Ish uchun kerakli jihozlar: Mulyajlar, rangli atlaslar, plakatlar, mulyajlar, releflar.
Ishning borishi: Talabalar traxeya, bronxlar, o‗pkalar, o‗pka segmentlari, atsinuslar va alveolalarning tuzilishini mulyajlar, rangli plakatlar, releflar va atlaslardan ko‘rib o‘rganishadi.
Ishni rasmiylashtirish: Talabalar traxeya, bronxlar, o‗pkalar, o‗pka segmentlari, atsinuslar va alveolalarning tuzilishini rangli ko‘rinishda albomlariga chizib, qisqacha konspekt qilishadi.
MASHG‟ULOT №:17. BUYRAKLARNING TASHQI VA ICHKI TUZILISHI.
Ishdan maqsad: Buyrakni o‗rab turuvchi pardalar, buyrak piramidalari, nefronlarning tuzilishini o‗rganish.
Nazariy tushuncha: Buyraklar qorin bo‘shligi orqa devorining ichki yuzasida, umurtqa pog‘onasining XII ko‘krak va I - II bel umurtqalarining ikki yonida joylashgan. O‘ng va chap buyrak bir tekis darajada turmaydi, chap buyrak o‘ng buyrakga nisbatan 1-1.5 sm yuqoriroq turadi. Katta kishilarda buyrak uzunligi 10-12 sm, kengligi 5-6sm, ogirligi 120-200g. Buyrak biriktiruvchi to‘qimali kapsula, yog‘ kapsula va seroz parda bilan o‘ralgan. Kapsula buyrak moddasiga bo‘shgina birikkan bo‘ladi va undan oson ajralib ketadi. Buyrakni kesib oddiy ko‘z bilan yoki mikroskopda qaraganda, bunda po‟st va mag‟iz moddasi deb nom olgan ikki qismdan iborat ekanligi ko‘rinadi. Po‘st modda tuk qizil rangli bo‘lib, donador holatda ko‘rinadi va kapsula ostida qalin qavat xolida yotadi. Mag‘iz moddasi sarigishroq bo‘lib, bo‘lakchalarga - piramidalarga bo‘linadi. Buyrakdagi piramidalar soni 8-12 ta bo‘ladi. Piramidalarning keng asosi po‘st moddaga, uchi esa buyrak kavagiga qaratilgan bo‘ladi. 2-3 piramidalarni uchi qo‘shilishidan so‟rg‟ich shakllanadi. Har bitta so‘rg‘ichning uchida 10-20 gacha so‘rg‘ich teshiklari ochiladi. 1-3 so‘rg‘ichlar uchi kichik buyrak kosachasini bo‘shligiga qaratilgan. Kichik kosachalarni soni 7-8 bo‘ladi. Bir nechta kichik kosachalar 3-5 katta kosachalar ichiga ochiladi. Katta kosachalar bir-biri bilan qo‘shilib bitta umumiy bo‘shliqni
- buyrak jomini hosil etadi. Buyrak jomi asta-sekin torayib, siydik yo‘liga o‘tadi.Siydik so‘rg‘ichlar teshiklaridan avval kichik kosachalarga, keyin katta kosachalarga, buyrak jomiga va u yerdan siydik yo‘liga tushadi.
Nefron - buyrakning struktur va funktsional birligidir.
Nefron to‘g‘ri va egri - bugri kanalchalar tizimidan iborat. Har bir nefronda qoptoqchali va kanalchali qismlar farqlanadi. Qoptoqchali qism yoki Malpigi tanachasi o‘z navbatda tomirli qoptoqcha kapillyarlaridan va Boumen - SHumlyanskiy kapsulasidan iborat. Tomirli qoptoqcha 50 taga yaqin kapillyarlar qovo‘zlogidan iborat. SHumlyanskiy kapsulasi kosachaga o‘xshash bo‘lib, tashqi va ichki varaqlardan iborat, orasida esa yoriqsimon bo‘shliq joylashgan. Tomirli qoptoqchani SHumlyanskiy kapsulasi o‘rab turadi. Bu yerda siydik hosil bo‘lish ning birinchi bosqichi - filtratsiya jarayoni ro‘y beradi. Natijada qondan birlamchi siydik hosil bo‘ladi. 1 sutka davomida birlamchi siydikning umumiy miqdori 60-80 litrni tashkil etadi. Bunday siydikning tarkibida zararli moddalardan tashqari, organizmga zarur bo‘lgan moddalar ko‘p miqdorda bo‘ladi. Bularga oqsillar, glyukoza, albuminlar, tuzlar va suv kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |