M e ‟da osti bezinin g in k r eto r qismi.
Jinsiy bezlarning endokrin qismlari.
Tayanch iboralar: gormon, inkretsiya, exkretsiya, gipofiz, epifiz, ayrisimon bez, buyrak usti bezi, me`da osti bezining inkretor qismi, jinsiy bezlarning endokrin qismlari, jinsiy bezlarning endokrin qismlari.
Ichki sekretsiya bezlari.
Ichki sekretsiya bezlari sekret chiqaruvchi naylari bo'lmasligi bilan tashqi sekretsiya bezlaridan farq qiladi. Bu bezlarda ishlangan sekret — gormon (yunoncha so'z bo'lib, qo'zg'atuvchi degan ma‘noni anglatadi) bevosita qonga shimiladi. Shuning uchun bunday bezlarni endokrin (ajrataman) bezlar deb ham ataladi.
Ichki sekretsiya bezlari odam organizmining turli sohalarida joylashgan bo'lib, bajaradigan ishlariga qarab, garchand hajmi kichkina bo'lsa-da, juda ko'p qon tomirlar bilan ta‘minlangan. Jumladan, buyrak usti beziga uch juft qon tomir orqali qon kelsa, qalqonsimon bezga to'rt- beshta qon tomir keladi. Shu bilan birga endokrin bezlarda juda ko'p nerv tolalari tarqalgan. Ular endokrin bezlarini idora qiluvchi markazlar bilan bog'lab turadi. Demak, bir tomondan, ichki sekretsiya bezlari faoliyatini nerv sistemasi boshqarib tursa, ikkinchi tomondan, qonga shimilgan endokrin gormonlar nerv sistemasiga ham ta‘sir qiladi. Ichki sekretsiya bezlari turlicha bo'ladi. Shu munosabat bilan organizm funksiyalarining gormonal regulatsiyasi deb atalmasdan, balki neyrogormonal regulatsiya deb atalishi lozim.
Organizmning normal faoliyati uchun gormonlar qonda muayyan miqdorda bo'lishi shart. Agar gormonlar miqdori qonda kamaysa, gipofunksiya, ko'paysa, giperfunksiya deyiladi, bu vaqtda turli kasalliklar paydo bo'ladi. Gormonlar qon tarkibida butun organizmga tarqalib, u yoki bu jarayonga o'z ta‘sirini ko'rsatadi.
GIPOFIZ – miyaning pastki ortig'i oval shaklidagi kichik (og'irligi 0,3—0,5 g) bez bo'lib, miya asosidagi kulrang do'mboqqa varonkasimon oyoqcha orqali osilib turadi. Bez kalla asosiy suyagining turk egari chuqurchasida joylashgan. Miyaning pastki ortig'i oldingi va orqa bo'laklardan tashkil topgan. Bezning oldingi bo'lagi bez epiteliy hujayralaridan iborat va shuning uchun adenogipofiz bo'lagi deb ham ataladi. Bezning orqa bo'lagi oldingi miyaning ostidan bo'rtib o'sib chiqadi. Oldingi qismidan ishlanib chiqqan (somatotrop, prolaktin, adrenokotikotrop, gonadotrop) gormonlar organizmning turli funksiyasiga ta‘sir etadi. Jumladan, somatotrop gormoni organizmning umumiy o'sishiga ta‘sir ko'rsatadi. O'sayotgan organizmda gipofiz oldingi bo'lagi hujayralarining giperfunksiyasi tufayli o'sish gormoni me‘yoridan ortiqcha ishlab chiqarilsa, organizm haddan tashqari o 'sib ketishi mumkin. Tananing ayrim qismlari haddan tashqari o'sib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |