Izoh: Amaliy mashgulot soatlar hajmlaridan kelib chiqqan holda ishchi dasturda mazkur mavzular ichidan amaliy mashg’ulot mavzulari shakllantiriladi.
2.3. Mustaqil talim va mustaqil ishlar
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
HFX fani bo’yicha talaba mustaqil ishini tashkil etishda talabaning akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
fandan amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib kelish;
ma’lum mavzu bo’yicha referat tayyorlash;
prezentatsiyalar tayyorlash;
amaliy mazmundagi nostandart masalalarni echish va ijodiy ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: