Bog'liq Mehmonxona xo\'jaligini boshqarish O\'quv qo\'llanma Toshkent 2019
Boshqaruv qarorlarining tasnifi
Boshqaruv qarorlarini tasniflashning boshqa mezonlari ham mavjud:
qaror natijalarining amal qilish muddatiga qarab: uzoq, orta va qisqa muddatli qarorlar;
qabul qilishning takroriyligiga qarab: bir martalik (tasodifiy) va takrorlanuvchi qarorlar;
qamrov darajasiga qarab: umumiy (barcha xodimlarga tegishli) va maxsus (muayyan sohaga tegishli) qarorlar;
tayyorlash shakliga qarab: yakkaboshchilik qarorlari, gruppaviy va jamoaviy qarorlar;
murakkablik darajasiga qarab: sodda va murakkab qarorlar;
tartibga solish xususiyatiga qarab: konturli, strukturalashtirilgan va algoritmik qarorlar. Konturli qarorlar qol ostidagi xodimlarning ish sxemasini taxminiy belgilaydi va qarorlarni amalga oshirish usullari va uslublari tanlashda ularga erkinlik beradi. Strukturalashtirilgan qarorlar qol ostidagi xodimlarning qatiy tartibga solingan harakatlarini nazarda tutadi. Ular faqat ikkinchi darajali masalalarni hal qilishda tashabbus korsatishlari mumkin boladi. Algoritmik qarorlar qol ostidagi xodimlar faoliyatini ota qatiy tartibga soladi va ular tomonidan tashabbus korsatilishini deyarli istisno etadi.
M.Meskon, M.Albert va F.Xedouri taklif qilgan boshqaruv qarorlari tasnifi ham diqqatga sazovordir. Ular tashkiliy, intuitiv va oqilona qarorlarni ajratadilar. Tashkiliy qaror deganda rahbar ozi egallagan lavozim bilan belgilangan majburiyatlarni bajarish uchun tanlashi lozim bolgan qaror tushuniladi. Tashkiliy qarorning maqsadi mehmonxona oldiga qoyilgan vazifalar sari harakat.
Tashkiliy qarorlar dasturlashtirilgan va dasturlashtirilmagan boladi. Dasturlashtirilgan qarorda muqobil variantlar soni cheklangan bolib, mehmonxona belgilagan yonalishlar doirasida ulardan eng maqulini tanlash talab etiladi. Dasturlashtirilmagan qarorlar yangi vaziyatlarda qabul qilinadi. Ular ichdan strukturalashtirilmagan yoki nomalum omillar bilan bogliq boladi. Mehmonxona maqsadini tanlash, mahsulotni yaxshilash, tuzilmani takomillashtirish bilan bogliq qarorlar shular jumlasidandir.
Mohiyat etiboribilan, tashkiliy qarorlar qabul qilish jarayoni mehmonxonani boshqarish jarayoni bilan chambarchas bogliq. Intuitiv qarorlarni menejer intuitiv tarzda qabul qiladi. Bunday qarorlar qabul qilishga odatda boshqaruv tajribasi katta menejerlar moyildirlar.
Mehmonxona kompleksiga tatbiqan boshqaruv qarorlarini tasniflashning quyidagi mezonlarini qayd etish mumkin:
strukturalashtirilganlik darajasiga qarab (dasturlashtirilgan va dasturlashtirilmagan qarorlar);
mazmuniga qarab (yuridik, iqtisodiy, texnik va b.);
qaror qabul qilishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga qarab (gruppaviy va individual);
boshqarish darajasiga qarab (oliy, orta, quyi);
maqsadlar miqdoriga qarab (bir maqsadli va kop maqsadli).