insoniyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi omili, hayotiy maqsadlar ifodasi.
2017-yil 28-iyulda “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani
rivojlantirishni yangi bosqichga ko'tarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
PQ-3160-son Qarori1 qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy
Majlisga murojaatnomasida 2019 yil - “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da
ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish uchun bir qancha vazifalarni belgilab berdi. Unda,
oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai
bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarurligini alohida ta'kidlab o‘tdi1 2 2019-yil 8-
aprelda “O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g'oyani rivojlantirish
konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining F-5465-sonli farmoyishi qabul qilindi.
1 Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston! O‘z R mustaqilligining 26-yilligiga bag‘ishlangan uslubiy qo‘llanma, T.,
“Paradigma”, 2017, 55-bet
2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. T., 2018-yil 28-dekabr
2019-yil 3-may kuni “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha
qo’shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4307-son
qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” loyihasi
matbuotda e’lon qilindi3. Unda 18 yoshli yigit-qizlar mustaqil hayotga “O’zbekiston
taraqqiyotining yangi bosqichida Milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi bilan”(ijtimoiy
buyurtma) belgilangan fazilatlar: Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy
immunitet, mehr-oqibatlilik, mas‘uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash,
mehnatsevarlik kabi tayanch kompetensiyalar bilan kirib boradilar deb belgilangan. Respublika
Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori,
professor Muhammadjon Quronov fikricha, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida Milliy
g’oyamizning bosh g’oyasi —Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” bo’ladi. —Biz kecha milliy
tiklanishga intilgan bo‘lsak, endi milliy yuksalish fazasiga kirdik. Yuksalish tiklanishdan ko‘ra
ko‘p kuch, energiyani talab qiladi. Chunki yuksalish intensiv harakat”4.
Davlatimiz rahbari —Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari” degan tamoyilga
asoslangan holda, milliy g‘oya va uning mafkuraviy negizlarini puxta ishlab chiqish, yosh
avlodni bolalikdan milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarbahamiyatga ega
ekanini 2019-yil 23-avgust kuni xalq ta‘limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va
jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma‘naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan
videoselektor yig‘ilishida ta‘kidlab o‘tdilar5. Maktablardagi ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni yangicha
asosda tashkil etish, —Milliy g‘oya”, —Odobnoma”, —Dinlar tarixi”, —Vatan tuyg‘usi” kabi fanlarni
birlashtirgan holda, yagona —Tarbiya” fanini joriy qilish zarurligi qayd etildi.
Bu haqda shuningdek Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi
mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga ba‘g‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida quyidagi
fikrlarni keltirib o‘tdilar:
Bugun O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yanga bosqichiga dadil qadam qo‘ymoqda.
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarini, qonun ustuvorligini
ta‘minlash asosida O‘zbekistonning yangi, demokratik qiyofasi yaratilmoqda. Bu borada
Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari” degan
ustuvor g‘oya biz uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |