Ovqat xazm qilinishining mohiyati.
Ovqat xazm tizimiga mansub a‘zolar zimmasiga bir necha muxim funktsiyalarni bajarish yuklatilgan. Ularning asosiysi - ovqat xazm qilishdir. Ovqat xazm qilishning moxiyatini tashqi muxitdan qabul qilinadigan ozuqa moddalarning mexanik va kimyoviy yo‘l bilan parchalanishi va ichki muxitga so‘rilishi tashkil qiladi. Xazm qilish jarayonida ozuqa moddalarning ichak shilliq qavati orqali ichki muxitga so‘rilishining eng asosiy sharti - yuqori molekulali oqsillar aminokislotalargacha, yog‘‘larning glitserin va yog‘‘ kislotalarigacha, uglevodlarning monosaxaridlargacha parchalanishidir. SHu darajag‘acha parchalanmay qolgan oqsil qoldiqlari, yog‘‘lar yoki uglevodlar ichki muxitga so‘rilmaydi va tashqariga chiqarib yuboriladi.
Xazm a‘zolari tizimining yana bir muxim funktsiyasini ularning endokrin xujayralari faoliyati tashkil etadi. Xazm a‘zolari tarkibida joylashgan ko‘p turdagi xujayralar tomonidan ishlab
chiqaradigan gormonlar organizmda umumiy ta‘sirotga ega bo‘lmay, balki aynan shu a‘zolardagi maxalliy jarayonlarni, ya‘ni mikrotsirkulyator tizim ishini, xujayralarning ko‘payishi, voyaga yetishishi va faoliyat ko‘rsatishi jarayonlarini organizm talablariga mos ravishda boshqarish ta‘sirotiga eg‘adir.
Xazm a‘zolari tizimining uchinchi muxim funktsiyasini esa ularning ichki muxitga tashqi muxitdan yet moddalar va antigenlar kirishidan ximoya qilish va maxalliy immun javobni amalga oshirishdan iboratdir. Xazm a‘zolarining shilliq qavati immun xujayralarga boy bo‘lib, antigenlarga qarshi immun javobni tulik amalga oshirishga qodirdir. Shilliq qavatlarning immunologik faoliyati organizm umumiy immun tizimi faoliyatining muxim tarkibiy qismi xisoblanadi.
Xazm a‘zolari ajratuv funktsiyasini xam bajaradilar. Ichki muxitdagi moddalar almashinuvining chikindi xosilalari yoki organizm uchun zararli moddalarni buyraklar va ter bezlari qonikarli ravishda tashqi muxitga chiqara olmagan takdirda, ular qisman xazm organlari shilliq qavatlari orqali chiqarilash imkoniyati bor. Ammo, moddalar almashinuvining ba‘zi xosilalari ichki muxitdan faqat xazm a‘zolari orqali chiqariladi. Masalan, taloqda nobud bo‘lgan eritrotsitlardagi gemoglobinning parchalanishi tufayli paydo bo‘ladigan xosilalari (bilirubin) asosan jigar orqali ut suyuqligi tarkibida tashqi muxitga ajratiladi. SHu sababli jigar shikastlanganda ichki muxitda bilirubin miqdori keskin ortib ketib, organizmning zaxarlanishiga va «sariqlik kasalligi» kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi.
Ovqat xazm tizimi xazm nayi va parenximotoz a‘zolardan tarkib topgan. Xazm nayini Og‘iz bo‘shlig‘i, xalqum, qizilo‘ngach, me‘da, ingichka va yo‘g‘on ichaklar tashkil qiladi. Parenximatoz a‘zolarga so‘lak bezlari, me‘da osti bezi va jigar kiradi.
Xazm naychasining uzunligi 7-8 metrga teng bo‘lib, 3 bo‘limdan tashkil topgan. Oldingi bo‘lim Og‘iz bo‘shlig‘i, xalqum va qizilo‘ngachdan iborat. Bu a‘zolar bosh, bo‘yin va ko‘krak qafasida joylashgan bo‘lib, to‘g‘ri yo‘nalishga ega. Oldingi bo‘lim a‘zolari ovqatni chaynash, so‘lak bilan namlash va ovqat lukmasini shakllantirish, yutish va qizilo‘ngach orqali me‘daga yetkazish vazifasini bajaradi. So‘lak tarkibidagi amilaza ta‘sirida uglevodlar qisman parchalanadi, lizotsim esa bakteritsid ta‘sir kuchiga ega. Til tarkibidagi ta‘m bilish piyozchalari ta‘m bilish a‘zosini tashkil qilib, ovqatning nordon, achchiq, shirin va sho‘r ta‘mlarini sezish imkoniyatiga ega. Shilliq pardaning Og‘iz bo‘shlig‘i bilan xalqum chegarasida limfoid xujayralarning yirik to‘dalari joylashib, ular murtaklarni xosil qiladi. Ular orasida til, xalqum, tanglay va xiqildoq murtaklari tafovut qilinadi. Bu murtaklarning ja‘mi Pirogov limfoepitelial xalqasi deyiladi. Xalqa tarkibidagi limfoid to‘qima xujayralari ovqat bilan Og‘izga tushgan mikroorganizmlar va antigenlarni fagotsitoz qilish xususiyatiga ega bo‘lib, organizmga kirib kelayotgan antigenlar xaqidagi axborotni immun tizimga yetkazadigan birinchi bosqichni tashkil etadilar. Og‘iz bo‘shlig‘idan ovqat xalqumga o‘tadi. Xalqum nafas va ovqat yo‘llari o‘zaro kesishadigan a‘zodir. Xalqumning davomi qizilo‘ngach bo‘lib, ko‘krak qafasida ko‘ks oraligining orqasidan o‘tadi, diafragma uzra o‘tib me‘daga ulanadi. Qorin bo‘shlig‘ida xazm naychasi kengayadi va me‘dani xosil qiladi. Me‘dadan so‘ng ingichka ichakning bo‘limlari - o‘n ikki barmoqli ichak, och va yonbosh ichak ketma-ket davom etadi.
Me‘da, ingichka ichak, jigar va me‘da osti bezlari xazm tizimining o‘rta bo‘limini tashkil qiladi. Xazm tizimining o‘rta bo‘limida ovqat xazm qilish va ichki muxitga so‘rilish jarayoni tulik amalga oshiriladi. Parchalangan oqsillar aminokislotalar xolida, uglevodlar - oddiy kandlar asosan glyukoza xolida qon tomir kapillyarlariga, parchalangan yog‘‘lar - glitserin va yog‘ kislotalar xolida limfa tomirlariga o‘tadi va so‘ng butun organizmga tarqaladi.
Xazm yo‘lining orqa bo‘limi yo‘g‘on ichakdan tashkil topgan. Yo‘g‘on ichak ikki asosiy bo‘limdan, chambar va to‘g‘ri ichakdan iborat. Yo‘g‘on ichakda so‘rilish jarayoni asosan tugallanadi va bu yerda suv so‘riladi va najas massasi shakllanadi. Xazm bo‘lmagan moddalar to‘g‘ri ichak orqali tashqariga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |