Bog'liq Mehmonxona xo\'jaligini boshqarish O\'quv qo\'llanma Toshkent 2019
Qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish, ijrosini taminlash va
nazorat qilish
Qarorlar qabul qilish jarayonining mazmuni, eng avvalo,, yuzaga kelgan muammoning murakkabligiga bogliq boladi. Misol uchun, agar orniga odam topish mumkin bolgan xodim qoqqisdan tobi qochib qolgan bolsa, bu hech qanday muammo tugdirmaydi, ammo mehmonxona xizmatlari bozorida marketing vaziyatining ozgarishi ancha murakkab muammoni vujudga keltiradi.
Har qanday holatda qaror qabul qilish jarayonida menejer quyidagi savollarga javob topishi talab etiladi: Nima qilish kerak? Qanday qilish kerak? Ishni kimga topshirgan maqul? Qancha vaqtda bajarish mumkin? Bu qanday natija beradi?
Qarorlar qabul qilish jarayoni bosqichlarining soni masalasi bahsli masala bolib, uni turli menejerlar har xil yol bilan hal qiladilar. Bu rahbarning malakasiga, vaziyatga, rahbarlik uslubiga va tashkiliy madaniyatga bogliq boladi. Har bir menejer qaror qabul qilishning har bir uslubi va taomilining kuchli va kuchsiz tomonlarini tushunishi, vaziyatdan, shuningdek oz boshqarish uslubidan kelib chiqib, eng oqilona variantni tanlay olishi muhimdir.
Har qanday, hatto eng sodda qarorni qabul qilish ham tegishli (moddiy, ijtimoiy va b.) xarajatlarni taqozo etadi. Shu bois, menejer birinchi navbatda qaror qabul qilish shartmi yoki maslahat, taklif bilan kifoyalanish mumkinmi degan masalani ozi uchun hal qilishi lozim.
Boshqaruv qarori qabul qilishga nisbatan klassik yondashuv muayyan taomilga rioya qilish va quyidagi majburiy amallarni bajarishni nazarda tutadi:
muammoni aniqlash;
cheklashlarni va muqobillarni aniqlash;
qaror qabul qilish;
qarorni amalga oshirish;
qarorning ijro etilishini nazorat qilish.
Muammoni aniqlash. Har qanday qaror zamirida hal qilishni talab etuvchi muammoli holat yotadi. Ushbu bosqichda menejerning vazifasi muammoli holatni tahlil qilish, yani «kasallik» simptomini aniqlash, ish va maqsadlarning holatini organish, qaror mezonlarini dastlabki tarzda tariflashdan iborat. Xullas, muammoni aniqlash jarayoni uni topish va unga baho berishni oz ichiga oladi.
Muammoni topish belgilangan rejadan ogish holati yuzaga kelganligini tushunish. Menejer muammoning mavjudligi haqida oz kuzatuvlaridan, axborot tahlilidan, jamoatchilik fikridan, boshqa menejerlar va xodimlar fikridan xabar topishi mumkin.
Muammoga baho berish muammo kolami va tabiatini aniqlash. Muammo kolamini aniqlash deganda uning sababi va manbaini topish tushunilmaydi. Bu erda faqat muammoning ogirlik darajasi va uni hal qilish yollariga baho berish togrisida soz yuritilmoqda.
Cheklashlar va muqobillarni aniqlash. Muammoning yuzaga kelish sabablari mehmonxona doirasidan tashqarida (tashqi muhitda) bolishi mumkin. Bunday cheklashlar oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyatini cheklaydi, shu bois ularning manbai va mohiyatini aniqlash va muammoning sabablarini bartaraf etish imkonini beruvchi harakatlarni belgilash lozim. Muqobillarni qidirishdan oldin oqilona qaror qabul qilish mezonlarini aniqlab olish kerak, bu qaror qabul qilishda xatoga yol qoymaslik imkonini beradi.
Qaror qabul qilish. Ushbu bosqichda qaror variantlari ishlab chiqiladi, ularga baho beriladi va eng yaxshi natija beruvchi muqobil tanlab olinadi, yani har bir variantning afzalliklari va kamchiliklari solishtiriladi. Menejer qaror qanday
(iqtisodiy va ijtimoiy) samara beradi, xodimlar mazkur qarorni bajarishga ichdan rozi boladimi, u qanday oqibatlarga olib keladi, degan savollarga javob berishi lozim.
Qarorni qabul qilish. Jarayon qaror variantini tanlash bilan yakunlanmaydi, zero, pirovard maqsadlarga erishish uchun qabul qilingan qaror amalga oshirilishi lozim. Amalga oshirish bosqichida qarorni muayyanlashtirish va ijrochilarga etkazish chora- tadbirlari koriladi. Boshqaruv qarorini amalga oshirish rejasi tuzilishi, unda muammoni kim, qachon, qayerda va qaysi vositalar bilan hal qilishi lozimligi nazarda tutilishi kerak.
Qarorning ijro etilishini nazorat qilish. Qaror amalga kiritilganidan keyin ham uni qabul qilish jarayoni tola tugallangan deb hisoblanishi mumkin emas, chunki qabul qilingan qaror rejali tarzda amalga oshirilayotgani haqida axborot olish lozim. Nazorat jarayonida rejadan ogish holatlari aniqlanadi va qarorni tola amalga oshirishga yordam beruvchi tuzatishlar kiritiladi. Nazorat yordamida boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar ortasida teskari aloqa ornatiladi.
Qarorlarning bajarilishini tashkil etish juda ogir vazifalardan biridir. U odamlarni, ularning imkoniyatlari va kuchini, qarorni bajarish uchun zarur vosita va usullarni bilishni taqozo etadi. Qarorlarning bajarilishini tashkil etish rahbarning boshqaruv siklini yakunlovchi oziga xos faoliyatidir. Agar qarorni tayyorlash va qabul qilish bosqichida rahbar narsalar va hodisalarning ideal ifodasi bilan yuzma- yuz kelsa, qarorning bajarilishi tashkil etish jarayonida u kopincha ideal holatdan jiddiy farq qiladigan real holat bilan toqnashadi.
Narsalar va hodisalarni fikran boshqaruvchi tajribasiz rahbar ideal tasavvurlarni boshqarishning osonligiga organib qoladi va buni ongsiz tarzda real holatga ham otkazadi. Bunday boshqarish natijasida u qabul qilgan qarorlarni bajarishga xodimlarning qurbi etmaydi va qarorlar amalda bajarilmay qoladi. Bu yerda rahbar oz faoliyatini emas, balki boshqa odamlarning mehnatini tashkil etishini nazarda tutish kerak.
Qarorlarni bajarish jarayonini ham tashkil etish lozim. Ijrochilar qabul qilingan qarorga muvofiq muayyan ishlarni kim, qaerda, qachon va qanday usulda amalga
oshirishi kerakligi haqida aniq axborot olishlari lozim. Qarorni amalga oshirish rejasi ishlab chiqilishi, unda qaror maqsadlariga mumkin qadar kam xarajatlar bilan erishish imkonini beruvchi chora-tadbirlar tizimi nazarda tutilishi kerak.