O‟zbekiston respublikasi



Download 2,87 Mb.
bet137/222
Sana19.10.2022
Hajmi2,87 Mb.
#854186
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   222
Bog'liq
Одам анатомияси ва физиологиясиc

Ishdan maqsad: Xotira, uning turlari va diqqat fiziologiyasini o‗rganish.
Ish uchun kerakli jihоzlar: Darsliklar, ilmiy jurnallar, internet ma‘lumotlari, atlaslar.


Seminar rejasi:


  1. Xotira va uning turlari.
  2. Xotiraning buzilishi.


  3. Diqqat tushunchasi.



Nazariy tushuncha: Xotira
Ma‘lumki, xotira quyidagi bir-biri bilan uzviy bog‗liq jarayonlarga - eslab qolish, saqlash, qayta tiklash (xotiradan axborotni qaytarib olish) va tanishga asoslangan. Eslab qolish jarayonining aksi - esdan chiqarishdir. Demak, xotira tafakkur bilan uzviy bog‗liq.
Xotira markaziy asab tizimining asosiy vazifalaridan biri bo‗lib, uning mavjudligi tufayli organizm tashqi ta‘sirotlarni qabul qilib, olingan axborotlarni o‗zida saqlaydi va kerak bo‗lganda uni qayta tiklaydi. Hayot davomida orttirilgan tajriba va bilimlarni xotirada saqlashni markaziy asab tizimida yuzaga chiqadigan tuzilma - faoliy o‗zgarishlar ta‘minlaydi. O‗rganish davomida hayvonlarning miyasida RNK sintezlanishi kuchayadi, ayni paytda, miyada kichik peptidlarning miqdori oshadi va ular postsinaptik membrananing ion o‗tkazuvchanligiga ta‘sir qiladi.
Xotira mexanizmlari miya neyronlarining o‗zaro bog‗lanishlarini takomillashuvi, ular o‗rtasidagi sinapslarning faoliyatini faollashuviga ham bog‗liq. O‗zgaruvchan sharoitda o‗stirilgan
hayvonlarda, ya‘ni shu sharoitga moslashishga majbur bo‗lgan hayvonlarda miya neyronlari o‗rtasidagi sinapslarning soni ko‗payadi, postsinaptik membrana qalinlashadi, sinaptik tugunchalar kattalashadi va boshqa o‗zgarishlar paydo bo‗ladi.
Xotira qisqa va uzoq muddatli bo‗ladi. Hotiraning bir nechta tiplari mavjud: hissiy xotira - boshdan kechirilgan ilhomlanish, quvonish, qayg‗urish, qo‗rqish va boshqa shu kabi holatlar hissiyotlarini eslab qolish; harakat xotirasi - turli xildagi harakatlarni (obrazli, yoki ko‗rish, eshitish) eslab qolishda ifodalanadi; ta‘m bilish va boshqa xotiralar - jismlar obrazlarini turli sezgi a‘zolari orqali eslab qolish bilan xarakterlanadi; so‗z-mantiq xotira - so‗z orqali ifodalangan fikrni eslab qolish. har xil odamda u yoki bu tipdagi xotira ustun bo‗lishi mumkin, lekin har kimsada so‗z-mantiq xotira etakchi mavqega ega.
Ma‘lumki, xotiradagi hodisalar vaqt o‗qi bo‗ylab ularni real muddatini aks ettirishi bilan joylashadi. Retseptor hujayraning tashqi ta‘sirga elektrli javobidan so‗ng, real qo‗zg‗atuvchi bo‗lmagan paytda ham davom etadigan izli jarayonlar hosil bo‗ladi. Aynan shu jarayonlar sensorli xotiraning asosini tashkil qiladi. Sensorli xotirada izlarning saqlanish muddati 500 ms dan ortmaydi, uning o‗chirilishiga esa 150 ms vaqt kerak. Odamning sensorli xotirasi uning qudratiga bo‗ysinmaydi va uni ongli nazorat qilish imkoniyati yo‗q. Axborotni saqlash bilan bog‗liq bo‗lgan keyingi davr qisqa muddatli xotira deb nomlanadi. Ancha muxim axborot esa uzoq muddatli xotirada saqlanadi. Qisqa muddatli xotiradan uzoq muddatli xotiraga o‗tish alohida tur bo‗lmish oraliq xotiraga mos keladi.

Qisqa muddatli xotira taxminan birlamchi xotiraga to‗g‗ri keladi va uzoq vaqt davom etmaydi, uni gipoksiya, narkoz, miyaga elektr toki bilan ta‘sir qilish va boshqalar shikastlaydi. Qisqa muddatli xotiradan ba‘zi ma‘lumotlar uzoq vaqtli xotiraga o‗tkazilishi mumkin va bu tizimga o‗tkazilgan axborot oylab, yillab va ko‗pincha bir umrga saqlanadi. Ikkilamchi xotira va uchlamchi xotiralar uzoq muddatli xotiraga mos keladi. Hozir sodir bo‗lgan voqealarni eslash bilan, uzoq o‗tmishdagi voqealarni eslash o‗rtasidagi juda ham katta farq bor. Birinchisi, tezda esga tushadi,


ikkinchisini eslash ancha qiyin, vaqt talab qiladi. Axborotlarni uzoq muddatli xotiraga o‗tkazish juda murakkab jarayon. Qisqa muddatli xotiraning hajmi juda ham oz bo‗lib, bir necha saqlanish birligini tashkil qilsa, uzoq muddatli xotirada saqlanadigan axborotning hajm chegarasi milliardlab saqlash birligiga teng, lekin shunga qaramasdan, kerakli axborot anchagina tez topiladi.
Uzoq muddatli xotira sinapslarning o‗tkazuvchanligiga bog‗liq. O‗rgatish jarayoni sinapslarda faol xolinoretseptorlarning sonini ko‗paytiradi, po‗stloq neyronlarning atsetilxolinga sezgirligini kuchaytiradi. Bu eslab qolishni yaxshilaydi. Atsetilxolinning antogonistlari xotirani shikastlab, xotirani yo‗qolishga (amneziyaga) olib keladi.
Uzoq muddatli xotira mexanizmlarida katexolaminergik va serotoninergik tuzilmalar ham ishtirok qiladi. Noradrenalin shartli signal yuzaga chiqargan qo‗zg‗alish vaqtini uzaytiradi va shu yo‗l bilan tezlashtirib, hosil bo‗lgan ko‗nikmalarning xotirada saqlanishini ta‘minlaydi.
YUqoridagilarning barchasida obrazlarni, jismlarni va hodisalarni muhrlanib qolishi sodir bo‗ladi va u, o‗z tarkibiga 3 davrni: engrammani shakllantirish, yangi axborotni turiga qarab bo‗lish va ajratish, shakllantirish uchun muxim axborotni uzoq muddat saqlashni qamrab oladi.
Uzoq muddatli xotira asosida bosh miyaning tizimli va hujayra darajalaridagi juda murakkab tarkibiy-kimyoviy o‗zgarishlari yotadi.
Xotiraning fazaligi (qisqa va uzoq muddatligi); uning jarayonlari (eslab qolish, saqlash, qayta ishlash va tanish); tiplari (hissiy, harakatli, obrazli, so‗z-mantiqi kabi barcha xususiyatlari), vaqtli aloqalarning shakllanishi va saqlanishi natijasi sifatida reflektorli nazariya bilan izohlanishi mumkin. Lekin, xotiraning ichki mexanizmlarini to‗liq tushuntirish uchun neyrofiziologik, biofizik va neyrokimyoviy tadqiqotlarni xali davom ettirish lozim.



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish