Kasbga yo’naltirish – jamiyat ehtiyojidan kelib chiqqan holda tarbiyalanuvchiga ma’lum bir kasb-hunar o‘rgatishning ma’rifiy jarayoni.
Kasbiy pedagogika – umumiy pedagogikaning bir sohasi bo‘lib, u tarbiya, ta’lim, o‘qitish haqida qator nazariy va amaliy ma’lumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining masalalari bilan shug‘ullanadi.
Kasbiy ta’lim pedagogikasi-ijtimoiy hayotning ma’lum sohasida faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan bilim, amaliy ish-harakat usullarini shakllantirish qonuniyatlari, qoidalari, shakl, metod va vositalari hamda mazmuni haqidagi pedagogikaning muhim tarmog‘idir.
Do'stlaringiz bilan baham: |