O‘zbekisтon respublikasi


Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasallanishlarining sabablarini o‘rganish va



Download 6,58 Mb.
bet87/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasallanishlarining sabablarini o‘rganish va


ko‘rsatkichlarini tahlil qilish
      1. Jarohatlanishlar va kasb kasallanishlarining sabablarini o‘rganish va ko‘rsatkichlarini tahlil qilish uslublari


Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasallanishlarni tahlil qilishdan maqsad ularning yuzaga kelish sabablarini aniqlash, hamda sabablar yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iboratdir.


Ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligi holatini aniqlash (baholash) umumiy holatda tahlilni olib boruvchi mutaxassisga keng imkoniyatlar beruvchi tizimiy tahlil asosida olib boriladi. Тizimiy tahlilning aprior va aposterior uslublari mavjud [35].
Aprior uslubda izlanuvchi ko‘ngilsiz hodisa yuz berishidan oldin berilgan obyektga xos bo‘lgan, potensial yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarni tanlaydi va ularning sodir bo‘lishiga olib keluvchi har xil holatlar (sabablar) to‘plamini tuzishga harakat qiladi.
Aposterior uslubda tahlil ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y bergandan keyin o‘tkaziladi. Bunday tahlilning maqsadi sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisaning aniq sabablarini aniqlash, hamda kelajakda shunday hodisalar qayta takrorlanmasligi uchun tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
Yuqorida keltirilgan ikki uslub bir-birini to‘ldiradi. Тahlilning aprior uslubi oqibatni ko‘rish (aniqlash) uchun sabablarni o‘rganadi. Aposterior uslubda sabablarni aniqlash maqsadida oqibatlar tahlil qilinadi, ya’ni tahlil asosiy hodisadan boshlab o‘rganiladi. Ikkala uslubning ham maqsadi bitta – kelajakda har
qanday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olishdir.
Birlamchi hodisalarning (sabablarning) yuzaga kelish ehtimolligi va chastotasini bilgan holda, maxsus metodika asosida pastdan yuqoriga harakatlanib, asosiy hodisaning yuz berish ehtimolini aniqlash mumkin.
Mehnat xavfsizligini tahlil qilganda eng asosiy muammo mehnat jarayonini tashkil qiluvchi elementlar to‘plamining, ya’ni tizimning ko‘rsatkichlarini aniqlash va belgilash, hamda uni chegaralashdir. Agar tizimning chegarasi juda tor qo‘yilgan bo‘lsa unda tarqoq, tizimiylashmagan oldini olish chora-tadbirlari hosil qilinadi, ya’ni ayrim xavfli holatlar e’tibordan chetda qolib ketadi. Agarda chegara juda keng qo‘yilsa tahlil natijalari umumiy, noaniq bo‘lib qolishi mumkin.
Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalarning sabablarini o‘rganish, aniqlash va belgilashning bir qator uslublari mavjud. Jarohatlanishni o‘rganish va tahlil qilishda statistik, topografik, monografik, ergonomik, iqtisodiy va boshqa usullar qo‘llaniladi. Bu usullarning har biri alohida qo‘llanilganda mehnat sharoitini tahlil qilishning va mehnat xavfsizligini ta’minlashning tor doiradagi masalalarni ko‘rib chiqishga va yechishga imkoniyat yaratadi.
Ishlab chiqarishda jarohatlanishni tahlil qilishga kirishishdan oldin boshlang‘ich hujjatlarni tekshirish va tayyorlash lozim. Dastlab ishlab chiqarishdagi jarohatlanish holatlari to‘liq hisobga olinganligi aniqlanadi. Buning uchun baxtsiz hodisalarni tekshirish tavsifnomalari mehnatga layoqatsizlik varaqalari bilan taqqoslanadi. Bu varaqalarda ko‘rsatilgan diagnozlar bilan tanishish korxonada jarohatlanishlarni yashirish hollari bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlashga imkon beradi. Shundan keyin tavsifnomalarda bayon qilingan hodisalarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilinadi, shubha tug‘dirgan yozuvlar baxtsiz hodisa ro‘y bergan joyda tekshirib ko‘riladi. Shuni nazarda tutish kerakki, dalolatnomaning ayrim bandlarini noto‘g‘ri yoki noaniq to‘ldirish, tahlilda noto‘g‘ri xulosalar chiqarishga va buning oqibatida baxtsiz hodisaning haqiqiy sabablarini yo‘qotishga olib keladi.

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish