Leykositlar. Leykositlar qonning maxsus pigmentga ega bo`lmagan yadroli hujayralaridir. Rangsiz bo`lganidan oq tanachalar deb atashadi, Sog`lom odam qonining 1mm da 4000 -9000 leykasit uchraydi. Ularning soni doimo bir xilda turmaydi. Leykositlar soni 10000 dan oshib ketganda leykositoz to`g`risida 4000 dan kamayib ketganda leykopeniya to`g`risida gap yuritish mumkin. Katta odamning Leykositlar formulasi.
Granulositlar. Agranulositlar . 1, Neytrofillar-50-70 % Limfositlar-20-40 % Eozinofillar- 1 -5 % Monositlar -2 -10 % Bazofillar - 0-1 %.
Eozinofillar oqsil tabiatli tksinlarni va yot oqsillarni parchalaydi.
Xamda zararsizlantiradi. Allergiya xolatida masalan ichakda gijja ko`payib ketganda, organizmda autoimmun jarayonlar rivojlanganda eozinofillar soni ko`payadi. qonda kortekosteroid gormonlarning miqdori oshganda eozinofillar soni kamayadi.
Bazofillar (O -1 %) protoplazmasida uchraydigan katta donalarda geparin va gistamin bor. O`tkir yallig`lanishining ryorenerativ bosqichida qondagi bazofillar oshadi. Geparin qonning mayda tomirlarda ivishiga yo`l qo`ymaydi, gistamin esa qon tomirlarini kengaytiradi . Bu esa yallig`lanish o`choqlarida surilish va bitish jarayonlariga yog`rdam beradi.
Neytrofillar (70%) koida 6-8 soat aylanib amyoba singari xarakat qilib shilliq pardalarga o`tadi. Organizmda mikroblar kirgan joyga neytrofillar to`planadi, mikroblar bilan to`qnashib ularni o`rab oladi, M: bir neyrofil 15-20 ta bakteriyani qamrab olib, lizosomasidagi fermetlar (proteza, peptidaza, dezoksirobonukleza, lipaza) yog`damida ularni hazm qilib, yo`qotib yuboradi.
Iiring - asosan neytrofillar va ularning qoldiqdaridan iborat. Neytrofillar nospesifik imunitetning eng muxim qismi. Ular mikrob va yot oqsillarga qarshi antitelolar ishlab chiqarish yoki o`z membranasiga biriktirib olish qobiliyatiga ega.
Trombositlar (qon plastinkalari)-diametri 2-5mkm bo`lgan oval shakldagi plazmatik to`zilmalar. Ko`mikda va taloqda gigant hujayralar megakariositlardan xosil bo`ladi. Trambositlarning soni (mm qonda 200-400ming dona bo`ladi, ovqat hazm bo`lishi, jismoniy ish basharti, xomiladorlik xolatlarida ularning soni ortadi. Kunduzi qonda trambositlar soni tundagidan ko`ra ko`p bo`ladi. )
Trambositlar qon ivishi jarayonida muxim rol uynaydi, Trombositlar parchalanganda iratonik(tomirni toraytiruvchi modda), gistamin (tomirni kengaytiruvchi modda) va ivish jarayonida ishtirok etadigan faktorlar ajralib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |