ishlab chiqarishdagi novatorligi uchun, innovatsion yondashuvi uchun mukofot
Tadbirkorlikni rivojlantirish o`z navbatida muayyan bir ijtimoiy holatni –
shakllantirishga imkon beruvchi, iqtisodiy aloqalarning bozor turi hukmron
bo`lishini ta`minlovchi tadbirkorlik faoliyati uchun shart-sharoitlar majmuini va
Tadbirkorlik muhitini shakllantirish, loyihalashtirish ko`p yo`nalishli hodisa bo`lib,
11
milliy ijtimoiy ruhiyatining mos ijtimoiy-iqtisodiy falsafaga binoan
o`zgartirilishi;
milliy ijtimoiy ruhiyatni qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy falsafaga mos
ravishda o`zgartirilishi;
tadbirkorlikni rivojlanishiga bevosita ta`sir etuvchi adekvat tadbirkorlik
infratuzilmalarini rivojlantirishni rag`batlantiradigan milliy dasturni qabul qilish.
Keltirilgan yuqoridagi 4 ta unsur iqtisodiyoti o`tish davrida bo`lgan barcha
iqtisodiy tizimlar uchun o`rinlidir.
Tadbirkorlik iqtisodiy faollikning maxsus shakli sifatida va aholi bandligini,
yangi ish o`rinlarini manbai sifatida sanoati rivojlangan barcha davlatlarda
hukumat tomonidan qo`llab quvvatlanadi. Endi rivojlanayotgan, qoloq davlatlarda
esa ―ko`cha tadbirkorligi‖ keng tarqalgan.
Hukumat tomonidan tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash quyidagi 3 ta
yo`nalishlar bo`yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqarishga qaratiladi:
a) yangi tashkil etilgan firmalarni va ochilishi kutilayotgan firmalarni o`z
faoliyatlarining dastlabki jarayonida har xil maslahatlar berish;
b) tashkil etilgan tuzilmalarga muayyan moliyaviy yordamlar ko`rsatish va
ularga har xil imtiyozlar berish;
c) moliyaviy jihatdan zaifroq bo`lgan tadbirkorlik tuzilmalariga texnikaviy,
ilmiy-texnik yoki texnologik yordam ko`rsatish;.
Davlat tomonidan yordam ko`rsatish kichik korxona to yirik korxona
mezoniga o`tgunga qadar amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Muhtaram I.A.Karimovning
bevosita tashabbuslari bilan hukumatimiz tomonidan KBXTni rivojlantirish
borasida bir nechta yo`nalishlarda tub ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy islohotlar
amalga oshirildi va biz mutloq haqiqatga da`vo qilmagan holda ularni shartli
ravishda o`n bitta yo`nalishlarga ajratdik. Jumladan, birinchi yo`nalish – KBXT
subyektlari uchun yanada qulay muhit yaratish borasida bir qator ijobiy ishlar
amalga oshirildi:
tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesga ko`proq erkinliklar berish;
12
davlat boshqaruv vazifalari va turli ruxsat berish me`yorlarini qisqartirish,
byurokratik to`siqlarni bartaraf etish;
moliya-kredit va xom ashyo resurslari, mahsulotlarga davlat buyurtmasidan
foydalanishning bozor dastaklari hamda mexanizmlarini joriy etish;
mol yetkazib beruvchi korxonalar va barcha xo`jalik yurituvchi subyektlar,
xaridorlar bilan kooperatsion aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: