O‘zbekisтon respublikasi


Jamoa shartnomasining ahamiyati, mazmuni va mohiyati



Download 6,58 Mb.
bet45/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Jamoa shartnomasining ahamiyati, mazmuni va mohiyati




Jamoa shartnomasi va uning ahamiyati. “Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustivorligi” – mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati mohiyatida ishlab chiqarish usullaridan qat’i nazar barcha korxonalarda ishlovchilar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ularning sog‘lig‘i va hayotini asrash, hamda ijtimoiy muhofazalashni birlamchi dolzarb masala darajasiga ko‘tarish kerakligi belgilangan [7, 12]. Ishlab chiqarishda bu dolzarb masalani samarali va talab darajasida yechishda korxonalarda tuziladigan jamoa shartnomasi juda katta ahamiyatga ega.
Jamoa shartnomasi – korxonada ish beruvchi bilan ishlovchilar o‘rtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi mahalliy me’yoriy hujjat hisoblanadi.
Jamoa shartnomasi mehnat jamoasining kasaba uyushmalari orqali ish beruvchilar bilan hamkorlik qilishda asosiy huquqiy hujjat sifatida namoyon bo‘ladi. Mehnat kodeksining 35-moddasida ta’kidlanganidek, jamoa shartnomasini tuzish zarurati haqida avvalo tegishli qaror qabul qilinadi. Qoidaga ko‘ra, ish beruvchi bilan jamoa shartnomasini tuzish zarurati haqida qaror qabul qilish huquqi kasaba uyushmasiga, xodimlar tomonidan vakolat berilgan boshqa vakillik organiga yoki bevosita mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishiga berilgan.
Jamoa shartnomasi korxonalar va ularning yuridik shaxs huquqi berilgan tarkibiy bo‘linmalarida tuziladi. Jamoa shartnomasi, bir tarafdan, xodimlar tomonidan kasaba uyushmasi yoki o‘zlari vakolat bergan boshqa vakillik organi orqali, ikkinchi tarafdan bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar o‘rtasida tuziladi.
Jamoa shartnomasi korxonadagi me’yoriy hujjatlar orasida yuridik ahamiyati jihatidan asosiy o‘rinlardan birini egallaydi.
Jamoa shartnomasining ahamiyati quyidagi holatlarda ko‘rinadi:

  • jamoa shartnomasida ish beruvchi bilan mehnat jamoasi o‘rtasida muayyan korxona doirasida amal qiladigan yangi huquqiy me’yorlar (mehnat huquqining lokal me’yorlari) joriy qilinadi, ya’ni jamoa shartnomasi mehnat huquqining manbai sifatida namoyon bo‘ladi;

  • jamoa shartnomasini tuzish va qabul qilishda korxonaning butun jamoasi ishtirok etadi, demak, jamoa shartnomasi korxonani boshqarishda va mehnat sharoitini shakllantirishda mehnat jamoasi ishtirokining asosiy va muhim shakli bo‘lib yuzaga chiqadi;

  • amalda, qoidaga ko‘ra, korxonada qabul qilinadigan huquqiy hujjatlarda mehnatning faqat ba’zi shart-sharoitlari va ayrim ishlovchilar guruhiga oid shartlar ko‘zda tutilishi mumkin, jamoa shartnomasi esa mehnat jamoasini tashkil qiluvchi barcha ishlovchilar va ularning guruhlari hayoti va faoliyatining hamma tomonlariga taalluqli bo‘lgan keng qamrovli hujjat hisoblanadi;

  • jamoa shartnomasi orqali unga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirish jarayonida ish beruvchi bilan mehnat jamoasining o‘zaro harakatlarini bevosita ta’minlashning imkoniyati yaratiladi;

  • jamoa shartnomasi ish beruvchi bilan mehnat jamoasining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam beradi;

Korxonalarning moliyaviy jihatdan mustaqillikka o‘tgani, iqtisodiy rag‘batlantirish jamg‘armasidan foydalanish huquqining berilgani, mehnat haqi miqdori va tizimi, mukofot, qo‘shimcha to‘lov, ustama haq, rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlarning asosan jamoa shartnomalarida belgilanishi korxona faoliyatiga oid ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishida muhim omil bo‘lish bilan birga, xodimlar manfaatdorligining ortishiga hamda mehnat jamoasi faoliyatining yanada faollashuviga xizmat qiladi, hamda, jamoa shartnomasida qayd etilgan tadbirlarning izchilligi va samaradorligiga ijobiy ta’sir etadi.
Shunisi ham muhimki, korxona qayta tashkil etilayotgan davrda jamoa shartnomasi o‘z kuchini saqlab qoladi. Shundan keyin taraflardan birortasining tashabbusi bilan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Jamoa shartnomasi korxonaning
tarkibiy tuzilishi, boshqaruv organining nomi o‘zgargan, korxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham o‘z kuchini saqlab qoladi (Mehnat kodeksining 43-moddasi).
Korxonaning mulk egasi o‘zgarganda ham, jamoa shartnomasi 6 oy muddat mobaynida o‘z kuchida qoladi. Bu davrda taraflar yangi jamoa shartnomasini tuzish yoki amaldagisini saqlab qolish, uni o‘zgartirish va to‘ldirish haqida muzokaralar boshlashi mumkin.
Jamoa shartnomasi qayta ko‘rib chiqilganda, ilgari qabul qilingan shartnomada xodimlar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar saqlab qolinishi va boshqa shartlarni bajarish mumkinligiga oid masala hal etilishi shart. Korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartib va shartlar asosida tugatilayotganida va tugatish ishlari olib borilayotgan butun muddat davomida jamoa shartnomasi o‘z kuchini saqlab qoladi.

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish