Mehmonxonada xizmatlar sifatini boshqarish mexanizmi
Zamonaviy mehmonxona kompleksida sifatni boshqarish ishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bilan sifat boyicha boshqaruvchining xizmati shugullanadi.
Sifat boyicha boshqaruvchi mijozlarga korsatilayotgan xizmatlarning sifati, uning texnologik standartlar va sanitariya normalariga muvofiqligi ustidan kundalik nazoratni amalga oshiradi. U bosh direktor oldida hisobdor bolib, oz faoliyatini mehmonxonaning boshqa bolimlari rahbarlari bilan yaqin aloqada amalga oshiradi. Sifat boyicha boshqaruvchi bolimlarning rahbarlari va xodimlarga bergan korsatmalar ijro etish uchun majburiydir.
Sifat boyicha boshqaruvchi kadrlar bolimi, mehmonxona boshqa bolimlarining rahbarlari bilan hamkorlikda xodimlarni oqitib-orgatish va ularni
qayta tayyorlashni amalga oshiradi, marketing xizmati bilan hamkorlikda esa yangi mehmonxona va restoran xizmatlari, texnologiyalarini kuzatib boradi va amalga joriy etishga tavsiya qiladi, mehmonxona korxonasining strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etadi. Bu ishga mustaqil ekspertlar, maslahat va talim firmalari jalb qilinadi.
Sifat boyicha boshqaruvchining xizmati marketing bolimi hamda mehmonxonaning boshqa bolimlari bilan hamkorlikda sifatni oshirish dasturini, shuningdek xizmatlar tashkil etilishi va korsatilishini nazorat qiluvchi tizimlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Sifat boyicha boshqaruvchi mehmonxona kompleksining umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yangi menyu, vino kartalari va xizmat korsatish texnologiyasini ishlab chiqish bilan shugullanadigan kulinariya kengashi ishida ishtirok etadi.
Rasmdan korinib turganidek, sifat boyicha boshqaruvchining xizmati mehmonxonada xizmat korsatishning tashkil etilishi va sifatini yaxshilashga yonaltirilgan surunkali va rejali ish olib borish uchun joriy etiladi.
Mehmonxonada toxtagan mehmonlarning shikoyat va takliflarini tahlil qilish sifat xizmati ishining muhim tarkibiy qismidir. Xizmatga mehmonlarning mehmonxona faoliyati haqidagi fikr-mulohazalari ifodalangan sorovnomalar kelib turadi. Shikoyat va takliflar daftari har kuni kozdan kechiriladi, tegishli xulosalar chiqariladi. Mehmonlarning ogzaki va yozma shikoyatlari bilan ishlash sifat xizmati rahbarining doimiy nazorati ostida turadi.
Sifat boyicha boshqaruvchining xizmatiga, qoida tariqasida, mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish organlari, sanitariya va savdo inspeksiyasi bilan aloqa qilish vazifasi yuklanadi. U mazkur organlarning vakillari otkazadigan tekshiruvlarda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |