O‘zbekiston respublikasi



Download 1,08 Mb.
bet32/127
Sana05.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#742054
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   127
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligini boshqarish O\'quv qo\'llanma Toshkent 2019

Boshqaruvning funksional tashkiliy tuzilmasi. Funksional boshqarish chiziqli boshqaruv tizimida qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan muayyan ishlarni bajarishga ixtisoslashgan bo‘limlar tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda muayyan funksiyalarni bajarish mutaxassislar zimmasiga yuklanadi. Mehmonxonada, qoida tariqasida, bir soha mutaxassislari tarkibiy bo‘limlarga birlashtiriladi, masalan, marketing bo‘limi, qabul qilish va joylashtirish bo‘limi, reja bo‘limi va h.k. Shunday qilib, mehmonxonani boshqarishning umumiy vazifalari, o‘rta bo‘g‘indan boshlab, funksional mezonga ko‘ra ajratiladi. Shuning uchun ham mazkur tuzilma boshqaruvning funksional tuzilmasi deb ataladi. Funksional
boshqarish chiziqli boshqarish bilan yonma-yon amal qiladi va bu ijrochilar ikki tomonga bo‘ysunishiga olib keladi.
Rasmdan ko‘rinadiki, boshqarishning barcha funksiyalarini bilishi va bajarishi lozim bo‘lgan universal menejerlar o‘rniga o‘z sohasida yuqori malakaga ega bo‘lgan va ma’lum yo‘nalish (masalan, rejalashtirish va prognoz qilish) uchun javob beradigan mutaxassislar shtati paydo bo‘ladi. Boshqaruv apparatining bunday ixtisoslashuvi mehmonxona faoliyatining unumdorligini oshiradi. Chiziqli tuzilma singari, funksional tuzilmaning ham o‘ziga xos ijobiy tomonlari va kamchiliklari bor.
Funksional tuzilmaning ijobiy tomonlari:

  1. muayyan funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradigan mutaxassislar yuqori malakaga ega bo‘ladi;

  2. pog‘ona menejerlari ayrim maxsus masalalarni hal qilishdan ozod etiladi;

  3. hodisalar va jarayonlar standartlashtiriladi, formallashtiriladi va dasturlashtiriladi;

  4. boshqaruv funksiyalarni bajarishdagi takrorlanishlarga va parallelizmga chek qo‘yiladi;

  5. keng soha mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi. Funksional tuzilmaning kamchiliklari:

  1. funksional bo‘limlar o‘ziga topshirilgan funksiyalarni sifatli bajarishdan manfaatdor bo‘lib, «begona» funksiyalar uchun ham, butun korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi;

  2. turli funksional bo‘limlar o‘rtasida muttasil aloqa o‘rnatish qiyinlashadi;

  3. haddan tashqari markazlashish holatlari vujudga keladi;

  4. qarorlar qabul qilish taomillari uzayib ketadi;

  5. tashkiliy tuzilma o‘zgarishlarga moslashishi ancha qiyin kechadi. Boshqarishning chiziqli-funksional tuzilmasi chiziqli tuzilmaning ham,

funksional tuzilmaning ham kamchiliklarini ancha bartaraf etadi.
Mehmonxonani boshqarishning chiziqli-funksional (shtabli) tuzilmasi.
Boshqarishning mazkur tuzilmasida butun hokimiyatni ma’lum jamoani
boshqaruvchi pog‘ona rahbari o‘z zimmasiga oladi. Muayyan masalalarni echishda va tegishli qarorlar, dasturlar, rejalarni tayyorlashda unga funksional bo‘limlar (boshqarmalar, xizmatlar, byurolar va h.k.)dan tashkil topgan maxsus apparat yordam beradi.
Bu holda bo‘limning funksional tuzilmalari bosh pog‘ona rahbariga bo‘ysunadi. O‘z qarorlarini ular yo bosh rahbar orqali, yo (o‘z vakolatlari doirasida) bevosita ijrochi xizmatlarning tegishli rahbarlari orqali amalga oshiradi. Shunday qilib, chiziqli-funksional tuzilma pog‘ona rahbarlari qoshidagi maxsus bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Chiziqli-funksional tuzilma ham o‘z ijobiy tomonlari va kamchiliklariga ega.
Chiziqli-funksional tuzilmaning ijobiy tomonlari:

  1. xodimlarning ixtisoslashuvi bilan bog‘liq qarorlar va rejalar puxtaroq

tayyorlanadi;

  1. bosh pog‘ona menejeri muammolarni mufassal tahlil qilishdan ozod etiladi;

  2. maslahatchilar va ekspertlar jalb qilinishi mumkin. Chiziqli-funksional tuzilmaning kamchiliklari:

  1. ishlab chiqarish bo‘limlari o‘rtasida gorizontal darajada yaqin aloqalar mavjud emas;

  2. javobgarlik yetarli darajada aniq belgilanmagan, chunki qarorni tayyorlovchi, qoida tariqasida, uni amalga oshirishda qatnashmaydi;

  3. vertikal aloqalar tizimi haddan tashqari rivojlangan, ya’ni haddan tashqari

markazlashish holatlari mavjud.

    1. Download 1,08 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish