Energiya almashinuvi. Tirik organizm hujayralarning asosiy xususiyatlaridan biri ulardagi energiya almashinuvidir. Organizm ovqat bilan energiyaga boy moddalarni qabul qilib, ularni ximiyaviy yo`l bilan o`zgartiradi, ya'ni energiyasi kam moddalarga aylantiradi. Bu jarayonlar natijasida ajralgan energiya organizmning turli extiyojlari uchun sarflanadi.
Masalan, almashinuv natijasida xosil bo`lgan energiya hujayralarining uz to`zilmalarini, shu bilan birga funksional kobilyatlarini saqlab turish uchun xar qaysi hujayraning o`ziga xos faoliyatini ruyobga chiqarish uchun kerak (muskulning qisqarishi, bezning shira ajratishi va x. k) bo`ladi.
Oragnizmda energiya almashinuvini miqdoriy ifodalash uchun kullaniladigan birlik kilokaloriya xisoblanadi. Bir kkal ming kalga teng, Bir (1) kaloriya esa 1 g suvni 10 C isitish uchun zarur bo`lgan energiya miqdori. Oxirgi vaqtda xalqaro birliklar sistemasiga (SI ) o`tish bilan energiyaning asosiy birligi qilib Joul (J) qabul qilindi. 1JkD Vatt . 1 sek k,2, 39. 10"4 kaloriya . 1 kkal-4, 19 kJ.
Moddlardan energiya ajralishi molekulyar kislorod sarflash yo`li bilan (ayerop almashinuv), yoki kislorodsiz sharoitda masalan, glikoliz (glyukozani sut kislotagacha parchalanishn ) yo`li bilan, ya'ni anayerob almashinuv natijasida amalga oshadi,
Organizmda eiyergiyani tuplovchi juda kulay sistema mavjud. Uning faoliyati natijasida energiyaga boy adeiozintrifosfat sintezlanadi. ATF energiyaning zaxirasi va tyshiladigan shaklidir, chunki u diffo`ziyalanib energiyaga muxtoj bo`lgan joyga etib boradi.
Ajralgan energiya organizmda qaysi ishga sarflanmasin, oxir-oqibatda u issiqlik energiyasiga aylanadi. Bu issqilik uning bevosita va bilvosita kalomotriya usullarida aniklab, organizmning energiya almapshnuvi to`g`risyda tasavvur xosil qilish mumkin.
Asosiy almashinuv tushunchasi. Odam jismonan va ruxan tinch xolatda bo`lganda (yertalab urnidan turmasdan), naxorga, ovqatlangandan keyin 12 soat utgach komfort xona haroratida (22-24° C ) aniqlangan energiya sarfi asosiy almashinuv deyiladi. Asosiy admashinuv energiyasining o`p qismi nafas muskullari, yurak, jigar buyraklarni uzluksiz ishlashiga, skelet muskullari tonusini ta'minlashga sarflanadi. Asosiy almashinuv odamning jinsiga, yoshiga, massasiga bog`liq bo`ladi, Masalan: o`rta yoshdagi (35) o`rta buyli (170 sm) o`rta vaznli (70 kg) kishining asosiy almashinuvi bir soatda 1 kg ga bir kkal (4, 2 kJ), bir kechayu kunduzda 1700 kkal (7100kJ)ga to`g`ri keladi. Ayollar uchun shu miqdor 10% kamrok bo`ladi. Demak, asosiy almashinuvni aniqlash shartlaridan ko`rinib turibdiki, jismoniy va aqliy faoliyat tashqi haroratni o`zgarishi, ovqatlanish albatta o`nga ta'sir qilishi mumkin. Ovqatni iste'mol qilish hujayralar tomonidan oziq moddalarini uzlashtirilishi modda almashinuvi jarayonlarini jadallashtirib, energiya sarfini oshiradi. Modda va energiya almashinuvining bu tarika kuchayishi ovqatning o`ziga xos dinamik ta'siri deb tushuniladi. Aralash ovqat iste'mol qilinganida energiya sarflanishi 10-15 %ga oshadi. Oqsilning o`ziga xos denamik ta'siri ayniksa katta. Oqsil iste'mol qilinganidan keyin energiya sarfi 30-40 % ko`payadi. Uglevodlar. eyilgandan keyin energiya almashinuvi faqat 4-7 % ga oshadi.
Hozirgi kunda to`g`ri ovqatlanishni tashqil qilish muammolari ancha murakkab va ko`p jixatdan etarlicha ochilmagan. Shu bois hozirgi amaliyotda kundalik ovqat miqdorini aniqlashda kamida qo`yidagi 4 ta fiziologik tamoyilga rioya qilish zarur:
Xar bir odam ovqatidagi energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoriga teng buishi kerak.
Ovqatdagi oqsil, yog va uglevodlar miqdori organizmning shu oziq moddalarga bo`lgan eng kam extiyojdan oz bo`lmasligi kerak.
Ovqatdagi vitaminlar, tuzlar, mikroyelementlar miqdorihamularga bo`lgan minimal extiyojdan kam bo`lmasligi kerak.
Ovqatdagi vitaminlar tuzlar va mikroyelementlar miqdori zaxarlovchi miqdordan kam bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |