O‘zbekisтon respublikasi



Download 6,58 Mb.
bet53/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Sanitar-gigiyenik yo‘nalishdagi ishlarga asosan quyidagi ishlar kiradi: xonalarda mikroiqlim ko‘rsatkichlari va havo tozaligi sanitar me’yorlar talabi darajasida bo‘lishini ta’minlash; shovqin, titrash, turli nurlanishlar va boshqa fizik,
hamda kimyoviy omillarni bartaraf etish yoki darajasini sanitar me’yorlar talabi chegarasigacha kamaytirish; xonalarda yoritilganlikning sanitar me’yorlar talabi darajasida bo‘lishini ta’minlash; korxona bino va xonalarini ergonomik va sanitar- gigiyenik jihatdan to‘g‘ri rejalashtirish; ishlovchilarni davriy ravishda tibbiy ko‘riklardan o‘tkazib turish.





    1. – rasm. Korxonada mehnat muhofazasi bo‘yicha olib boriladigan ishlarning asosiy yo‘nalishlari

Ruhiy-fiziologik yo‘nalishdagi ishlarga asosan quyidagilar kiradi: ishlovchilarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga va shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash qoidalariga amal qilish ma’suliyatini tarbiyalash; ishlovchilarda o‘zi bajarayotgan ishdan qoniqmaslik hissi hosil bo‘lishining oldini olish; ishlovchilar tomonidan alkogol yoki narkotik moddalar iste’mol qilishining oldini olish va javobgarlik hissini oshirish; ishlovchilar o‘rtasida noxush, salbiy muhit hosil bo‘lishining oldini olish; ishlovchilarda ish o‘rnini toza va tartibli tutish madaniyatini tarbiyalash va o‘rgatish.
Iqtisodiy yo‘nalishdagi ishlarga asosan quyidagi ishlar kiradi: ishlovchilar o‘z vaqtida maoshlarini olib turishlarini ta’minlash; mehnat tartibiga va mehnat xavfsizligi qoidalariga uzluksiz amal qiladigan ishchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish; ishlovchilarni profilaktoriylarga yuborib davolatishni tashkil qilish.


      1. Korxona mansabdor shaxslari va mutaxassislarining mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish va boshqarishdagi


huquq va majburiyatlari

“Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi namunaviy nizomda mehnat muhofazasi ishlarini tashkil etishda rahbar shaxslarning, ish beruvchining, korxona mutaxassis hamda injener-texnik xodimlarining huquq va vazifalari ham keltirilgan [9].


Korxona rahbarlari korxonani boshqarish bo‘yicha o‘z faoliyati davomida mehnat muhofazasi bo‘yicha ish joylarida sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratib berishlari uchun quyidagi asosiy vazifalarni bajarishlari kerak:

  • korxonada mehnat muhofazasi holatini doimiy nazorat qilishni tashkillashtirish;

  • korxona bo‘yicha amaldagi standartlarga, mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi me’yor va qoidalariga rioya qilishni nazorat qilish;

  • ishlab chiqarishga ilg‘or tajribalarni va samarali mehnat xavfsizligini boshqarish tizimini joriy qilish;

  • ishlovchilarni xavfsiz mehnat qilish uslublariga o‘qitishni, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishni tashkillashtirishni nazorat qilish;

  • har yili mansabdor shaxslar ichidan buyruq bilan har bir tarmoqqa mehnat xavfsizligiga, uni tashkil qilishga va yong‘inning oldini olish ishlariga javobgar shaxs tayinlash;

  • mehnat muhofazasi xizmatini talab darajasida shakllantirish, xodimlar shtatini to‘ldirib turish, uning rejalarini tasdiqlash va ishga rahbarlik qilish,

mehnat xavfsizliga bo‘yicha mutaxassislarni o‘z joylarida ishlatish va ular tomonidan ishlarning tez va samarali bajarilishini ta’minlash uchun zarur texnik asbob-uskunalar va transport vositalari berilishini nazorat qilish;

  • mehnat muhofazasi bo‘yicha kompleks va tezkor rejalar, jamoa shartnomasi va kelishuvlarini tayyorlash va o‘tkazishni ta’minlash;

  • ishlovchilarni amaldagi me’yorlarga asosan bepul maxsus kiyimlar va shaxsiy himoya vositalari va davolash-oldini olish mahsulotlari bilan ta’minlash;

  • korxonadagi ish joylari va ishlab chiqarish xonalarida attestatsiya va pasportizatsiya o‘tkazilishini boshqarish;

  • ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan shikastlanishlar va kasallanishlarni amaldagi me’yoriy hujjatlar talablari doirasida tekshirish, hisobga olishni va jabrlanganlarning ijtimoiy va iqtisodiy muhofazasini amaldagi qonunlar doirasida ta’minlash;

  • yuqori xavfli mashina va mexanizmlarni o‘z vaqtida ro‘yxatga olish, hujjatlashtirish, texnik ko‘rik va tekshiruvdan o‘tkazilishini nazorat qilish;

  • mexanizatsiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan va masofadan boshqariladigan ilg‘or texnologik jarayonlarni tatbiq qilish;

  • ishlab chiqarishga zamonaviy ilm-fan yutuqlarini tatbiq etish, mehnat sharoitini yaxshilash bo‘yicha ilmiy-texnik ishlarni rag‘batlantirish;

  • mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha chora-tadbirlarni moddiy tomondan ta’minlash va boshqa.

Korxona bosh mutaxassislari ishlab chiqarishda mehnat muhofazasining holatiga, sex va bo‘limlarda zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga javob beradilar. Ular asosan mehnat muhofazasi bo‘yicha quyidagi ishlarni olib boradilar:

  • mehnat muhofazasi bo‘yicha amaldagi qonun va me’yorlarga amal qilish;

  • mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar va bo‘lim rahbarlari ishiga rahbarlik qilish;

  • ishlab chiqarish jarohatlanishlarining, kasb kasallanishlarining, avariyalar va

yong‘inlarning oldini olishni tashkil qilish;

  • ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish;

  • ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish;

  • xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga standartlar, xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha fan va texnika yutuqlarini, hamda ilg‘or tajribalarni tatbiq etish;

  • shaxsiy himoyalanish vositalariga talabnomalar tuzish va maxsus kiyimlarning, maxsus oyoq kiyimlarining va himoyalanish moslamalarining, sovun, yuvuvchi va yog‘ ketkazuvchi vositalarning, sut, davolash-profilaktik ovqatlarining maqsadga muvofiq ravishda berilishini nazorat qilish;

  • nosoz mashina va uskunalarni ishlatishga yo‘l qo‘ymaslik;

  • ishchilarga sanitariya-maishiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash;

  • texnologik uskunalarni ro‘yxatga olish va hujjatlashtirish;

  • yuqori bosim ostida ishlaydigan idish va uskunalarni, yuk ko‘tarish mashina va mexanizmlarini, nazorat o‘lchov asboblarini va boshqa uskunalarni davriy ravishda sinovdan o‘tkazib, hujjatlashtirib turish;

  • bo‘limlarning sanitariya-texnik holatini pasportizatsiyadan o‘tkazishni tashkil qilish;

  • mehnat muhofazasi va sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarining kompleks rejalarini ishlab chiqish va bajarilishini ta’minlash;

  • bo‘limlarni standartlar, qoidalar, qo‘llanmalar, o‘qitish uchun texnik vositalar bilan ta’minlash ishlarini olib borish;

  • odamlarni xavfsiz transport vositalarida tashishni tashkil qilish;

  • mehnat muhofazasi bo‘yicha qo‘llanmalar, eslatmalar va yo‘riqnomalar ishlab chiqish;

  • o‘rta zvenodagi mutaxassislarni o‘qitishni tashkil qilish va unda ishtirok etish, bilimlarini tekshirish;

  • yo‘riqnomalarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash;

  • ishlab chikarishdagi shikastlanishlar va kasbiy kasalliklarni hisobga olish va sabablarini tahlil qilish;

  • o‘zi rahbarlik qilayotgan tarmoqda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarni tekshirishda qatnashishga va yuqorida ko‘rsatilganlarning bajarilishiga javobgardirlar.

Bo‘lim va sex boshliqlari, ustaxona va omborxona mudirlari, fermerlar, ish yurituvchilar, brigadirlar va ustalar o‘zlari boshqarayotgan bo‘limlarda mehnat xavfsizligi holatiga javobgardirlar. Bu borada ular quyidagilarni bilishlari lozim:

  • ish joylarida sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish qoidalarini;

  • mehnat muhofazasi va yong‘indan saqlanish me’yor va qoidalariga rioya qilishni;

  • standartlar, qoidalar, me’yor va qo‘llanmalardan foydalanishni;

  • mehnat muhofazasi bo‘yicha ko‘rsatmalarni bajarishni ta’minlashni;

  • nazorat organlarining taklif va ko‘rsatmalarini, rahbarlarning, mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislarning, nazorat organlarining taklif va ko‘rsatmalarini bajarishni;

  • qozonxona qurilmalarining, bosim ostida ishlaydigan qurilmalar va idishlarning, yuk ko‘taradigan mashina va mexanizmlarning o‘z vaqtida ro‘yxatdan, texnik hujjatlashtirishdan va sinovdan o‘tkazilishini nazorat qilish, kishilar hayotiga yoki salomatligiga ish vaqtida xavf tug‘ilishi sezilsa, darhol ishni to‘xtatishni;

  • ishlovchilarning attestatsiyadan o‘z vaqtida o‘tkazilishlarini tashkil qilishni;

  • bosh mutaxassislar bilan shaxsiy himoyalanish vositalariga, sovunga, sutga, davolovchi-profilaktik ovqatlarga mavjud me’yorlarga asosan talabnomalar tuzishni, ulardan maqsadli foydalanilayotganini nazorat qilishni;

  • elektrlashtirilgan va mexanizatsiyalashgan vositalarning texnik holatiga, ulardagi himoya to‘siqlarining, blokirovka, tormoz va boshqa saqlash moslamalarining mavjudligiga va sozligiga qarab turishni;

  • transport vositalarini maxsus ajratilgan joylarda saqlanishini ta’minlashni;

  • tashish uchun jihozlanmagan transport vositalarida odam tashishga yo‘l qo‘yilmaslikni;

  • maishiy xizmat ko‘rsatish xonalarini va ish joylarini yaxshi sanitariya- gigiyena holatida saqlab turishni;

  • mehnat muhofazasi bo‘yicha xonalar va burchaklar tashkil qilishni;

  • ishlab chiqarish uchastkalari va bo‘limlarida sanitariya postlari va aptechkalarini tashkil qilishni;

  • oldindan va davriy ravishda ishchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini tashkil qilib berishni;

  • ish joylaridagi yo‘riqnomalarni o‘tkazishni, yo‘riqnomalarni qayd qilish jurnalini tutish va yuritishni;

  • xavfsiz mehnat uslublarini tashviqot va targ‘ibot etishni;

  • ish joylarini standartlar, qo‘llanmalar, plakatlar, eslatmalar bilan ta’minlashni;

  • shikastlanganlarga birinchi yordamni ko‘rsatishni va ularni davolash muassasasiga yetkazishni tashkil qilishni va boshqa.


Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish