O‘zbekiston respublikasi


Strategik boshqaruvning vujudga kelishi



Download 1,08 Mb.
bet41/127
Sana05.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#742054
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   127
Bog'liq
Mehmonxona xo\'jaligini boshqarish O\'quv qo\'llanma Toshkent 2019

Strategik boshqaruvning vujudga kelishi


Barcha darajalarda (milliy, mintaqaviy, mahalliy) turizmni rejalashtirish uning muvaffaqiyatli rivojlanishi va bu jarayonni boshqarishni ta’minlashning zarur sharti hisoblanadi. Dunyodagi ko‘plab turistik mintaqalar va firmalar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, rejali yondashuv ko‘pincha turistik bozorlarda talabni qondirishda katta muammo tug‘dirmay, kafolatli daromad olishga olib keladi.
O‘zbekiston va MDHning boshqa mamlakatlari bozor iqtisodiyotiga o‘tayotganda rejalashtirish yarim unutilgan holda qolib ketdi. Ko‘pincha tadbirkorlar, ayniqsa, boshlovchi tadbirkorlar rejalashtirishning roliga etarlicha baho bera olmadilar. Bunda ular o‘z intuitsiyasi va tajribasiga, ishbilarmon doiralardagi norasmiy aloqalariga, qulay bo‘lib tuyulgan bozor istiqbollariga va boshqa holatlarga
umid qildilar. Shu bilan birga, ularning ko‘pchiligi haqiqatan ham tushkunlikka tushib qoldilar, chunki bozordagi haqiqiy holat ilgari tasavvur qilinganiga qaraganda boshqacha bo‘lib chiqdi.
Xorijiy firmalar va mamlakatimizdagi korxonalarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bozor sharoitlarida tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishga yetarlicha baho bermaslik, uni mensimaslik, inkor qilish yoki bilar-bilmas amalga oshirish ko‘pincha katta, hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydigan iqtisodiy yo‘qotishlarga, va pirovardida bankrotlikka olib keladi.
Bozor sharoitlarida raqobat kurashida rejalashtirishining ustunliklaridan foydalana bilish juda muhim. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish va foyda olishni xohlaydigan har bir subyekt yaxshi o‘ylangan va har tomonlama asoslangan reja – biznes olib borish strategiyasi va taktikasini, maqsadni, ishlab chiqarish texnikasi, texnologiyasi, uni tashkil qilish va mahsulot sotishni tanlashni belgilab beradigan hujatga ega bo‘lishi kerak. Sinchiqlab ishlab chiqilgan reja tadbirkorlikni faoli rivojlantirishga, investorlar, sheriklar va kredit resurslarini jalb qilishga imkon beradi. Shuningdek u quyidagilarga imkoniyat tug‘diradi:
Raqobat ustunliklaridan maksimal foydalanish. Ehtimol tutilgan xatolarni bartaraf qilish;
-yangi tendentsiyalarni kuzatib borish va ulardan o‘z faoliyatida foydalanish;
-salbiy omillarning turistik korxona faoliyat ko‘rsatishiga ta’sirini kamaytirish;
-ehtimol tutilgan tavakkallarga qarshi o‘z vaqtida choralar ko‘rish;
-ishlab chiqarish va tijorat faoliyatining natijalarini baholash.
Hamma davlatlarda majburiy rejalashtirish sohalari mavjud bo‘lib, ular quyidagilarni shakllantiradi: iqtisodiy rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari, yirik ijtimoiy va ilmiy-texnik dasturlar, mamlakat byujeti, mudofaaga qilinadigan sarf- xarajatlar va sh.k.
Ayrimlar rejaga binoan ishlash tadbirkorlikning rivojlanishiga imkon bermaydi, deb hisoblaydi. Kichiq va endi ish boshlagan firmalarda rahbarlar shu qadar bandki, ularda rasmiy rejalar tuzishga vaqt qolmaydi. Ular rejalashtirish faqat katta
korporatsiyalarda o‘rinli deb hisoblaydi. Xatto obro‘li mehmonxonalarda ham rahbarlar odatda rasmiy rejalarsiz ish ko‘radi. Mehmonxona xizmatlarining boshliqlari odatda yozma reja tuzishga erinadi, chunki bu tahlil uchun ancha ko‘p kuch va vaqt talab etadi. Bundan tashqari, ular yana bir dalilni keltiradi –bozor juda tez o‘zgaradi, shu bois rejalar hech qanday foyda bermaydi.
Amalda rejalashtirish har qanday korxonaning har qanday faoliyatini boshqarish uchun zarur. Marketing rejasi bir necha ish rejalaridan biri bo‘lib, firma yoki mehmonxonani umumiy strategik rejalashtirishning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Odatda mehmonxonalar va korxonalar strategik, uzoq muddatli va yillik rejalar tuzadi.
Strategik reja korxonaning ishdagi faolligi yo‘nalishini va ayni davrdagi va yaqin kelajakka mo‘ljallangan siyosatini belgilaydi. U korxonaning hozirgi davri va kelajagiga nazar tashlash imkonini beradi va muttasil o‘zgaruvchi muhitda korxona manfaatlarida imkoniyatlardan keng foydalanishga ko‘maklashadi. Bu mehmonxonaning maqsadlari va imkoniyatlari bilan bozorning o‘zgarayotgan imkoniyatlari o‘rtasida strategik muvofiqlikni o‘rnatish va saqlash jarayonidir.
Uzoq muddatli rejada korxonaga yaqin yillarda ta’sir etadigan asosiy omillar va kuchlar tavsiflanadi. Mazkur reja uzoq muddatli maqsadlarni, ularga erishish uchun foydalaniladigan asosiy marketing strategiyalarini o‘z ichiga oladi va zarur resurslarni belgilaydi. Bunday uzoq muddatli reja ro‘y bergan o‘zgarishlarga muvofiq unga tegishli tuzatishlar kiritish maqsadida har yili yangilab turiladi.
Yillik reja joriy holatni, mehmonxona korxonasining maqsadlarini, kelasi yilga mo‘ljallangan strategiyani, ish dasturini, budjet va nazorat shakllarini tavsiflovchi qisqa muddatli rejadir.
Quyida mehmonxona korxonasida yillik rejalar tuzish jarayonini ko‘rib chiqamiz.
Boshqaruv darajasidagi ish rejalari mehmonxona strategiyasini ish amaliyotiga aylantiradi. Mehmonxona korxonasining rahbariyati strategik rejaga qarab bilimlarga boyiydi va undan kompaniyani to‘g‘ri yo‘nalishda rivojlantirish uchun asos sifatida
foydalanadi. Har bir ish rejasi mustaqil bo‘lsa-da, korxonaning boshqa ish rejalarini to‘ldiradi.


Rivojlanish rejasi� Biznes reja


Mahsulot yetkazib berish rejasi


Mehnat resurslari rejasi


Texnik- muhandislik rejasi


Moliyaviy reja� Budjet


Marketing rejasi


Sotuvla r rejasi




Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish