O‘zbekisтon respublikasi



Download 6,58 Mb.
bet54/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Mehnat muhofazasi injeneri vazifalari. Korxona mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimi (mehnat muhofazasi injeneri) mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarning asosiy tashkilotchisidir. U korxona boshlig‘iga bo‘ysunadi, lekin korxonada mehnat muhofazasi bo‘yicha rahbarning, bo‘lim boshliqlari yoki bosh mutaxassisning vazifalarini o‘z zimmasiga olmaydi.
Mehnat muhofazasi injeneri korxona mehnatni muhofaza qilish xizmatini boshqaradi. Demak, uning mansab vazifalari 3.1.3 bo‘limda keltirilgan mehnatni muhofaza qilish xizmati vazifalari bilan deyarli bir xil bo‘ladi. U har bir bo‘limda mehnat muhofazasi talablariga amal qilishni nazorat qiladi. Yuqori xavfli texnikalarni tekshirish, sinash, ro‘yxatga olish ishlarida, hamda yangilarini ishga tushirish jarayonida ishtirok qiladi. Ishchilarni mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoida va talablariga o‘qitishda, bilimini tekshirishda, kirish yo‘riqnomasini o‘tkazishda qatnashadi. Mehnat xavfsizligiga ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini kuzatib boradi. U ishlab chiqarishda yuz
bergan baxtsiz hodisalarning hisobini olib boradi, ularni tekshirishda qatnashadi, sabablarini aniqlaydi, tahlil qiladi va ularning qayta takrorlanishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tuzadi va amalga tatbiq qilish bo‘yicha uchun takliflar kiritadi. Ishlovchilar hayoti va sog‘lig‘iga xavf yuzaga kelgan ishlar va texnologik jarayonlarni to‘xtatish, nosoz mashina va mexanizm, uskuna va jihozlarni ishlatishni ta’qiqlash, aybdorlarni jazolash bo‘yicha ma’muriyatga bildirishnomalar kiritish huquqiga ega va boshqa.


      1. Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni rag‘batlantirish


Ishlab chiqarishda ishlovchilar tomonidan mehnat muhofazasi qonun- qoidalarini buzmasdan ishlash, ularga qat’i amal qilish, baxtsiz hodisalarni sodir etmaslik holatlari moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilishi kerak.


Mehnatga haq to‘lash mexanizmini har doim takomillashtirish, mukofot berish va oylikka ustama haq to‘lash yo‘li bilan ishchilar rag‘batlantiriladi. Ilg‘or korxonalarda oylikka ustama haq to‘lash ishchilarga va o‘rta bo‘g‘in rahbarlariga mo‘ljallanadi.
Shuningdek traktorchi-mashinistlarga, kasb ustasiga (masterga), ustaxonalardagi ishchilarga ham toifasiga qarab ustama haqlar beriladi.
Ishlovchilarni attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasi tarkibida mehnat muhofazasi yoki xavfsizligi bo‘yicha injener bo‘lib, u toifa berishda, ishchilarni mehnat xavfsizligi bo‘yicha bilim darajasini oshirishga va ularga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqishda, hamda bajarilishini nazorat qilishda qatnashadi. O‘tgan attestatsiya davri ichida shaxs tomonidan o‘zining aybi bilan xavfsizlik talablari buzilganligi bir bor qayd qilingan yoki mehnat xavfsizligi bo‘yicha yillik o‘qishda o‘qimagan bo‘lsa ularga toifa (kategoriya) berilmaydi.
Agar ishlovchilar tomonidan xavfsizlik talablari muntazam qo‘pol ravishda buzilsa, ular toifadan mahrum bo‘lishlari yoki toifasi pasaytirilishlari mumkin. Ishchilar reja ko‘rsatkichlarini oshirib bajarganliklari uchun, faqat mehnat xavfsizligi bo‘yicha qilgan ishlari hisobga olingan holda ish haqi fondidan mukofotlanadilar. Ko‘rsatilgan davr mobaynida shaxs tomonidan o‘z aybi bilan
qayd qilingan qoida buzilsa, u holda ishchi mukofotdan qisman yoki to‘liq mahrum qilinadi.
Mehnat xavfsizligi talablarini buzganligi uchun ayrim shaxslarga mukofotlar berilmaydi. Bu tejalgan, ya’ni berilmagan ish haqi, shikastlanishlarning oldini olish borasida unumli ishlagan rahbar va ish bajaruvchilarga qo‘shimcha mukofotlar tarzida to‘lanadi.
Rahbarlar, bosh mutaxassislar va mehnat muhofazasi injenerlariga, agar ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar ko‘rsatkichi asosiy ko‘rsatkichga nisbatan 20 % ga kamaysa, o‘rta bo‘g‘indagi rahbar xodimlar qulay mehnat sharoitlari bo‘yicha xo‘jalikda o‘tkazilgan konkursda yuqori o‘rinlarni egallagan bo‘lsa, yoxud uch yil mobaynida avariyasiz, shikastlanishlarsiz va ishlab chiqarishda kasallanishlarsiz ishlagan bo‘lsa, xavfsizlik koeffitsienti hisob-kitob qilinganda ularning maoshini 5
% ga oshirish ko‘zda tutiladi. Хo‘jalikda mehnat va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ko‘rik-tanlovlarda yuqori o‘rinlarni egallagan ishchilar markazlashtirilgan rag‘batlantirish fondidan mukofotlanadilar.



      1. Download 6,58 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish