Yurakning qon xaydash faoliyati birin-ketin bo`shashishi (diastola) va qisqarishga (sistolaga) bog`liq.Diastola vaqtida bo`lmalar va qorinchalar qonga to`ladi, sistola vaqtida esa qon qorinchalardan yirik arteriyalarga (aorta va o`pka arteriyasiga) otilib chiqadi, Bu arteriyalar yurakdan chiqadigan joyda yarim oy qopqoqlar (klapanlar) bor, ular qonning yurakka qaytishiga yo`l qo`ymaydi. Bo`lmalar va qorinchalar o`rtasidahamikki (chap tomonda) va uch (o`ng tomonda) tavaqali qopqoqlar bor. Ana shu qopqoqlar qorinchalar sistolasida qonni qorinchalardan bo`lmalarga kaytishiga to`sqinlik qiladi. qon qorinchalarga tushishdan oldin yirik venalar orqali (kavak venalar va o`pka venasi) bo`lmalarga qo`yiladi. Bo`lmalar sistolasi tufayli qon qorinchalarga o`tadi. qon aylanishi doiralari buyicha qonning yurakka etkazib beradigan qon tomirlari venalar, deb ataladi,
qonning yurakdan chetga tarqatuvchi qon tomirlar arteriyalar deyiladi. Yurakninng muskul tolalari morfologik va funksional xossalariga ko`ra ikki turga bo`linadi:
bo`lmalar va qorinchalarni ishchi tolalari, ular yurak muskulini asosiy massasini tashqil qilib, yurakning qon xaydash faoliyatini amalga oshiradi.
Ritm etakchisi vazifasini va o`tkazish sistemasini tashqil qiluvchi atipik tolalar. Bu tolalar- qo`zg`alishni ruyobga chiqaradi va uni miokardni ishchi tolalarga o`tkazadi.
Fiziologik xossalari jixatidan yurak muskuli miokard: qo`zg`aluvchanlik, o`tkazuvchanlik qisqaruvchanlik, avtomatiya xossalariga ega. Meokardning skelet muskulidan farqi shuki, u funksional birlik (sinsitiy) dan iborat. qo`zg`alish miokardning qaysi bir nuqtasida vujudga kelmasin, butun miokardga tarqalib, tolalarni xammasini qo`zg`atadi. Buning sababi shundaki miokardning ishchi tolalari oraliq disklar – neksuslar yog`damida o`zaro bog`langan. Neksuslarning elektr oqimiga ko`rsatadigan qarshiligi juda kam. Ular orqali qo`zg`alish qarshilikka uchramay, tez tarqaladi. Shuning uchunhamyurak yakka tola singari «bor yoki yo`q» qonuniga buysunadi.
Ketma-ket yurakning ritmik qisqarishlari uning o`zida ruyobga chiqqan impulslarning natijasi xisoblanadi. Agar yurak organizmdan ajratib olinib tegishli sharoitda saqlansa ritmik ravishda kisqaraveradi. Yurakning bu xususiyati avtomatiya, deyiladi. (Langendorf tajribasi) tabiiy sharoitda ritmik impulslar ritm etakchisining maxsus hujayralarida (peysmekerda) vujudga keladi. Yurakda sinootrial tugun ritm etakchisi rolini bajaradi. Bu atipik hujayralar tuplami yuqori va pastki kavak venalar yurakka qo`yiladigan joylar oraligida joylashgan. Bu tugun 1daqiqada 70 ga yaqin impulsni vujudga keltiradi.
Kis-flek yoki sinoatrial tugun deb nomlanuvchi bu tugun yurak avtomatiyasining asosiy markazi xisoblanadi. qo`zg`alish u erdan avval bo`lmalarning ishchi miokardiga tarqaladi. qo`zg`alish atrioventrikulyar tugunga (ashof-tovar) etib kelib, shu erda bir oz vaqt (0, 02-0, 04s) to`xtalib qoladi. Atrioventrikulyar tugunhamo`ng bo`lmada, atrioventrikulyar to`siqning oddida joylashgan. Gis tutami shu erdan boshlandi. Gis tutami atrio-ventrikulyar to`siqdan utibok, ikki tarmoqqa bo`linadi. Bu tarmoqlardan biri o`ng qorinchaga, ikkinchisi chap qorinchaga boradi va Purkinye tolalari xosil qilib, ular orqali qo`zg`alishni qorinchalar miokardiga tarqatadi.
Qo`zg`alish bo`lmachalardan qorinchalarga o`tishda atrioventrikulyar tugundan utib yurakning o`tkazuvchi sistemasi buylab yuqori tezlikda (2m/s) tarqaladi. Shuning uchunhamqorinchalarning xamma qismi deyarli bir vaqtda qo`zg`alib, kisqaradi. Yurakni yavtomatiya xususiyati uning sinus tugunidan boshlanadi. Lekin yurakning avtomatik ravishda qisqarishi faqat sino-atrial tugun faoliyatigagina bog`liq emas. Yurak o`tkazuvchi tizimning boshqa qismlarihamo`z-o`zidan impuls vujudga keltirish imkoniyatiga ega. Ammo o`tkazuvchi tizimining qaysi bir qismi sino-atrial tutundan qancha uzoq bo`lsa, unda xosil bo`lgan impulslarning soni shuncha kam bo`ladi. Atrio-ventrikulyar tugun bir daqiqada 40-60 impuls vujudga keltira olsa, Gis tutami 20-40 impuls paydo qiladi. Purkenye tolalari esa faqat 20 impuls xosil qilishi mumkin. Bu xolat yavtomatiyaning pasayib borishi gradiyenti deyiladi. Xarakat potensialli nerv hujayralari, ko`ndalang targil muskullardagi kabi kardiomiositlardahammembrana potensialini tez o`zgarishidan boshlanadi. U tinchlik potensiali darajasidan (-90 mv) xarakat potensalinikiga (K,30mv) etadi. Bu tez depolyarizasiya bosqichini 1-2ms ni tashqil qiladi.
Yurakning o`tkazuvchi sistemasi faoliyatida yurak ritmi etakchisi vazifasini sino-atrial tugun bajaradi. Tinch xolatda bu tugun vujudga keltiradigan impulslar soni bir daqiqada taxminan 70ta qo`zg`alish sinoatrial tugundan bo`lmalarning ishchi miokardiga tarqaladi. Baxman tutami qo`zg`alishning o`ng bo`lmadan chap bo`lmaga tez tarqalishini ta'minlaydi. Sinoatrial tugunni atrio- ventrikulyar tugun bilan bog`lovchi atipik tolalar bor. qorinchalarga impulslar faqat bitta yo`l-Gis tutami buylab tarqalishi mumkin, chunki atri-ventrikulyar to`siqning boshqa qismlari qo`zg`aluvchan bo`lmagan biriktiruvchi to`qimadan iborat.
Qo`zg`alishlar o`tkazuvchi sistema buylab tarqalayetganda, atrio-ventrikulyar tugunga kelib, bir zum tuxtalib o`tadi. O`tkazuvchi tizimning boshqa qismlari -Gis tutami, chap va o`ng oyokchalari va ularning shoxlari -Purkinye tolalari impulslarni 2m/sga teng yuqori tezlikda o`tkazadi. Natijada chap va o`ng qorinchalar miokardi deyarli bir vaqtda kisqaradi.