O‘zbekisтon respublikasi


Korxonalarda mehnat muhofazasi xizmatini tashkil etish



Download 6,58 Mb.
bet42/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Korxonalarda mehnat muhofazasi xizmatini tashkil etish


“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasi korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishga bag‘ishlangan. Qonunning shu moddasiga binoan vazirliklar, idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar, boshqa xo‘jalik organlari kasaba uyushmalari Markaziy (respublika) qo‘mitasi bilan kelishib o‘zlari tasdiqlaydigan nizomga muvofiq mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib boradilar.


Хodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan korxonalarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Хodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi [7].
Mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va o‘z maqomiga ko‘ra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga bo‘ysunadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassislari korxonaning barcha xodimlari mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya etishlarini nazorat qilish, tarmoq bo‘linmalari rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish haqida bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga egadirlar.
Mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlarining mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli bo‘lmagan ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas. Mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari korxona faoliyati to‘xta’tilgan taqdirdagina tugatiladi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlarini (mehnat muhofazasi injenerini) ishga tayinlash va vazifasidan ozod qilish korxona rahbarining buyrug‘i asosida bo‘ladi. Bu xizmat lavozimlariga xodimlar korxonaning qarori va yuqori organlarning roziligi bilan oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar orasidan tayinlanadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmatining umumiy vazifalari quyidagilardan
iborat:

  • mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qoida va me’yorlarning barcha ishchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;

  • mehnatni muhofaza qilish xizmatlari mutaxassislari strukturaviy bo‘limlarning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;

  • mehnat muhofazasi qonunlarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida korxona rahbariga bildirishnoma taqdim etish;

  • korxona va tashkilotlarda sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini tashkil etish bo‘yicha ishning shakli va metodlarini takomillashtirish, mehnat, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qonunlarga amal qilish ustidan metodik rahbarlikni va nazoratni amalga oshirish;

  • ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasb kasallanishlari holatlarini va sabablarini tahlil qiladi; ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish chora-tadbirlarini, boshqa bo‘limlar bilan birgalikda ishlab chiqadi, shuningdek, ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni joriy etishni tashkil etadi;

  • turdosh muassasalar bilan birgalikda ishlab chiqilgan mehnat xavfsizligi standartlari loyihalarini, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qoidalar va me’yorlarni ko‘rib chiqadi va ularni kelishishda qatnashadi, ular bo‘yicha xulosalar beradi va ularni joriy etish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;

  • mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tugallangan ilmiy-tadqiqotlarga ishlab chiqarish nuqtai nazaridan xulosalar beradi va ularni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar tashkil etadi;

  • faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish obyektlarini rekonstruksiya qilish va yangi ishlab chiqarish obyektlarini qurish loyihalarida ko‘zda tutilgan mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qarorlarni ko‘rib chiqishda loyihalar ekspertizasi xizmati bilan birgalikda qatnashadi;

  • rahbar va injener-texnik xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish va bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etadi;

  • mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’lumot va o‘quv materiallarini, takliflar, xulosalar va qarorlar loyihalarini tayyorlaydi;

  • korxonani mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha me’yoriy va huquqiy hujjatlar bilan ta’minlaydi va hujjatlar talablarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  • ishchilardan mehnatni muhofaza qilish xizmatiga tushgan xatlarni va arizalarni o‘rnatilgan tartibga asosan ko‘rib chiqadi va o‘z vakolati doirasida ularning yechimini amalga oshiradi;

  • mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan statistik hisobotlarni va tasdiqlangan nomenklaturaga mos ravishda boshqa ishlarni yuritadi.




      1. Download 6,58 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish