Vitaminlar.
Vitaminlarning o`rganilishi. Vitaminlarni moddalar va energiya almashinuvi jarayonida tutgan urni. XIX asr ikkinchi yarmi, XX asr boshlarida o`tkazilgan tajribalar organizm faoliyatlarini normal kechishini ta'minlash uchun ovqatda oqsil, yoglar, utlevodlar va tuzlardan tashqari boshqa qo`shimcha omillar bo`lishi zarurligini isbotladi. Vitaminlar ana tu omilalarning asosiysi xisoblanadi. Vitaminlar odatda, fermentlar sistemasiiing tarkibiy qismi kiradi, shu bois modda almashinuvi jarayonlarining kataliz reaksiyalarida faol qatnashadi.
Tirik organizmning vintaminlarga extiyoji juda oz-2mg dan 100 mg gacha bo`ladi. Ular energiya manbai va plastik material bo`lish vazifasini bajarmaydi. Vitaminlar ovqat bilan birga iste'mol qilinadi, Ba'zilarini yo`g`on ichak mikroflorasi sintezlaydi. Ovqatda biror vitaminning miqdori etarli bo`lmasa o`ziga xos xastalik – gipovitaminoz rivojlanadi. Vitaminlarning ovqat tarkibida mutlaq bo`lmasligi avitaminozga olib keladi. Bunda vitamin etishmovchiligiga xos bo`lgan kasallik alomatlari namoyon bo`ladi. Gipo - va avitaminoz xolatlari vitaminlar ichakda etarli miqdordaqonga surilmagandahamkelib chiqadi. Vitaminlarga bo`lgan extiyoj organizmning tez usishi va rivojlanishida, xomiladorlik davrlarilada ancha yukrri bo`ladi.
Vitaminlar ovqatlanish fiziologiyasi nuqtai nazaridan yogda va suvda eruvchi xillariga ajratiladi, buni bilishni muxim axamiyati bor.
Yog`larga boy xayvonlar maxsulotlari (jigar, balik moyi), o‘simlik yog‘lari va ba'zi sabzavotlarning barglari yog`da eruvchi vitaminlar (A, D, E va K) manbai xisoblanadi. Suvda eriydigan vitaminlar (B gurux, C va P) boshokli va dukkakli o‘simliklar maxsuloti, meva va sabzovotlarda ko`p bo`ladi. Lekin, ba'zi suvda eriydigan vitaminlarning (nikotin kislota, B2) asosii manbai xaivon maxsulotlari xisoblanadi.
Bioximiya fani vitaminlarning ximiyaviy to`zilishi va biologik ta'siri mexanizmlari bilan shug`ullanadi. Shu bois fiziologida faqat fiziologik ta'siri va etishmovchiligida rivojlanadigan organizmdagi asosii o`zgarishlar, ularning sabablari urganiladi. Biz vitaminlarning ana shu tomonlariga tuxtalib utamiz.
Suvlar eruvchi vitaminlar: B vitiamin, vitaminlar ichida birinchi kashf etilgan. Tarkibida amin guruxi borligi va xayotiy axamiyatga ega ekani sababli «vitamin» deb atalgan. Katta yoshli odam kuniga 1,4-2,4 mg vitamin B, ga muxtoj bo`ladi. Boshokli va dukkakli o‘simliklarda, jigar, buyrak va yurak to`qimalarida Bu vitamin ko`p. Vitamin B, uglevoddar, oqsillar va yoglar almashinuvida ishtirok etadi. Usish jarayoni, me'da tizimining motor va sekretor faoliyati uchun muxim. Bu vitaminning etishmovchiligi beri-beri degan kasallikka olib keladi. Uning belgilari - polinevrit (pereferik nervlarning yalliglanishi), yurak va hazm sistemasi faoliyatlarini bo`zilishidir.
Vitamin B2 -riboflavinga sutkalik extiyoji 2-3 mg. Asosii manbai: boshokli va dukkakli o‘simliklar, jigar, buyrak, yurak, go‘sht , sut, tuxumda bo`ladi. Xomila va bolaning usib rivojlanishi uchun zarur. Vitamin V2 etishmovchiligi kuz to`zilmalari va shilliq pardalar shikastlanishiga olib keladi.
Vitamin B3 -pantogen kislota. Sutkalik extiyoj 10 mg. Bu vitamin boshokli va dukkakli o‘simliklar, kartoshka, jigar, tuxum, ba'zi baliklarda ko`p bo`ladi. Yog` kislotalar, terioid gormonlar, asetilxolin va boshqa muxim moddalarning sintezi uchun zarur. etishmovchiligi - nimjonlikka, bosh aylanishiga, nevritlarga, teri va shilliq pardalar shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Vitamin B6 - piridoksin. Kundalik extiyoj 1, 5-3 mg. Asosii manbalari: boshokli va dukkakli o‘simliklar, go‘sht , balik, pishlok. qon xosil bo`lishi, fermentlar sintezlanishi va umuman oqsil almashinuvi, yoglarning jigarda tuplanib kolmasligi uchun zarur. etishmovchiligida tutkanok kasalligi va kamkrilik kelib chiqadi.
Vitamin B12 - siankobalamin. Organizm extiyoji 2 mg, Manbai balik va xayvonlar jigari. Uni vitamin B6 bilan bir ktorda ichak mikroblari sintezlaydi. qonga surilishi me'da shilliq pardasi ajratadigan mukoproteidga bog`liq. Gamopoyezga ta'sir qiladi. etishmovchigi xavfli kamqon likka olib keladi.
Folat kislota- folasin. Kuo`dalik extiyoj - 0,4-0,8 mg. Asosiy manbalari karam, pomidor, sabzi, bugdoy va arpa uni, go‘sht , jigar buyrak, tuxum. Nuklein kislota almashinuviga, hujayralar bo`linishiga ta'sir qiladi. etishmovchiligida chillashir (spru) va kamqonlik kelib chiqadi.
Vitamin PP -nekotin kislota. Kundalik extiyoj: 14-15 mg manbaalari: mol go‘sht i, jigar, buyrak, yurak to`qimalari, balik, Hujayra nafasi va oraliq almashinuvi jarayonlari uchun, hazm sistemasi faoliyatining mu'tadilligi uchun zarur. etishmovchiligi pellagra kasalligiga olib keladi.
Dermatit, diarea va dsmeyasiya yoki bsshkd mazmuni tiri yalliglanishi, ich kstar va ruxiyat o`zgarishlariga sabab bo`ladi.
Vitamin C askorbin kislota. Odam organizmi uchun eyg ko`p miqdorda zarur bo`lgan Vitamin. Kundalik extiyoj 50-100 mg. Manbaalari garimdori ukrop, kuk piyoz, pomidor, karam, limon, na'matak va boshqa o‘simliklar, jigar. Vitamin C ning axamiyati oksidlanish tiklanish jarayonlaridagi ishtirokiga bog`liq. Ichki muxitning mu'tadilligi va organizmning turli zaxarlanishlarga xamda yuqumli kasalliklarga chidamlyligi ko`p jixatdan shu Vitaminga bog`liq.
Avitaminozida zangila (singa) kasalligi rivojlanadi. qon tomirlari devori shikastlanib, mayda qon tomirlaridan (masalan, milk tomirlaridan) qon oqadi.
Yogda eruvchi Vitaminlar. Bu guruxdagi Vitaminlar soni 4 ta: bular, Vitamin A, D, E va K. Bulardan vitamin A, D asosan xayvon maxsulotlarida va yog`larida, Vitamin Eo‘simlik moylarida tuxum va ba'zi o‘simliklarni barglarida, Vitamin K esa karam, pomidor va jigarda bo`ladi. Yogda eriydigan Vitaminlarga bo`lgan kundalik extiyoj -1, 5-10mg ni tashqil qiladi.
Vitamin A -retinol, kuruv analizatori va ko`payish faoliyatiga o`ziga xos ta'sir ko`rsatadi. Bu vitaminning vazifasi usish va rivojlanishni ta'minlaydi. Vitamin A etishmovchiligi shab kurlikka va kuz sokkasi to`zilmalarining shikastlanishiga olib keladi. Katta yoshdagi odam uchun kuniga 1, 5 mg(5000 xalqaro birlik) retinol kifoya.
Vitamin D -ximiyaviy nomi kalsiferol. Bu vitamin kalsiy va fosfor almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Bolalarda bu vitaminning yetishmovchiligi raxit kasalligini rivojlantiradi. Raxitda suyaklar xosil bo`lishi, ularda kalsiy va fosfor miqdori kamayishi natijasida bo`ziladi. Kundalik extiyoj 2, 5 mikrogramm ni (100 xalqaro birlik) teng. Vitamin E-ximiyaviy nomi tokoferol. Bu vitamin hujayralardagi yoglarni oksidlanishiga qarshi qobilyatiga ega, eritrositlarni gemolizdan saqlaydi. etishmovchiligida muskul zaifligi, jinsiy faollikni susayishi kuzatiladi. Vitamin Ega bo`lgan kundalik extiyoj: -10-12 mg ga to`g`ri keladi.
Vitamin -ximiyaviy nomi tokoferol. Bu vitamin hujayralardagi yoglarni oksidlanishiga karshi ta'sir qilish kolonyagiga ega, erntrositlarni gemolizdan sakdaydi. etishmachiligida muskul zaifligi, jinsiy faollikni susayishi kuzatiladi. Vitamin Ega bo`lgan kundalik extiyoj -10-12mg ga to`g`ri keladi.E
Vitamin K -ximiyaviy nomi filoxinol. Bu vitamin protrombin va boshqa qon ivish omillari sintezlanishida ishtirok etadi va qonning ivishini normal bo`lishiga ko`maklashadi. etishmovchiligi natijasida qon ivish vaqtining uzayishi, hazm sistemasi bushliklariga va teri ostiga qon qo`yilishi mumkin.
Aytib o`tilgan vitaminlardan tashqari bir gurux vitaminsimon moddalar tafovut qilinadi, Bioflavinoidlar, inozit, karnitin, lipoy, orat, pangam, paraminobenzoy kislotalari, metil metionin, xolin shular jumlasidandir. Vitaminsimon moddalarhamalmashinuvining turli jixatlarida ishtirok etadi. Ularning etishmovchiligi ko`pgina faoliyatlarning o`zgarishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |