O‟zbekiston respublikasi


Bosh miya kata yarim sharlari po`stlig`i



Download 2,87 Mb.
bet79/222
Sana19.10.2022
Hajmi2,87 Mb.
#854186
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   222
Bog'liq
Одам анатомияси ва физиологиясиc

Bosh miya kata yarim sharlari po`stlig`i MNTning filogenetik eng yosh qismi xisoblanadi. Po`stloq kulrang modda bo`lib, miyaning quyi qismlaridagi oq moddani qoplab turadi. Miya po`stlog`ining yuzasi 2200 sm2, qalinligi 1,3-4,5 mm, umumiy xajmi 600 sm3. undan neyronlar soni taxminan 109 -1010 po`stlog`dagi gilial hujayralar soni neyronlar sonidan 5-6 marta ko`p. Po`stlog`da qadimiy, eski va yangi qismlar (po`stloqlar) tafovut qilinadi. qadimiy po`stloqqa xidlov miya, eski po`stloqqa, vipokami kiradi, qolgani sohalar yangi pustloqni tashkil qiladi.
Po`stloqni tashkil qiluvchi neyronlar olti qavat joylashgan (sitoarxitektonikasi). 1) molekulyar qavat, 2) tashqi donali qavat, 3) piramida qavat, 4) ichki donali qavat, 5) gigant peramidal hujayralar (bes hujayralari) qavati, 6) multiform qavat. Po`stloq xamma qismining neyron tuzilishida umumiylik bo`lgani bilan neyronlar soni va uchlovida, qavatlardagi tolalar yo`nalishi va tarqalishida ancha farq bor. Shu asosda bosh miya po`stloqining «xaritasi» tuzilgan. Bu xaritada 52 soha ajratiladi. Miya po`stlog`idagi faoliyatiga ko`ra bir biridan farq qiladigan saxalar assosiativ, komissurav va boshqa tolalar yordamida o`zaro aloqador. Assosiativ tolalar o`z yarim sharlarning uzoq va yaqin sohalarini bog`lasa, komissural tolalar ikala yarim sharlar o`rtasida aloqa o`tkazadi. Komissural tolalarning deyarli xammasi kadaksimon tanadan o`tgan. Po`stloqdan pastga tushib, uni pustloq osti tuzilmalarga bog`laydigan tolalar proyeksion tolalar bo`ylab, efferent impulslarni o`tkazadi.
Efferent tolalarga assosiativ va komissural tolalardan tashqari talano kortiqal tolalar kiradi. Xarakatlarni boshqarishda po`stloqda muayyan sohalari ishtirok etadi. Bu sohalar motor po`stloqni tashkil qiladi. talamus yadrolari olrqali boshqa sohalarga efferent impulslar o`tadi. Ular po`stloqning sensor sohalardir. Funksional axamiyati noaniq bo`lgan sohalarhambor. Masalan, miyaning peshona bo`limlarda joylashgan 9 va 10 sohalar.
Miyaning xar qaysi yarim sharida somatik (ter va muskul- bo`g`inlardan) va visseral (ichki organlardan) sezgilarning birlamchi sohalari bor. Bu sohalar I va II somatosensor sohalar deyiladi.
Birinchi somatosensor soha orqali markaziy pushtga (qyrus centralis posterior) joylashgan bo`lib, yuzasi ikkinchi somasensor sohanikidan ancha katta. Bu soha qo`l kafti, tovush apparati, yuz vakillari ko`p joyni egallagan. Bundan, oyoqlar vakillari ancha kam joy oladi.
Ikkinchi somatonsesor soha Silviy egatining lateral qismiga joylashgan. Bu sohaga elektr toki bilan bosim, tegish yoki issiq seziladi.
Somatosensor sohalar olib tashlashganda sezgilarni shakllaydigan ta'sirotlar kuchidan farq uncha bilinmaydi.
Somatosensor sohalarning asosiy vazifasi talamusning spesifik yadrolaridan keladigan ma'lumotlarni baxolash va birlashtirishdir. Bu erda shakllanayotgan sezgilar kuchini solishtirish badanning ta'sirlanayotgan qismlarining fazodagi munosabatni aniqlash, sezgilarning o`xshashi va farqlarni baxolashdan iborat.
Samotosensor sohalardan xarakatlantiruvchi efferent tolalar chiqishihamaniqlangan. Shu sababdan, ularni sensomator sohalarhamdeyishadi.
Ko`ruv analizatorining o`zagi miyaning ensa qismida joylashgan. Xar ikki yarim shardagi quruv analizatorining markazida ikkala ko`z to`r pardasi chunonchi, chap markaziga ikkala ko`z to`r pardasining o`ng yarmi, o`ng yarim shardagi markazga-ikkala ko`z to`r pardasining chap yarmi proyeksiyalanadi. eshituv analizatorining markaziy o`zagi ustki chakka po`shtasining o`rtasida joylashgan. Bu sohalarga elektr toki bilan ta'sir etilganda odam tovushni sezadi. eshituv markazining bir tomoni shikastlansa odam butunlay kar bo`lmaydi, ammo yaxshi eshitmaydigan bo`lib qoladi. Tovush kelgan tomonni aniqlash, tovushlarni vaqtga bog`lash qiyinlashadi.
Chap yarim shardagi eshituv markazining ma'lum qismi nutqni tushunishiga javobgar. Bu er shikastlansa, odam gapira va gap tushuna olmaydi. Miya po`stlog`ida xid va ta'm sezish analizatorining markazlarihambor.

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish