O‟zbekiston respublikasi



Download 2,87 Mb.
bet41/222
Sana19.10.2022
Hajmi2,87 Mb.
#854186
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   222
Bog'liq
Одам анатомияси ва физиологиясиc

Nefron - buyrakning struktur va funktsional birligidir.
Nefron to‘g‘ri va egri - bugri kanalchalar tizimidan iborat. Xar bir nefronda koptoqchali va kanalchali qismlar farqlanadi. Koptoqchali qism yoki Malpigi tanachasi o‘z navbatda tomirli
koptoqcha kapillyarlaridan va Boumen - SHumlyanskiy kapsulasidan iborat. Tomirli koptoqcha 50 taga yaqin kapillyarlar qovuzlog‘idan iborat. SHumlyanskiy kapsulasi kosachaga o‘xshash bo‘lib, tashqi va ichki varaqlardan iborat, orasida esa yoriqsimon bo‘shliq joylashgan. Tomirli koptoqchani SHumlyanskiy kapsulasi o‘rab turadi. Bu yerda siydik xosil bo‘lishning birinchi bosqichi - filtratsiya jarayoni ro‘y beradi. Natijada qondan birlamchi siydik xosil bo‘ladi. 1 sutka davomida birlamchi siydikning umumiy miqdori 60-80 litrni tashkil etadi. Bunday siydikning tarkibida zararli moddalardan tashqari, organizmga zarur bo‘lgan moddalar ko‘p miqdorda bo‘ladi. Bularga oqsillar, glyukoza, albuminlar, tuzlar va suv kiradi.
Nefronnning ikkinchi qismi - kanalchali qism bo‘lib, quyidagi bo‘limlardan iborat: proksimal bo‘lim, Genle qovuzlog‘i ( pastga tushuvchi va yuqoriga ko‘tariluvchi qismlardan iborat), distal bo‘lim va yiguvchi naychadan. Nefronning proksimal va distal bo‘limlari I va II tartibli egri-bugri kanalchalar deb ataladi. Genle qovuzlog‘ining naychalari va yigiluvchi naycha to‘g‘ri kanalchalardan tashkil topgan. Kanalchalarni devori bir qavatli epiteliydan tuzilgan. Kanalchali qismida siydik xosil bo‘lishining ikkinchi bosqichi - reabsorbtsiya yoki qayta surish jarayoni ro‘y beradi. Kanalchalar devorining epiteliy xujayralari birlamchi siydikdan natriy, kaliy ionlarini va suvni qayta suradi.. Natijada, ikkilamchi siydik xosil bo‘ladi. Uning umumiy miqdori 1-1,5 litrni tashkil etadi.
SHunday qilib, nefronda siydik xosil bo‘lish jarayoni ikki bosqichdan iborat: filьtratsiya va reabsorbtsiyadan. Filtratsiya jarayoni koptoqchali qismida o‘tib, natijada birlamchi siydik 60-80l miqdorda xosil bo‘ladi. Reabsorbtsiya jarayoni kanalchali qismida o‘tib, natijada ikkilamchi siydik 1-1.5 l miqdorda xosil bo‘ladi.
Buyraklar nafaqat ajratishda ishtirok etuvchi a‘zolardir, ularni bajaradigan boshqa funktsiyalariga ko‘ra ichki sekretsiya bezi deb ko‘rish mumkin. Nefrondagi Genle qovuzlog‘ining yuqoriga ko‘tariluvchi kanalchasini distal bo‘limiga o‘tish joyida ko‘p miqdordagi yadrolar to‘dasini ko‘rish mumkin, bazal membranasi bo‘lmaydi. Distal bo‘limining bu qismi zich dog‟ deb nom olgan. Qon olib keluvchi va qon olib ketuvchi arteriyalarning zich dog‘ga tegib turadigan devorida, endoteliotsitlar tagida yukstaglomerulyar xujayralari joylashadi. Bu xujayralar qon bosimini idora etadigan renin oqsilini va buyrak eritropoetik faktorini ishlab chiqaradi. Buyrak eritropoetik faktori eritrotsitopoez yoki eritrotsitlarni rivojlanishini tezlashtiradigan moddalarni ishlab chiqaradi.

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish