Rezus – omil. Ko‗pchilik odamlarning eritrotsitlarida (85%) yana bir omil topilgan. Uni birinchi marta Karl Landshteyner va I. Viner 1940 yili makakus rezus maymun qonidan topishgan va rezus- omil deb atashgan. Unga ega bo‗lgan odamning qoni rezus-musbat qonni (Rh+), mazkur omili bo‗lmagan rezus-manfiy qonga (Rh-) quyilsa, rezus-manfiy odamning qonida antirezus agglyutininlar hosil bo‗ladi. SHu rezus-manfiy odamga, rezus-musbat qonni ikkinchi marta quyilsa, rezus-musbat eritrotsitlar anti-rezus agglyutinin ta‘sirida agglyutinatsiyaga uchraydi, kichik qon tomirlariga tiqilib qoladi va hayot uchun xavf tug‗diradi.
Eritrotsitlarni anti-Rh- - zardob bilan birgalikdagi ta‘siri ularning membranalarini turli soxalarida bir qancha (chala) antigenlarning borligiga bog‗liq. Bu antigenlarning eng muximlari –S, D, E, s, d va e. Bulardan antigen xususiyati eng kuchlisi agglyutinogen D. D-eritrotsit saqlovchi qonni oddiygina qilib rezus-musbat (Rh+, yoki Rh) deb, ana shunday eritrotsitlari yo‗g‗ini esa rezus-
manfiy (Rh-, yoki rh) deb ataladi. Evropaliklarning 85% rezus-musbat qonga ega bo‗lsa, 15% rezus- manfiy qonga ega.
Rh va ABO tizimlar o‗rtasidagi farqlardan biri shundan iboratki, u xam bo‗lsa odamning qonida xayotining birinchi oyidan boshlab ABO agglyutinin tizimi paydo bo‗ladi, Rh- agglyutinlar esa sensibilizatsiyadan keyin, ya‘ni Rh- - individumni Rh – antigen bilan uchrashgandan keyingina paydo bo‗ladi.SHuning uchun xam rezusi mos kelmaydigan qonni birinchi marta quyganda aniq reaksiya paydo bo‗lmaydi. Antigen-antitana reaksiya ana shunday qonni ikkinchi marta quyganda paydo bo‗ladi.
Bu ikki tizim o‗rtasidagi ikkinchi farq shundan iboratki, u xam bo‗lsa ko‗pchilik Rh- agglyutinogenlar chala antitanalar xisoblanadi, ularning razmeri - va -agglyutinilarga nisbatan anchagina kichik, va shuning uchun xam ular platsentar to‗siqdan o‗tish qobiliyatiga ega.
Nazorat savollari.
Organizmni ichki muxiti deganda nimani tushunasiz, uni qanday biologik suyuqliklar tashqil qiladi?
Qon sistmasini nimalar tashqil qiladi?
Organizmda qon bajaradigan asosiy funksiyalarni aytib bering?
Qon plazmasi va uning shaklli elementlari qanday xajmli nisbatda bo`ladi?
Qonning yopishqoqligi nechaga teng va uni qanday o`lchanadi?
Qonning osmotik bosimi va uning axamiyatini tushuntiring?
Onkotik bosim nima, qanday axamiyatga ega?
Qonning aktiv reaksiya va bufer sistemalari xaqida tushuncha bering?
Plazmaning tarkibi va xususiyatlari qanday?
Qon plazmasining oqsillariga qaysi omillar kiradi va ular qanday funksiyalarni bajaradi?
Izotonik, gipotonik, gipertonik eritmalarni aytib bering?
Qon guruxlarini kasf etilishi tarixi haqida gapiring.
ABO tizimi nima?
Qon guruhlarining irsiylanishi.
Rezus-omil nima?
Rezus-mos kelmaslik va xomiladorlik haqida gapiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |