TARMOQNI TESTLASH
Tarmoq bog‗lanishini ishlayotganiga ishonch xosil qilish uchun uni qayta sinash kerak.
Birinchi navbatda tarmoqda ma‘lumot uzatish imkoniyati tekshiriladi. Ushbularni aniqlashda,
agarda tarmoqda bu manzil bo‗yicha ishlayotgan biror-bir kompyuter mavjud bo‗lsa, u holda aniq
manzillarga talab junatishga imkon beruvchi ping buyrug‗idan foydalaniladi. ping yordamida
tarmoqni tekshirishning beshta asosiy usuli mavjud; Quyida keltirilgan buyruqlarni keltirilgan
tartibda bajarish kerak.
Boshlash uchun buyruqlar oynasini ochamiz va kiritamiz:
$ ping 127.0.0.1
Agar tarmoqda dasturiy ta‘minot to‗g‗ri o‗rnatilgan bo‗lsa, oynada quyidagiga o‗xshash
habarlar chiqadi:
PING 127.0.0.1 (127.0.0.1) from 127.0.0.1 : 56(84)
bytes of data. 64 bytes from localhost.localdomain (127.0.0/1):
icmp_seq=0 ttl=255 time=164 usec
64 bytes from localhost.localdomain (127.0.0.1):
icmp_seq=l ttl=255
time=124 usec 64 bytes from localhost.localdomain (127.0.0.1):
icmp_seq=2 ttl=255
time=167 usec
Bu ma‘lumotlar siz Ctrl+C ni bosmaguningizcha chiqaveradi. Agarda hech narsa chiqmasa, u
holda siz tarmoqni qayta o‗rnatishingizga to‗g‗ri keladi, ammo bu mavzu ushbu kitob doirasidan
chiqib ketadi. Shundan so‗ng ushbu buyruqni kiritish kerak:
$ ping ipaddress
38
bu yerda ipaddress o‗zida kompyuteringizning haqiqiy IP-manzilini namoyon qiladi. Quyida
keltirilgan natijalar 192.168.4.65 IP-manzilli kompyuterdan olingan.
PING 192.168.4.65 (192.168.4.65) from 192.168.4.65 :
56(84) bytes of data. 64 bytes from localhost.localdomain (192.168.4.65):
icmp_seq=0 ttl=255
time=169 usec 64 bytes from localhost.localdomain (192.168.4.65):
icmp_seq=l ttl=255
time=214 usec 64 bytes from localhost.localdomain (192.168.4.65):
icmp_seq=2 ttl=255
time=146 usec
Ctrl+C ni bosishni yoddan chiqarmang. Agar berilgan buyruq to‗g‗ri ishlasa, demak sizning
tarmoq kartangizga IP-manzil to‗g‗ri qo‗yilgan. Agarda kutilgan natija olinmasa, u holda netcfg
dagi Interfaces bo‗limini tekshiring.
So‗ngra quyidagi buyruqni ishga tushirish kerak:
$ ping mycomputer
bu erda mycomputer kompyuteringisning xost-nomini bildiradi. Buyruq kiritishda
kopyuteringizning haqiqiy xost-nomini kiriting.
PING mycomputer (192.168.4.65) from 192.168.4.65 :
56(84) bytes of data. 64 bytes from mycomputer.localdomain (192.168.4.65):
icmp_seq=0 ttl=255
time=163 usec 64 bytes from mycomputer.localdomain (192.168.4.65):
icmp_seq=l ttl=255
time=124 usec 64 bytes from mycomputer.localdomain (192.168.4.65):
icmp_seq=2 ttl=255
time=216 usec
Agarda bu buyryq bajarilsa, u holda siz xost-nom va tarmoq plata IP-manzilini to‗g‗ri
bog‗lagansiz. Aks holda netcfg dagi Hosts bo‗limini yoki /etc/hosts faylini tekshiring.
Agar ping buyrug‗i local tarmoqda xatosiz ishlasa, u holda shlyuz ishlashini tekshirishga
o‗tish mumkin. Masalan, sizning shlyuzingizda IP-manzil 192.168.4.244 bo‗lsa, u holda quyidagi
buyruqni bering:
$ ping 192.168.4.244
Kiritish buyrug‗iga tarmoqning haqiqiy shlyuz IP-manzilini qo‗ying. Agar buyruq yaxshi
ishlasa, u holda yuqoridagiga o‗xshash natija chiqishi kerak. Bu natija bilan hulosa qilinmasligi
kerak.
Tekshirishni bajarish uchun navbatdagi ping-buyruqni bering:
$ ping 63.86.158.42
39
Sizning shlyuzingiz Internetga chiqadi deb hisoblaymiz. Bu buyruq IP-manzili ko‗rsatilgan
Sybex firmalari veb-saytini so‗raydi. Agar bu komanda ko‗tilganidek ishlasa, u holda siz yuqorida
aytib o‗tilganidek natijalarni olishingiz kerak. Shunga o‗xshash buyruq bilan boshqa saytlarni
so‗rab sinab ko‗rishingiz mumkin.
Testlashning yakuniy bosqichi – nomlarni qidirish jadvali ishini tekshirish. DNS serverda
xost-kompyuter homini qidirish uchun o‗z-o‗zidan foydalaniluvchi rislookup buyrug‗ini bajaring;
Masalan, www. Yahoo. Com ni topishga harakat qilamiz.
$ nslookup www.yahoo.com
Qidiruv jadvali to‗g‗ri ishlayotganda ns lookup nom buyrug‗i quyidagi natijani ko‗rsatadi:
Server: dul.paus.ch Address:
194.209.60.97
Name: www5.yahoo.com Address:
204.71.177.70 Aliases: www.yahoo.com
Diqqat qiling: oynada nom va foydalanilgan server nomi manzili (bu DNS servisning to‗g‗ri
tashkil etilganligini ko‗rsatadi.), shundan so‗ng – nom qidirish natijalari.
Agar shu natijalar sodir bo‗lsa, tarmoq bog‗lanishi to‗g‗ri tashkil etilgan va to‗liq ishga tayyor
hisoblanadi. Aks holda http: / / www.linuxdoc.org/HOWTO/Networking-HOWTO.html
sahifasidagi HOWTO hujjatlariga murojaat qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |