O‟zbekiston respublikasi



Download 2,87 Mb.
bet59/222
Sana19.10.2022
Hajmi2,87 Mb.
#854186
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   222
Bog'liq
Одам анатомияси ва физиологиясиc

Yurakning tuzilishi.


Yurak muskulli a‘zo bo‘lib, ko‘krak qafasining ichida, ko‘ks oraligining o‘rta qismida, to‘sh suyagining orqasida joylashgan. Uning 2/3 qismi chap, 1/3 qismi o‘ng tomonida qiya xolatda joylashgan bo‘lib, uchi oldinga, pastga va chapga qaragan. Yurakning chegarasi yuqoridan ikkinchi qovurg‘a oraligida, o‘ngdan to‘sh suyagining cheti, o‘mrov osti chizig‘idan 1 sm ichkarida, chapdan ko‘krak bezidan 1 sm chetda, pastdan 5 qovurg‘a oraligida bo‘ladi.
Tirik odamda yuraking kengligi 12-15 sm. uzunasi 14-16 sm, aellarda o‘rtacha vazni 250 g, erkaklarda 300 g. Yurak yassilashgan konus shaklida bo‘lib, ko‘pincha joylashuvi va shakli odamning yoshiga va qonstitutsiyasiga, nafas xarakatlari va bajariladigan jimoniy xarakatlariga bog‘liq. Ma‘lumki eng keng tarqalgan kostitutsional sxemalardan odamlarni tana proportsiyalariga ko‘ra braxiomorf, dolixomorf va mezomorf tiplarga ajratish amaliyotda keng qo‘llaniladi. Braxiomorf tana tuzilishda yurak diafragma ustida yetib, gorizontal xolatni egallaydi. Dolixomorf qonstitutsiyali odamlarda yurak tomchi shaklida bo‘lib, tik xolatni egallaydi. Mezomorf tana tuzilishda yurak qiya joylashadi..
Yurakning kengaygan qismi asos deyilib, yuqorida joylashgan. Bu yerda eng yirik qon tomirlari joylashganligi sabali, yurak osiglik xolatda bo‘ladi. Yurakning eng turtib chiqqan va chapga qaratilgan qismi yurak uchi deyiladi. Yurak perikard yoki yurak xaltasi deb ataladigan seroz parda bilan o‘ralgan. Yurakda tush-qovurg‘a, diafragmal va o‘pka yuzalari farqlanadi.
Yurakning to‟sh- qovurg‟a yuzasi to‘sh suyagining dastasi bilan III-IY qovurg‘a tog‘ay qismlarining orqa tomoniga to‘g‘ri keladi.
Yurakning diafragmal yuzasi orqada va pastga qaragan bo‘lib, diafragmaning paydan tuzilgan markaziga tegib turadi.
Yurakning o‟pka yuzalari ikki yonidan joylashgan va o‘pkalar yuzasi tomon qaratilgan.
Yurak to‘rtta bo‘limdan iborat, uning asos qismida, yuqorida ikkita yurak bo‟lmachasi va ularning ostida ikkita qorinchasi tafovut qilinadi.
Yurakning tashqi yuzasida bo‘lmachalarni qorinchalardan ajratadigan tojsimon egat joylashgan. Qorinchalar esa bir-biridan oldingi va orqa qorinchalar-aro egatlar bilan ajratilgan. Tojsimon va qorinchalar-aro egatlarda yurakni oziklantiruvchi qon tomirlari joylashgan.
Yurakning o‟ng bo‟lmacha va o‟ng qorinchadan faqat venoz qon, chap bo‟lmacha va chap qorinchadan faqat arterial qon xarakat qiladi.
Yurakning chap va o‘ng qismlari bir-biri bilan tutashmaydi va shu sabali arterial va venoz qon qo‘shilmaydi.
Yurakning o‟ng bo‟lmachasi kubsimon shaklda bo‟lib, o‘nga yuqoridan yuqorigi kovak vena, pastdan - pastki kovak vena quyiladi. Yurakning o‘ng bo‘lmachasiga yurak venalarining umumiy okimi - yurakning tojsimon sinusi quyiladi. Yurakning o‘ng quloqchasi yurak bo‘lmachasining bo‘rtib chiqqan bir qismi bo‘lib, konus shakliga ega va bo‘lmacha bo‘shlig‘iga qo‘shilib uni xajmini ancha oshiradi. Kovak venalar quyiladigan joy o‘rtasida venalararo do‘ngi xosil bo‘ladi. Pastki kovak vena quyiladigan joy ostida yarim oysimon klapanlar joylashadi. Bo‘lmachaning ichki yuzasi silliq bo‘lib, quloqcha qismida va oldingi devor soxasida tarmoqsimon muskullar joylashgan. CHap va o‘ng bo‘lmachalar orasida to‘siq joylashgan bo‘lib, uniing o‘rta qismida ovalsimon chuqurcha joylashgan. Embrional taraqqiyot davrida chuqurcha urnida oval teshik bo‘ladi va bu teshik chap bo‘lmachani o‘ng bo‘lmacha bilan tutashtiradi. Bola tug‘ilgandan so‘ng bu teshikcha beqilib ketadi, ba‘zan ovasimon teshikcha bitmasdan qolishi mumkin.
Yurakning o‘ng bo‘lmachasi bilan o‘ng qorinchasi chegarasida qorinchaning o‟ng bo‟lmacha- qorincha teshigi bor. Bu teshik qorincha qisqarganda (sistolasida) uch tavakali qopkok
(klapan) bilan yopiladi. Uch tavakali klapan yuzasidan ingichka pay iplari boshlanadi va bu paylar borib so‘rg‘ichsimon muskullarga birikadi.
Natijada xar bir so‘rg‘ichsion muskul klapanga pay iplari yordamida tutashib turadi.

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish