Nazorat savollari
Ovqat hazm qilish kanalini qaysi organlar tashkil qiladi?
Og‘iz bo‘shlig‘iga nechta so‘lak bezining yo‘li ochiladi?
Qizilo‘ngach va me‘daning tuzilishini tushuntiring.
Me‘daning sekretorlik faoliyatini tushuntiring.
Yo‘g‘on ichakning tuzilishi va funksiyasini tushuntiring.
Jigarning organizmdagi funksiyalarini sanab bering.
O‘t pufagi tuzilish, joylashishi va funksiyalarini tushuntiring.
Ingichka ichak uzunligi va tuzilishini ayting.
Ichaklarning seroz va shilliq qavatlarini tushuntiring.
Ichaklar sathida ovqatning hazm bo‘lishi jarayonlari mexanizmlarini ayting.
MAVZU: 7. NAFAS A‟ZOLARI TUZILISHI VA FIZIOLOGIYASI.
Maruza rejasi:
Burun bo‟shlig‟i va uning tog‟aylari.
Hiqildoq va uning tog‟aylari, bo‟g‟imlari, muskullari. Hiqildoqning tovush hosil qilishi
Kekirdak joylashishi va tuzilishi.
Bronxlar tuzilishi va joylashishi.
O‟pka tuzilishi va joylashishi.
O‟pkaning qon bilan ta‟minlanishi va gaz almashinuvi.
O`pka ventilyasiyasi, xajm va sig`imlari.
Tayanch iboralar: nafas olish, burun bo‟shlig‟i, burun-halqum, hiqildoq, kekirdak, bronxlar, bronxiolalar, atsinus, alveolalar, o‟pkalar, o‟pka darvozasi, gaz almashinuv jarayoni, o`pkaning tiriklik sig`imi, o`pka ventilyatsiyasi, nafas havosi, rezerv havo, qoldiq havo.
Har bir organizmning xayot faoliyati uchun nafas olish protsessi muhim axamiyatga ega. Nafas olinganda o‘pkaga kislorod xavodan qonga o‘tib, barcha xujayralarga yetkaziladi. Nafas chiqarilganda karbonat angidrid va boshqa kerak bo‘lmagan gazsimon birikmalar nafas olish organlari orqali tashqariga chiqadi.
Nafas olish organlari xavo o‘tkazuvchi yo‘llar va gazlar almashidigan a‘zo - o‘pkalarga bo‘linadi. Xavo o‘tkazuvchi yo‘llarga burun bo‘shlig‘i, Xiqildoq, kekirdak, traxeya va bronxlar va bronxiolalar kiradi. O‘pkalarda esa qon bilan kislorod orasida gazlar almashinishi ro‘y beradi. Yuqori sut emizuvchilarda nafas olish a‘zosidan Xiqildoq ikkita funktsiyani bajaradi: xavo o‘tkazuvchi va tovush chiqaruvchi. To‘g‘ri nafas olish burun bo‘shlig‘i orqali ro‘y beradi.
Burun bo‘shlig‘ining xosil bo‘lishda bir juft burun suyagi, g‘alvirsimon suyakning tik plastinkasi, burun to‘sig‘ining tog‘ayi, yon devorlarining va qanotlarining tog‘aylari ishtirok etadi. Tog‘aylar tufayli burun teshiklari ochiq va bir-biridan ajralib turadi. Burunning bitta toq tog‘ayi bo‘lib, g‘alvirsimon suyakning tik plastinkasi bilan orqa va yuqoridan, Dimog‘ suyagi, oldingi burun o‘sig‘i bilan tutashib, burun to‘sig‘ini xosil qiladi. Juft tog‘aylar burun qanotlarining yon tomonlarini va asoslarini xosil qiladi. Burun bo‘shlig‘ining atrofida joylashgan peshona suyagi, yuqori jag‘ va ponasimon suyak ichida bo‘shliqlar bo‘lib, ular burun bo‘shlig‘i bilan tutashgan. Bular yordamchi suyak kavaklari deb nomlanadi va burun ichiga kirgan xavoning shilliq qavatiga tuknashish yuzasini oshiradi. Yordamchi suyak kavaklari o‘rnashgan joyiga qarab 3 guruxga bo‘linadi:
yuqori jag‘ ichida joylashgan kavak gaymor bo‘shlig‘i deyiladi va o‘rta burun yo‘liga ochiladi.
peshona suyak bo‘shlig‘i - bu xam o‘rta burun teshigiga ochiladi.
ponasimon suyak bo‘shlig‘i yuqori burun bo‘shlig‘iga ochiladi.
Tashqi burun teshiklari va ichki teshiklar - xoanalar farqlanadi. Xoanalar xalqum bo‘shlig‘ini o‘rta quloq bo‘shlig‘i bilan tutashib turuvchi joyiga kelib ochiladi. Xavo burun xalqumdan xalqumning og‘iz qismiga kiradi, so‘ng esa kekirdakka o‘tadi.
Burunning yuqorigi, o‘rta va pastki chiganoqlari farqlanadi. Uchta burun chig‘anog‘i burun bo‘shlig‘ining umumiy yuzasini oshiradi. Chiganoqlarning medial yuzalari bilan burun to‘sig‘i orasida umumiy burun yo‘li o‘tadi. Chiganoqlar ostida esa pastki, o‘rta va yuqorigi burun yo‘llari joylashgan. Yuqorigi chiganoqlarda xidlash soxasi joylashgan. Bu yerda xidlash analizatorinining periferik qismi joylashgan bo‘lib, maxsus xid sezuvchi neyrosensor xujayralaridan tashkil topgan.
Burun bo‘shlig‘ining butun ichki yuzasi shilliq parda bilan qoplangan. Bu parda xilpilovchi kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Shilliq bezlar qadaxsimon xujayralardan tarkib topib, shilliq moddalar ishlab chiqaradi. Epiteliy kipriklari xavo tarkibidagi changni ushlab qoladi. Shilliq osti qavatida joylashgan qon kapillyarlari orqali xavo iliydi va iligan xolda xavo o‘pkaga o‘tadi. Nixoyat shilliq bezlarning sekreti yordamida xavo namlanadi.
Xiqildoq xavo o‘tkazuvchi yo‘llarning bir qismi bo‘lishi bilan tovush chiqarishda xam ishtirok etadi.
Xiqildoq bo‘yinning oldingi qismida IY-YI bo‘yin umurtqalari soxasida joylashgan. Til osti - qalqonsimon membrana orqali Xiqildoq til osti suyagiga osilib turadi. Xiqildoq old tomonidan teri, bo‘yin muskullari va fastsiyalar joylashgan. Orqa tomondan esa bo‘yindan utuvchi qon tomirlar va nervlar o‘tadi. Xiqildoq pastki qismi bilan traxeyaga tutashgan.
Xiqildoq skeleti juft va toq tog‘aylardan iborat. Toq tog‘aylarga qalqonsimon tog‘ay va Xiqildoq usti tog‘ay va uzuksimon tog‘ay kiradi. Juft tog‘aylarga chumichsimon tog‘aylar, shoxsimon tog‘aylar va ponasimon tog‘aylar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |