Mehmonxona kadrlarini oqitish va rivojlantirish
Mehmonxonalarda talim olishga ehtiyoj mavjud bolib, u xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ham qamrab oladi. Xodimga talim berishni rejalashtirish korxona ichidagi, undan tashqaridagi talim va mustaqil tayyorgarlik korishni oz ichiga oladi. Xodimga talim berishni rejalashtirish ishlovchilarning oz ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish, tashqi mehnat bozoridan yuqori malakali kadrlar izlamaslik imkonini beradi.
Bundan tashqari, bunday rejalashtirish xodimning harakatchanligi va ozini-ozi boshqarishi uchun shart-sharoitlar yaratib beradi. U xodimning ishlab chiqarishdagi ozgargargan sharoitga osha ish ornining ozida moslashuvi jarayonini tezlashtiradi. Amaliyotda mehmonxona xodimini oqitish(talim berish)ning ikki shakli mavjud: ish ornida va undan tashqarida talim berish.
Ish orinda talim berish ancha arzonga tushadi va tezkorlik bilan ajralib turadi. U kundalik ish bilan bogliq bolib, xodimning talim jarayoniga kirishini osonlashtiradi, bu ayniqsa auditoriyalarda talim olishga organmagan xodimlar uchun qulaydir.Ish ornidagi talimning muhim usullari topshiriqlarning murakkablashtirib borilishi usuli, ish ornini almashtirish, tajriba hosil qilish, ishlab chiqarish yol-yoriqlari berish, xodimlarning assistentlar sifatida ishlashini yolga qoyish, bir qism vazifalarini va javobgarligini boshqalarga berishdir.Ish joyidan tashqarida talim berish ancha samarali hisoblanadi, lekin u qoshimcha moliyaviy xarajatlar bilan va xodimni xizmat vazifalarini bajarishdan chalgitish bilan bogliqdir. Bunda muhit ongli ravishda ozgartiriladi va xodim kundalik ishdan uzilib qoladi.
Ish joyidan tashqarida talim berishning muhim usullari: maruzalar oqilishi, ishbilarmonlik oyinlari otkazish, aniq ishlab chiqarish vaziyatlarini tahlil qilish, konferensiya va seminarlar otkazish, tajriba almashish guruhlarini tashkil etish, sifat togaraklarini tashkil qilishdan iborat.
Xodimga sarflanadigan xarajatlar mehmonxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy korsatkichlarini ishlab chiqish uchun asos bolib xizmat qiladi. Xodimga
sarflanadigan xarajatlar ulushi mahsulot tannarxida ortib boradi, bu esa quyidagi
omillar bilan bogliqdir:
-mehnat unumdorligi bilan xodimlarga sarflanadigan xarajatlar ortasida bevosita bogliqlikning yoqligi;
-xodimning malakasiga tobora yuqoriroq talablar qoyadigan yangi texnologiyalarning joriy qilinishi;
-mehnat huquqi sohasidagi qonunlarning ozgarishi, yangi tariflarning paydo bolishi, eng zarur tovarlar (kundalik ehtiyoj uchun kerak boladigan) narxlarining ortishi.
Xodimga sarf etiladigan xarajatlarni rejalashtirishda birinchi navbatda xarajatlarning quyidagi moddalarini nazarda tutish zarur:
-asosiy va qoshimcha ish haqi, ijtimoiy sugurtaga mablalar ajratish, xizmat safarlari chiqimlari; kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish xarajatlari;
-umumiy ovqatlanish uchun qoshimcha haq tolash, uy-joy maishiy xizmat korsatish, madaniyat va jismoniy tarbiya, sogliqni saqlash va dam olish, bolalar muassasalari bilan taminlash, maxsus kiyim boshlar bilan taminlash. Shuningdek, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnat qilish uchun yanada shart- sharoitlarni yaratish (mehnat psixofiziologiyasi va ergonomikasi, texnika estetikasi talablariga rioya qilish) mehmonxonada soglom-psixologik vaziyatni vujudga keltirish xarajatlari, ishchi orinlarini tashkil etish xarajatlari.
Agar kadrlar qonimsizligi katta bolsa, u holda yangi ishchi kuchini izlash, unga yol-yoriqlar berish va ishni ozlashtirish bilan boglangan qoshimcha xarajatlar paydo boladi. Kadrlar qonimsizligi yuqori bolgan taqdirda ishdan tashqari vaqtlarda qilinadigan mehnatga haq tolash miqdori ortadi, yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarish va bekor turib qolishlar kopayadi, kasallanish, ishlab chiqarishda shikastlanish darajasi ortadi, erta nogiron bolib qolish boshlanadi. Bularning hammasi xodim bilan bogliq boladigan xarajatlarni oshiradi, mahsulot
tannarxining kotarilishi va uning raqobatga bardosh berishi darajasini pasaytirishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |