish;
v) Evropa Ittifoqi Komissiyasining mintaqaviy ta’lim dasturlaridan (TEMPUS, Erasmus Mundus) foydalangan holda shunday energetika sohasida hamkorlikning ustuvor masalalariga yo‘naltirilgan tegishli ta’limni amalga oshirish;
g) Evropa Ittifoqi yoki O‘zbekiston Respublikasi siyosatini, shu jumladan har ikki tomonning energetika xavfsizligini e’tiborga olgan holda, energetika resurslarini qazib olish, qayta ishlash, tashish va ulardan foydalanishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, shu jumladan ularning tashqi aloqalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha ma’lumot almashish;
d) Evropa Ittifoqi va O‘zbekistondagi energetika sektorida faoliyat yuritayotgan davlat va xususiy biznes o‘rtasida qo‘shma konferensiyalar, biznes-forumlar va seminarlar kabi tadbirlar bilan almashish va hamkorlikni ilgari surish;
e) o‘zaro ahamiyatga ega bo‘lgan, O‘zbekiston energetika sektorini modernizatsiyalash, texnika va texnologiya bilan qayta jihozlashtirishga qaratilgan loyihalar bo‘yicha industrial hamkorlikni, shuningdek yangi energetika obyektlarini qurishni qo‘llab-quvvatlash;
yo) energiya samaradorligi, energiyani tejash va qayta tiklash sohalariga alohida e’tibor qaratgan holda, energetika sektorida industrial hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
j) energiya samaradorligi va energiyani tejash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sektorida O‘zbekistondagi tadbirkorlik sektori, shu jumladan kichik va o‘rta korxonalar uchun xizmat ko‘rsatish salohiyatlarini qo‘llab-quvvatlash;
z) Evropa Ittifoqi Komissiyasining xalqaro tashabbuslaridagi tegishli vositalari orqali Evropa Ittifoqining a’zo davlatlari, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE), BMTning Taraqqiyot dasturi (BMT TD) va boshqa manfaatdor sheriklar bilan uran chiqindilari va O‘zbekiston Yadro fizikasi institutidagi tadqiqot reaktorining operatsion xavfsizligini oshirish yuzasidan ish olib borish bo‘yicha hamkorlik qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |