Isterik amneziya
Ba‘zibir bemorlarda xotiraning butunlay yo‗qolishi kuzatiladi, amneziya boshlanmasdan oldin kimligini nima ish bilan shug‗ullanganligini eslay olishmaydi. Bunday xolat odamlarda kamdan-kam bo‗ladi. Bunda odamning ruxiyatida funksional buzilish kuzatiladi. Bunday faoliyatning buzilishini isterik amneziya deb ataladi. Bu amneziya bosh miyaning organik jaroxatlanishi bilan kuzatiladigan amneziya turlaridan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi: 1) bemor o‗z shaxsini, ya‘ni kimligini, shu jumladan ismi sharifini esdan chiqaradi; 2) amneziya umumiy tavsifga ega bo‗lib, unga bemor uchun o‗ta muxim bo‗lgan signallar (masalan, avval yashagan joyga olib kelinganda, yoki o‗ziga yaqin odamlar bilan uchrashganda) umuman ta‘sir qilmaydi; 3) yangi axborotlarni juda yaxshi eslab qoladi, ammo avval bo‗lib o‗tgan xodisalarni eslashni qobiliyati butunlay yo‗qoladi.
Diqqat
Diqqat tushunchasi - odam va yuksak hayvonlarning, ayni paytda ahamiyatga molik narsa yoki hodisaga nisbatan bilim orttirish faoliyati bilan belgilanadi. Ikki guruh odamlar suhbat qurishayotgan paytda, bitta guruhning gapiga quloq solsangiz, ular nima to‗g‗risida gapirishayotganini darrov tushunasiz. SHu bilan birga, ikkinchi guruhning gapini ham eshitasizu, lekin gapning ma‘nosiga tushinmaysiz. Diqqat bir vaqtning o‗zida turli manbalardan, har xil kanallar bo‗ylab kelayotgan va biri ikkinchisiga halaqit berayotgan axborotlar ichidan hozirning o‗zida kerakli, yoki qiziqarli bo‗lganini ajratib olish imkonini beradi, ya‘ni tanlash xususiyatiga ega. SHu bilan birga, diqqat bir vaqtning o‗zida sodir bo‗layotgan voqealarni nazorat qilish imkoniyatini chegaralaydi. Diqqatni asosan bitta kanaldan kelayotgan axborotga qaratsak, boshqa kanallardan kelayotgan, juda ahamiyatli axborotlar ham nazoratdan chetda qolib ketadi. Diqqatni bitta hodisaga
qaratib turib, qolganlarini ham ma‘lum darajada nazorat qilib turish qobiliyatlarini rivojlantirish muhum ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun axborotni saralash, e‘tiborni ayni paytda o‗ta muhim bo‗lgan axborotga qaratish va boshqa kanallardan kelayotgan axborot miqdorini kamaytirish lozim. Ushbu jarayonlarning paydo bo‗lishi uchun markaziy asab tizimining tuzilishi va faollik ko‗rsatish tamoyillari imkoniyat yaratadi. Retseptorlarning axborotlarni saralashga ixtisoslashgani bizga ma‘lum. Ikkinchi darajali axborotlarni markaziy asab tizimiga o‗tishini chegaralashda afferent yo‗llarning tuzilishida uchratiladigan torayuvchi «voronka» tamoyili katta ahamiyatga ega. Bu tuzilish xususiyatlaridan tashqari, diqqat-e‘tibor hodisasida markaziy asab tizimining faoliyatidagi induksiya, to‗planish va dominanta tamoyillari muhim rol o‗ynaydi va aynan shu tufayli, diqqat juda muhim axboratlarga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |