Bog'liq Mehmonxona xo\'jaligini boshqarish O\'quv qo\'llanma Toshkent 2019
Mehmonxona xojaligida kadrlarni rejalashtirishning asosiy turlari va
bosqichlari. Xodimga bolgan ehtiyojni rejalashtirish kadrlarni rejalashtirish jarayonining boshlanich bosqichi hisoblanadi va mavjud ish orinlari va rejalashtirilgan ish orinlari togrisidagi malumotlarga, tashkiliy-texnik tadbirlar otkazishga, shtat jadvali va bosh lavozimlarni egallash rejasiga asoslanadi. Har bir aniq holatda xodimga bolgan ehtiyojni aniqlashda tegishli bolinmalar rahbarlarining ishtirok etishi tavsiya etiladi.Xodimni jalb qilishni rejalashtirishning vazifasi ichki va tashqi manbalar hisobiga kelgusiga kadrlarga bolgan ehtiyojni qondirishdan iboratdir.
Mehmonxonalarda xodim bilan ishlash muammolaridan biri kadrlarni jalb qilish paytidagi mehnatga konikishini boshqarishdir. Xodimning mehmonxona bilan ozaro hamkorligi jarayonida ularning ozaro moslashuvi vujudga keladi, uning
21www.ziyonet.uz/uploads/books/.../5497a13e8b21a.docx
asosini xodim tomonidan sekin-asta mehnatning yangi kasbiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlariga kirib borishi tashkil etadi.Konikishning ikki yonalishi ajratib korsatiladi:
boshlangich konikish, yani kasb faoliyati tajribasiga ega bolmagan yosh kadrlarning moslashuvi (mazkur holda gap oquv yurtlarining bitiruvchilari haqida boradi);
ikkilamchi konikish, yani kasb faoliyati sohasida tajribaga ega bolgan xodimlarning moslashuvi (odatda bular faoliyat obyektini ozgartiruvchilar yoki masalan, rahbar lavozimiga otganda kasbiy rolini ozgartirganlar).
Mehnat bozori faoliyat korsatayotgan sharoitda ikkilamchi konikishning ahamiyati ortadi. Bunda yosh xodimning birlamchi konikishiga katta etibor berayotgan xorijiy firmalarning ish tajribasini diqqat bilan organish zarur. Xodimning mazkur toifasi mehmonxonalar mamuriyati tomonidan alohida gamxorlik korsatishga muhtoj boladilar.
Xodimni ozod qilish yoki qisqartirishni rejalashtirish kadrlarni rejalashtirishda muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish yoki boshqarishning ixchamlashuvi natijasida ishchi kuchining ortiqchaligi vujudga keladi. Xodimni ozod qilishni rejalashtirish tashqi mehnat bozoriga malakali kadrlarni berib yuborish va mazkur xodimlar uchun ijtimoiy qiyinchiliklar vujudga keltirishga barham berish imkonini tudiradi.Xodimni boshqarish sohasidagi mazkur faoliyat keyingi vaqtlargacha amalda vatanimiz mehmonxonalarida rivojlanmadi.
Ishdan boshayotgan xodim ishlarini rejalashtirish boshash turlarini tasniflashga asoslanadi. Tasniflash mezoni sifatida xodimning mehmonxonadan oz ixtiyori bilan ketish darajasi hisoblanadi:
-xodim tashabbusi, yani oz ixtiyori bilan;
-ish beruvchi yoki mamuriyatning tashabbusi bilan;
-pensiyaga chiqishi munosabati bilan.
Mehmonxonadan ketish singari voqeaning muhimligi tufayli boshovchi xodimlar bilan ishlashda xodimni boshqarish xizmatlarining asosiy vazifasi mana shu
boshqa ishlab chiqarish, ijtimoiy, shaxsiy vaziyatga otishni iloji boricha yumshatishdan iboratdir. Bular ayniqsa boshashlarning keyingi ikki turiga taalluqlidir.
Pensiyaga chiqish oqibatida mehmonxonadan ketish boshashlarning avvalgi turlaridan farq qiladigan bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi. Birinchidan, pensiyaga chiqish oldindan kozda tutilgan va vaqt jihatidan yetarli darajada aniqlik bilan rejalashtirilgan bolishi mumkin. Ikkinchidan, bu voqea shaxsiy sohada jiddiy ozgarishlar bilan bogliqdir. Uchinchidan, kishining turmush tarzida muhim ozgarishning sodir bolishi uning atrofidagilar uchun yaqqol kozga tashlanib turadi. Nihoyat, pensiyaga ketishni baholashda insonga xos bolgan ikki tomonlama fikr yuritish, oz-ozi bilan muayyan ixtilofga borish xosdir. Mehmonxonalarning yoshi ulgayib qolgan xodimlarga munosabati (shuningdek, tegishli davlat siyosati ham) boshqaruv madaniyati darajasi va iqtisodiy tizim manaviylik darajasining mezoni hisoblanadi.
Kadrlardan foydalanishni rejalashtirish shtatdagi lavozimlarni toldirish rejasini tuzib chiqish vositasida amalga oshiriladi. Ish ornini belgilashda malaka belgilarini hisobga olish bilan bir qatorda insonga togri keladigan ruhiy va fiziologik yumushlarni (nagruzkalarni) va bu sohada davogarning imkoniyatlarini ham hisobga olish zarur.Xodimdan foydalanishni rejalashtirish vaqtida ularga shunday talablar qoyiladiki, toki xodim kasb kasalligiga uchramasin, erta nogiron bolib qolmasin, ishlab chiqarishda shikastlanmasin. Insonga munosib bolgan mehnat sharoitlarini taminlab berish kerak. Kadrlardan foydalanishni rejalashtirishda yoshlar, xotin- qizlar, keksa xodimlar, jismoniy va ruhiy imkoniyatlari cheklangan shaxslarning bandligi masalalariga etibor berish talab qilinadi. Xodimning bu toifalaridan ularning malakasi va imkoniyatlariga muvofiq foydalanish ayniqsa muhimdir. Ana shu maqsadda mehmonxonada tegishli ish orinlarini zaxira tarzida saqlab turish zarur.