Boshqarish nazariyasi asosini tashkil etgan qonun-qoidalar xususiyatiga bogliq
ravishda xorijiy boshqaruv maktablari turlicha guruhlarga bolinadi. Ular jumlasiga:
-boshqaruvning «klassik» maktabi yoki «ilmiy menejerizm» maktabi;
-«insoniy munosabatlar» maktabi;
-boshqaruvning «emperik» maktabi;
-«ijtimoiy tizimlar» maktabi;
-boshqaruvning «yangi» maktabi kiiradi.
Klassik maktab namoyondalari amerikalik muhandis va tadqiqotchi F. Teylor, fransuz olimi A.Fayol, ingliz L.Urvin, nemis iqtisodchilari M.Veber, G. Ford, G.Emersonlardir7.
Boshqaruvning klassik maktabi tort muhim unsur - mehnat taqsimoti, boshqaruv tabaqalanuvi va kop boginliligi, tashkil etish tarkibi, boshqaruvning mumkin bvlgan chegaralarini organadi.
Shunday qilib, boshqaruvning «klassik» maktabi uning insonning turli-tuman faoliyatini boshqarishga qollash mumkin bolgan tamoyillarini asoslab berishga harakat qilgan. U boshqaruvni tashkil etishning qator tamoyillarini organgan. Bu maktab xaqiqiy ilmiy boshqaruv nazariyasi darajasiga kotarila olmadi.
«Klassik» maktabga xos bolgan inson omilini hisobga olmaslik, kishilar faoliyati sabablarini soddalashtirilgan nuqtai nazaridan yondoshish amerika boshqaruv nazariyasida yangi yonalish - «inson munosabatlari» maktabi vujudga
7http://hozir.org/
kelishiga sabab boldi. Bu yonalishning asoschilari - amerikaliklar E.Meyo, F.Rotlisberger, Dj. Lizli va boshqalardir.
Garvard universiteti professori E.Meyo «inson munosabatlari» nazariyasini ilgari surdi. Uning goyalarining mohiyati shundaki, mehnat jarayonida psixologik va ijtimoiy omillar yetakchi ahamiyatga ega. Shu sababli, Meyo fikriga binoan, ishlab chiqarish va boshqaruvning barcha muammolariga inson munosabatlari nuqtai nazaridan qarash lozim. Bu nazariya insonning malum ijtimoiy va psixologik ehtiyojlarini qondirish yoli bilan uni yanada unumli mehnat qilishi mumkin degan goyaga asoslangan.
Bu maktabning yana bir namoyondasi D.Mak Gregor boshqaruvni tashkil etishga 2 xil yondashuv mavjud:
-majburlash va ragbatlantirish usullari;
-tashabbuskorlik va mustaqilliikni iloji boricha namoyon qilish uchun sharoit yaratish
Lekin, bu nazariyaning asosiy jihati shundaki, «inson munosabatlari» maktabi vakillari ijtimoiy muammolarni butun jaiyat miqyosida emas, balki alohida korxona miqyosida hal etadilar. Mehnatkashlar ijtimoiy ahvoliga kompleks ravishda hal etilish lozim bolgan ijtimoiy-iqtisodiy muammo sifatida emas, balki kishilarning guruhiy munosabatlari sifatida qaralgan.
«Emperik» (pragmatik) maktab menejment zarurligini umuman inkor etib, ochiq emperzmni targibot qiladi. U boshqaruvning maqsadi - rahbarlik qilish boyicha ijobiy tajriba va anq xatolarni organishdan iborat, deb takidlaydi. Bu maktab vakillari kamroq nazariy maslahatlar berib, koproq aniq vaziyatlarni tahlil etish bilan shugullanish kerak deydilar, albatta, tajriba organish juda muhim. Lekin faqat amaliyotga asoslanib menejmentni shakllantirish mumkin emas «Emperik» maktabning eng yorqin namoyondalari - T.Draker, R.Devis, L.Nyuman, D.Miller va boshqalardir.
Yuqorida sanab otgan xorijiy boshqaruv maktablarining eng asosiy kamchiligi har tomonlama chuqur organilmaganligidir. Bu yangi yonilish «Ijtimoiy tizimlar»
maktabi vujudga kelishiga turtki boldi. Uning eng taniqli namoyondalari D.March, G.Saymon, A.Etsioni va boshqalardir. «Ijtimoiy tizimlar»maktabi «inson munosabatlari» maktabi xulosalariga asoslanib, korxonaga ozaro bogliq va ozaro tasir korsatuvchi omillar majmuidan iborat kompleks tizim sifatida qarab, inson bu omillarni biri deb hisoblaydi.
Umuman, tort talimot maktabining boshqaruv fikrining rivojlanishiga
qoshgan hissasi quyidagilar:
A.Ilmiy boshqaruv talimot maktabi:
vazifalarni bajarish uchun eng yaxshi uslublarni aniqlashda ilmiy tahlildan foydalanish;
vazifalarni bajarish uchun eng mos keladigan xizmatchilarni tanlash va ularni
orgatish;
v)oz vazifalarini samarali bajarishi uchun xizmatchilarni kerakli resurslar bilan
taminlash;
g)ish unumdorligini oshirishda moddiy rag`batlantirishdan tizimli yondashuv asosida va togri foydalanish;
d)rejalashtirish va fikr yuritishni ish bajarishdan ajratish. B.Mumtoz (klassik) boshqaruv talimot maktabi:
boshqaruv tamoyillarining rivojlanishi;
boshqaruv vazifalarini tariflash;
v) mehmonxonani boshqarishga tizimli yondashuv.
Insonlar orasidagi munosabat talimot maktabi va xatti-harakat haqidagi
fanlar talimot maktabi:
shaxslararo munosabatlar uslubini qollab qoniqish darajasi va unumdorlikni oshirish;
insonlar orasidagi munosabat fanlarini boshqaruv va mehmonxona shakllanishida qollash.
Ilmiy boshqaruv talimot maktabi:
modellarni qollab murakkab boshqaruv muammolarini anglash;
murakkab vaziyatlarda qaror qabul qiluvchi rahbarlarga yordam beruvchi miqdoriy usullarni rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |