Ishlab chiqarishda elektr texnik yoki boshqa texnik xodimlar tomonidan ma’lum bir ishni bajarishda xavfli xato xatti-harakatlar qilishining oldini olishga xizmat qiladigan, to‘sqinlik qiladigan qurilmalar xavfsizlik blokirovkalari deb ataladi [35].
Хavfsizlik blokirovkalari konstruktiv jihatidan mexanik, elektr mexanik va avtomatik turlarga bo‘linadi. Masalan, kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan taqsimlash qurilmalari xonalarining yacheykalari eshigi shunday elektrmagnit qulf bilan jihozlangan. Elektrmagnit qulf elektrtexnik xodim tomonidan kuchlanishni uzmasdan uskunaga xizmat ko‘rsatishga bo‘ladigan xato xatti-harakatlarning oldini oladi. Elektrmagnit qulf yacheyka ichiga beriladigan kuchlanish o‘tadigan ulab- uzgichlar va ajratkichlar uzib qo‘yilgan holdagina eshikni ochishga imkon beradi.
Kuchlanish ulab-uzgichlar va ajratkichlar yordamida uzib qo‘yilmasa eshikni ochishning imkoni bo‘lmaydi.
Elektr qurilmasi joylashgan xona eshigiga qilingan blokirovka uskunasi quyidagi 4.18 – rasmda keltirilgan.
Bu blokirovka uskunasining ishlash mohiyati quyidagicha: texnik xodim elektr qurilmalari joylashgan xonaga kirmoqchi bo‘lib eshikni ochganda BK (blokirovkalash kontaktlari) uziladi va MP (magnitli ishga tushirgich)ning qurilmalarni ta’minlash kontaktlari ham uziladi. Buning natijasida xonada joylashgan elektr qurilmalar kuchlanishdan uziladi. Хonaga kirgan texnik xodim uchun elektr xavfsizligi ta’minlanadi. Ishni tugatgan xodim xonadan chiqib eshikni berkitadi, eshikning ta’siri natijasida BK kontakt qayta qo‘shiladi va ishga tushirish tugmachasi (5) bosilgandan keyingina MP kontaktlari elektr qurilmalarini yana tarmoqqa ulaydi.
– rasm. Elektr qurilmasi joylashgan xona eshigiga qilingan blokirovka uskunasi: 1- elektr qurilmalari joylashgan xona; 2- elektr qurilmasi; 3- xona devori; 4- xona eshigi; 5- ishga tushirish tugmachasi; 6- to‘xtatish tugmachasi.
Bu blokirovka uskunasi elektr qurilmalarini kuchlanishdan uzmasdan xizmat Qishloq xo‘jalik elektr qurilmalarida asosan ulab-uzgichning yuritmasi bilan ajratkichning orasidagi bevosita richakli bog‘lanishga asoslangan mexanik
blokirovkalardan foydalaniladi. Тashqarida o‘rnatiladigan taqsimlash qurilmalari komplektida (KVGN-3 toifadagi shkaflarda) foydalaniladigan blokirovka tuzilishi
– rasmda ko‘rsatilgan. VMB-10 toifasidagi ulab-uzgichni devorning orqasida joylashgan yuritma bilan birlashtiruvchi valga kesikli shayba (1) payvandlangan, ulab-uzgich uzilganda bu kesik shaybaning yuqori qismida bo‘lib qoladi. Shaybaning o‘qiga perpendikular ravishda, tortqi (2) vositasida ajratkich bilan bog‘langan val joylashgan. Bu valda ikkita kesikli shayba (3) bor, ular shayba (l) ning bu kesiklar orqali o‘tib, ajratkich uzilganda ham, ulanganda ham aylanishiga imkon beradigan qilib joylashtirilgan, ya’ni ulab-uzgich har ikkala holatda boshqarishga yo‘l qo‘yadi. Shayba (3) faqat ulab-uzgich uzilgan holdagina aylana oladi. Ulab-uzgich ulangan holda shayba (l) shayba (3) ning kesigida siljiydi va ajratkich bilan ish ko‘rishga to‘sqinlik qiladi.
Elektr qurilmalar qulfli blokirovka bilan ham jihozlanishi mumkin. Hozirgi vaqtda sof mexanik qulfli, injener Ginodman tizimidagi elektr mexanik blokirovka (MBG) eng ko‘p tarqalgan, bularda ulab-uzgichning qo‘lda ulanadigan yuritmasi yoki shchitdan turib boshqariladigan ulab-uzgichlar uchun elektr mexanik qulfdan foydalanib ulanadigan yuritmasi bo‘ladi. Birinchi holda ajratkichning va ulab- uzgichning har qaysi yuritmasiga, shuningdek, yacheykalarning to‘rli to‘siqlari eshiklariga berkituvchi sterjen bilan jihozlangan mexanik blokirovkalovchi qulflar o‘rnatiladi, bu sterjen blokirovkalanadigan elementni mexanik to‘xtatib qo‘yish uchun xizmat qiladi.
Shinalari yakka tizimli qurilmalarda foydalaniladigan bir kalitli qulflardan tashqari, shinalarning qo‘shaloq sistemasida yoki yakkalab seksiyalashda foydalaniladigan ikki kalitli qulflar ham bo‘ladi. 4.20 – rasmda MBG tizimidagi mexanik qulflarning kaliti ko‘rsatilgan.
Qulf kalit bilan ochilgandan keyingina blokirovkalanadigan har qaysi element bilan biror operatsiyani bajarish mumkin, kalitni esa qulf berk bo‘lgandagina kiritish yoki olish mumkin. Shinalarga ulanadigan bitta birikishning (masalan, bitta tarmoqning) ulab-uzgichlari va ajratkichlari qulflarining siri bir xil, bu sir qulfning burilma diskidagi chiqiqlarning va yon devorchasidagi kesiklarning
ma’lum tartibda joylashishidadir. Bitta birikishning hamma qulflariga bitta kalit bo‘ladi. Ulab-uzgich yuritmasidagi qulf shunday o‘rnatilganki, uni ulab-uzgich uzik holatda turgandagina qulflash mumkin. Ulab-uzgichni ulash uchun qulfni ochish kerak, shundan keyin kalitni ulab-uzgich yana uzilguncha olib bo‘lmaydi.
Ajratkichlarning yuritmasidagi qulf ajratkichning ikkala vaziyatida berkiladi. Qulfning vaziyatini o‘zgartirish uchun kalitdan foydalanish kerak. Ulab-uzgich ulangan holatida birdan-bir kalit ulab-uzgich yuritmasining qulfida qolganligi sababli ajratkichlarni yuklanish ostida boshqarishda xatoga yo‘l qo‘yish imkoni qolmaydi.
4.19 – rasm. Тashqi qurilmaning shkafida ajratkich va ulab-uzgichni blokirovkalash:
1- ulab-uzgich validagi shayba; 2-
ajratkichning tortqisi; 3- tortqi 2 bilan bog‘langan shayba.
|
4.20 – rasm. MBG tizimidagi mexanik
qulflarning kaliti:
1- kosacha; 2- qulf sirini hosil qiluvchi chiqiqli
quyma; 3- dasta.
|
Ikkita transformatorli nimstansiyalardagi yoki shinalarning qo‘shaloq tizimidagi singari taqsimlash qurilmalarida yacheykalar soni ko‘p bo‘lganda MBG o‘rniga EMBZ toifasidagi bir xil blok qulflar va hamma taqsimlash qurilmalari uchun umumiy bo‘lgan bitta EMQ toifasidagi (4.21. a – rasm) elektr magnit kalit yordamida elektr magnit blokirovka (EMB)dan ham foydalaniladi. Bu kalit qulfni ochishi uchun kalit (3) ayni qulfga mo‘ljallangan shtepsel rozetkasiga (7) kiritiladi, kuchlanish esa rozetkaga ulab-uzgich yoki ajratkich yuritmasining vaziyatiga qarab
tutashadigan yoki ajraladigan signal kontaktlari yordamida avtomatik ravishda beriladi. Bunday yordamchi kontaktlar, ko‘pincha, ajratkichning (yoki ulab- uzgichning) blok-kontaktlari deb yuritiladi, ammo ulardan faqat blokirovka maqsadlaridagina emas, balki avtomatikaning boshqa sxemalarida ham foydalanish mumkin. Bu kontaktlarning vaziyatlari kuchlanish ayni birikma ajratkichlari blok- qulflarining rozetkasiga ulab-uzgich uzilgan holdagina keladigan, to‘rsimon to‘siq eshigidagi rozetkaga esa ajratkichlar uzilgan holdagina keladigan qilib tanlanadi.
Elektr magnit kalitning g‘altagidan (5) tok o‘tganda g‘altakning ichiga o‘zak
(4) tortiladi, bu o‘zakning mexanik kalitning qo‘ymasi kabi qo‘ymali uchi kalit korpusidan chiqib turadi. O‘zakning bu uchi qulfga kiritiladi, kalit o‘zak atrofida 180° buriladi va qulf ochiladi.
Boshqa bir (KEAZ zavodi chiqargan) konstruksiyada elektr magnit qulf bir vaqtning o‘zida rozetka vazifasini, elektromagnit kalit – suqma (vilka) vazifasini o‘taydi (4.21.b – rasm). Kalit qulfga kiritilganda agar unga kuchlanish berilsa, ya’ni uni ochishga yo‘l qo‘yilsa, g‘altak (5) o‘zining o‘zagiga (4) qulfning berkituvchi sterjenini (2) tortadi. Kalit o‘zagining qarama-qarshi uchida halqa bor. Shu halqadan tortib, berkituvchi sterjen suriladi va qulf ochiladi.
Elektr uskunalari shkaflari, tarqatish qurilmalari va transformator nimstantsiyalari uchun kerak bo‘ladigan blokirovkalar va boshqa xavfsizlik talablari ro‘yxati GOSТ 12.2.007.4 - 96 da ko‘rsatilgan.
– rasm. Elektr magnit blokirovkalash qurilmalarining prinsipial sxemalari:
a) Riga zavodi chiqargan qurilma (RMZ Latvenergo); b) KEAZ zavodi chiqargan qurilma; 1 - qulf; 2 - berkitish sterjeni; 3 - elektr magnit kalit; 4 - qo‘zg‘aluvchan sterjen; 5 - kalit cho‘lg‘ami; 6 - kalit dastasi; 7 - shtepsel rozetkasi; 8 - prujina.
Do'stlaringiz bilan baham: |