O‘zbеkiston rеspublikasi


Harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti



Download 0,63 Mb.
bet13/55
Sana28.06.2022
Hajmi0,63 Mb.
#713961
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Bog'liq
O‘zbеkiston rеspublikasi

2.7. Harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti
1990-yil 28-aprelda qabul qilingan «Harbiy xizmatchilarning
pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonunga asosan Mudofaa vazirligi
harbiy xizmatchilari, Ichki ishlar vazirligiga qarashli harbiy xizmatchilar,
Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari va boshqa harbiylashtirilgan
xizmatlarda band bo‘lgan xodimlarni, ularning oila a’zolarini pensiya
ta’minoti bilan ta’minlash shartlari va tayinlash normalarini tartibga
soladi.
Qonunga asosan yuqorida ko‘rsatilgan harbiy xizmatchilar va
ularning oila a’zolariga ko‘p yillik xizmati, nogironlik va boquvchisini
yo‘qotganlik pensiyalari tayinlanadi. Bu pensiyalarni tayinlash ishlari
bilan Mudofaa, Ichki Ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlarining
Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman(shahar) bo‘limi
shug‘ullanadilar, lekin muddatli harbiy xizmatchilarga va ularning oila
a’zolariga nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari ularning
hoxishiga binoan Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman
(shahar) bo‘limi tomonidan tayinlanishi mumkin.
Biz bu mavzuda muddatli harbiy xizmat davrida nogiron bo‘lib
qolgan oddiy askarlar tarkibidagi muddatli harbiy xizmatchilar pensiya
ta’minoti haqida so‘z yuritamiz.
Muddatli harbiy xizmatning oddiy askarlar, serjantlar va starshina
tarkibidagi harbiy xizmatchilarga ushbu Qonun asosida nogironlik
pensiyasi harbiy xizmatni qancha davom etganligi va harbiy xizmatdan
oldingi ishidan qat’iy nazar quyidagi shartlar:
— nogironlik agar harbiy xizmat davrida sodir bo‘lgan bo‘lsa;
— harbiy xizmatda sodir bo‘lgan kasallanish, yaralanish, jarohatlanish
yoki kontuziya olish tufayli keyinchalik nogiron bo‘lib qolgan
bo‘lsa;
38
— harbiy xizmatdan bo‘shagandan so‘ng 3 oy ichida nogiron bo‘lib
qolgan bo‘lsa tayinlanadi.
Harbiy xizmatchilarga nogironlik pensiyalari miqdori quyidagilarga
bog‘liq:
— nogironlikning kelib chiqish sabablariga;
— harbiy xizmatga chaqirilgunga qadar ishlaganlik faktiga;
nogironlik guruhiga;
— harbiy xizmatda bo‘shatilgan vaqtda harbiy unvonining borligiga;
— pensiyaga qo‘shimcha olish huquqiga.
Harbiy xizmatchilarning nogironlik sabablari bir necha xil bo‘lib,
uni turlarini o‘z harbiy burchini bajarishi bilan bog‘liqligi va harbiy
burchiga tegishli bo‘lmay faqat harbiy xizmatda bo‘lgan davrda sodir
bo‘lganligiga qarab ajratamiz.
a) Urush nogironlari,ularga tenglashtirilgan harbiy xizmatchi
nogironlarga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 11-maydagi 249- sonli qarorini 2- ilovasida ko‘rsatilgan
shaxslar kiritilib, ularga o‘z harbiy xizmat burchini bajarish bilan
bog‘liq bo‘lgan holda sodir bo‘lgan kasallanish, yaralanish, mayiblanish,
jarohatlanish, kontuziya olish tufayli nogiron bo‘lib qolgan
muddatli harbiy xizmatchilar kiradi;
b) Armiya nogironlari, harbiy xizmatni o‘tayotgan davrda harbiy
burchini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan kasallanish, yaralanish,
jarohatlanish yoki boshqa baxtsiz hodisa tufayli nogiron bo‘lib qolgan
harbiy xizmatchilardir.
Ularga nogironlik guruhlari va sabablari harbiy gospitaldan berilgan
kasallik tarixiga asosan TMEKlar tomonidan belgilanadi. Nogironlik
belgilangandan keyin u hohlagan vaqtda pensiyaga murojaat qilishi
mumkin, chunki harbiy xizmatchilarga nogironlik pensiyasi tayinlashda
ish stajining ahamiyati yo‘q.
Harbiy xizmatga chaqirilgunga qadar ishlagan muddatli harbiy
xizmatchilarga nogironlik pensiyasi harbiy xizmatdan oldin olgan
o‘rtacha oylish ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Harbiy xizmatchi harbiy xizmatga chaqirilgunga qadar hech qayerda
ishlamagan bo‘lsa, nogironlik pensiyalari qat’iy (minimal)
miqdorlarda aniqlanadi.
Harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga boquvchisini yo‘qotganlik
pensiyasi tayinlashda, pensiyani hisoblash miqdoriga harbiy xizmatchini
vafot etish sababi ta’sir ko‘rsatadi.
39
1) Harbiy xizmatni bajarayotganda, ya’ni o‘z harbiy burchini
bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sabablar bilan vafot etgan harbiy
xizmatchi, urushda halok bo‘lganlarga tenglashtiriladi.
2) Harbiy xizmatni o‘tayotgan davrda, harbiy xizmat bilan
bog‘liq bo‘lmagan kasallanish, mayiblanish, kontuziya olish tufayli
vafot etsa, armiyada vafot etgan deb hisobga olinadi.
Harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga boquvchisini yo‘qotganlik
pensiyasini tayinlash uchun, harbiy xizmatchining harbiy xizmatga
chaqirilishdan oldin olgan o‘rtacha ish haqi olinadi. Agar harbiy
xizmatchi, harbiy xizmatga chaqirilishdan oldin ishlamagan bo‘lsa,
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi qat’iy miqdorda belgilanadi.
Harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi Qonunning
33-moddasiga asosan quyidagi ishga yaroqsiz oila a’zolari boquvchisini
yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladilar.
a) farzandlar,aka-uka,opa-singil va nabiralar 18 yoshga to‘lmagan
bo‘lsalar, yoki undan katta bo‘lsalar 18 yoshga to‘lgunicha nogiron
bo‘lib qolgan taqdirda, o‘quvchilar 23 yoshga to‘lgunicha, shu bilan
birga aka-uka, opa-singil va nabiralarning ishga yaroqli ota-onalari
bo‘lmagan taqdirda;
b) ota-ona, er yoki xotin yoshga doir pensiya olish yoshiga yetgan
bo‘lsa yoki nogiron hisoblansalar,
d) er yoki xotindan biri, ota-ona, aka-uka, opa-singillardan biri
marhumning 8 yoshga to‘lmagan farzandini boqish bilan mashg‘ul
bo‘lib, ishlamasalar;
e) bobo yoki buvi — qonun asosida ularni boqishi shart bo‘lgan
shaxslar bo‘lmagan taqdirda.
Farzandlar, ota-onalar, ishga yaroqsiz hisoblansalar vafot etgan
harbiy xizmatchining qaramog‘ida turmagan bo‘lsalar ham, kun
kechirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ini yo‘qotgan bo‘lsalar, pensiya
olish huquqidan foydalanadilar.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlashda agar o‘gay ota yoki
o‘gay ona vafot etgan harbiy xizmatchini 18 yoshga to‘lgunicha kamida
5 yil tarbiyalagan bo‘lsalar, haqiqiy ota-onalar kabi pensiya olish
huquqiga ega bo‘ladilar.
O‘gay farzandlar ham agar o‘z ota-onasidan aliment olmayotgan
bo‘lsalar, haqiqiy farzandlar kabi pensiya olish huquqidan foydalanadilar.
Farzandlikka olgan ota-ona, haqiqiy ota-ona kabi, farzandlikka
olingan bolalar esa haqiqiy farzandlar kabi pensiya olish huquqiga
egadirlar.
40

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish