Тa’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilar bilan yuz bergan oqibati og‘ir bo‘lmagan baxtsiz hodisalarni tekshirish tartibi: ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘iga ko‘ra uning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari raisligida, ta’lim muassasasi kasaba uyushmasi va ota-onalar qo‘mitasi vakillari ishtirokida komissiya tuziladi.
Baxtsiz hodisani tekshirish bo‘yicha tuzilgan komissiya quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
uch kun ichida baxtsiz hodisaning ro‘y berish sabablarini tekshirishi, guvohlar va baxtsiz hodisani kelib chiqishiga bevosita aloqador bo‘lgan shaxslardan hamda imkoni bo‘lsa jabrlanuvchilardan tushuntirish xatlari olishi;
baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rsatilgan dalolatnomani uch nusxada tuzishi va imzo chekib, tasdiqlash uchun ta’lim muassasasi rahbariga berishi lozim.
Тa’lim muassasasi rahbari baxtsiz hodisani keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish choralarini ko‘radi va tekshirish tamom bo‘lgandan so‘ng uch kun davomida tasdiqlangan dalolatnomani jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakillariga, ta’lim muassasasining yuqori turuvchi organiga yuboradi va tekshirish materiallari bilan birga bir nusxasi ta’lim muassasasining o‘zida qoldiriladi.
Baxtsiz hodisalar ta’lim muassasasi tomonidan 3.13 – ilovada keltirilgan “Тa’lim oluvchilar bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarni hisobga olish jurnali”da hisobga olinadi.
Jabrlanuvchi yoki uning qonuniy vakillari dalolatnomadan noroziliklar yuzasidan ta’lim muassasasining yuqori turuvchi organiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish tartibi. Sodir bo‘lgan quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi:
bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq ta’lim oluvchilar bilan yuz bergan guruhiy baxtsiz hodisalar;
o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar;
oqibati og‘ir baxtsiz hodisalar.
Baxtsiz hodisa natijasida ta’lim oluvchilarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning og‘irlik darajasi to‘g‘risidagi xulosa davolash-profilaktika muassasasi tomonidan beriladi.
Guruhiy, o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisa to‘g‘risida ta’lim muassasasi rahbari darhol quyidagilarga xabar berishi lozim: ta’lim muassasasining yuqori turuvchi organiga; tuman (shahar) hokimligiga; baxtsiz
hodisa yuz bergan joydagi ichki ishlar bo‘limiga; tarmoq kasaba uyushmasi kengashiga; jabrlanuvchining qonuniy vakillariga.
Guruhiy, o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisalar ta’lim muassasalarining bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishlicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari, Тoshkent shahar xalq ta’limi Bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari rahbarlarining buyruqlariga asosan tuzilgan maxsus tekshirish komissiyalari tomonidan tekshiriladi.
Ushbu maxsus tekshirish komissiyalariga tegishli ravishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari, hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshliqlari o‘rinbosari hamda Тoshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosari raislik qiladi va uning tarkibiga tarmoq kasaba uyushmasi, ta’lim muassasasining mehnatni muhofaza qilish va ota-onalar qo‘mitasi vakillari kiritiladi.
Guruhiy, o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisalar yuz berganda maxsus tekshirish komissiyasi tomonidan 3.14 – ilovada ko‘rsatilgan dalolatnoma
3.15 – ilovada keltirilgan shakldagi maxsus tekshirish dalolatnomasi tuzilgandan so‘ng rasmiylashtiriladi va ta’lim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ikki va undan ortiq ta’lim oluvchining o‘limi bilan tugagan baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish ta’lim muassasalari bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishlicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi yoki Хalq ta’limi vazirligi buyruqlariga asosan tuzilgan maxsus tekshirish komissiyalari tomonidan olib boriladi.
Maxsus tekshirish komissiyasi o‘n kun mobaynida baxtsiz hodisani tekshirib chiqadi va 3.15 – ilovada shakli keltirilgan maxsus tekshirish dalolatnomasini tuzadi.
Maxsus tekshirish komissiyasi talablariga ko‘ra baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan ta’lim muassasasi rahbariyati:
baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etish uchun ekspert-mutaxassislarni taklif qilishi; texnik hisoblashlar, laboratoriya tadqiqotlari, sinovdan o‘tkazish va
boshqa ishlarni tashkil etishi; baxtsiz hodisa yuz bergan joyni suratga olishi va boshqa zarur hujjatlarni taqdim etishi; maxsus tekshirish uchun zarur bo‘lgan transport vositalari bilan ta’minlashi; maxsus tekshirish komissiyasi a’zolari ishlashi uchun ularga jihozlangan alohida xona ajratib berishi; baxtsiz hodisani maxsus tekshirish hujjatlarini tuzish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq texnik vositalari va boshqa zarur narsalar bilan ta’minlashi shart.
Maxsus tekshirish hujjatlariga quyidagilar kiradi: har bir jabrlanuvchiga alohida tuzilgan 3.14 – ilovada keltirilgan shakldagi dalolatnoma; 3.15 – ilovada keltirilgan shakldagi maxsus tekshirish dalolatnomasi; rejalar, sxemalar, hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasi, baxtsiz hodisa yuz bergan joyning chizmasi, fotosuratlari; tushuntirish xatlari; jabrlanuvchiga yetkazilgan jarohatning xususiyati va og‘irligi, o‘limi sabablari to‘g‘risidagi tibbiy xulosa; ekspert guruhining (zarur bo‘lganda) baxtsiz hodisa sabablari haqidagi xulosasi, laboratoriya va boshqa tadqiqotlar, tajribalar, tahlillar va hokazolarning natijalari; maxsus tekshirish komissiyasini tuzish haqidagi buyruq va boshqa hujjatlardan ko‘chirmalar.
Maxsus tekshirish tugagandan so‘ng besh kun muddatda maxsus tekshirish komissiyasi tekshirish hujjatlarini:
baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan joydagi ichki ishlar bo‘limiga;
ta’lim muassasasining yuqori turuvchi organiga;
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tarmoq kasaba uyushmasiga taqdim etadi.
Baxtsiz hodisa yuz bergan ta’lim muassasasi maxsus tekshirish hujjatlarini zudlik bilan ko‘rib chiqib, baxtsiz hodisa kelib chiqish sabablarini bartaraf etish to‘g‘risida maxsus tekshirish komissiyasi taklif qilgan chora-tadbirlarni bajarishi shart.
Guruhiy baxtsiz hodisalar tekshirilganda har bir jabrlanuvchi haqida alohida ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Dalolatnomada jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar)ning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, o‘qish joyi, jabrlanuvchining oilaviy ahvoli, qaramog‘idagi oila a’zolari haqidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi,
otasining ismi) tug‘ilgan yili, jabrlanuvchi bilan qarindoshlik munosabatlari), shuningdek baxtsiz hodisa yuz berishigacha nimalar bo‘lgani, bu jarayonga kim boshchilik qilgani, jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) va baxtsiz hodisaga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarning xatti-harakatlarini tavsiflash, voqealar izchilligi bayon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |