QODIROVA MAHFUZA MAHMUDOVNA
Qodirova Mahfuza Mahmudovna 1976 yil 1- mayda Samarqand viloyatining
Nurota shahrida tavvallud topgan. 1982 yil sentabr oyidan Nurota shahridagi 27-
umumta’lim maktabiga o’qishga borib, 1993 yil ushbu maktabni tamomlagan.
M.M. Qodirova 1993 yil Toshkent Davlat Universitetining “Geografiya”
fakultetiga o’qishga kirib, 1998 yil o’qishni imtiyozli diplom bilan yakunladi.
1997 yildan 2000 yilgacha Toshkent shahridagi 152- o’rta maktabda
geografiya o’qituvchisi lavozimida ishlagan. 2000 yil sentabr oyidan
Navoiy davlat
pedagogika instituti “Tabiatshunoslik” fakul’teti “Geografiya” kafedrasida
o’qituvchisi lavozimida 2008 yil 2 iyundan katta o’qituvchi lavozimida faoliyat
ko’rsatib kelmoqda.
Qisqa vaqt ichida M.M.Qodirova geografiya kafedrasi professor- o’qituvchilari
va talabalari orasida hurmatga sazovor bo’ldi. ”Geografiya
va iqtisodiy bilim
asoslari” ta’lim yo’nalishi bo’yicha talabalarga ”Sanoat va qishloq xo’jalik
geografiyasi” “Shaharlar va qishloqlar geografiyasi”, “Umumiy yer bilimi” fanlaridan
ma’ruza, amaliy mashg’ulotlarni o’tib kelmoqda. Nomlari zikr etilgan fanlardan
ma’ruza matnlari, laboratoriya va amaliy mashg’ulot ishlanmalarini tayyorlagan. O’zi
o’qitadigan fanlar bo’yicha o’quv uslubiy komplekslar
tayyorlagan va ular
tasdiqlangan. Bu fanlardan dars o’tishning yangi innovatsion ta’lim texnologiyalari
uslubiy qo’llanmalarini yaratgan.
Katta o’qituvchi M.M. Qodirova 2005 yildan buyon “Arid zonalarda
joylashgan sanoat shaharlarining geoekologik sharoitini baholash va bashorat qilish”
mavzusidagi ilmiy ishini olib bormoqda. Ilmiy ishi mavzusi yuzasidan 20
dan ortiq
maqolalari institut va respublikamizning boshqa oliy o’quv yurtlarida o’tkazilgan
ilmiy-amaliy konferensiyalarda, ilmiy jurnallarda chop etilgan.
FOYDALI MASLAHATLAR
Geografik qobiq yoki landshaft qobig’i hamma joyda bir xil emas. Buning
xilma-xilligi uni hosil qilgan komponentlarga boqliq – bu komponentlarga relef, toq
jinslari, iqlim, suv, tuproq qoplami, o’simlik va hayvonot dunyosi kiradi.
Bular
turli joyda turli miqdorda, turlicha to’plamda uchraydi va ularning o’zaro
ta’siri ham xilma-xil bo’ladi, ya’ni geografik tuzilishi har xil bo’ladi. Bu o’z
navbatida geografik qobiqda xilma-xil qismlarni-hududiy komplekslarni vujudga
keltiradi. Yer yuzasining boshqa qismlaridan sifat jihatidan farq qiluvchi va tabiiy
chegaralarga ega bo’lgan qismlarini geografik kompleks –
geografik landshaft deb
ataladi. Landshaftlar bir-birlari bilan tutashib, butun Yer yuzini qoplagan landshaft
qobig’ini hosil qiladi.
Demak, tabiiy geografik fanlar: 1) butun landshaft
qobiqini bir butun sistema
sifatida; 2) landshaft qobig’ining ayrim qismlarini (landshaft komplekslarining) va 3)
bu komplekslarni hosil qiluvchi ayrim-ayrim komponentlarini o’rganadi.
Komponentlarni esa yuqorida aytib o’tilgan tabiiy geografiya fanlar (geomorfologiya,
iqlimshunoslik va h.k.) o’rganadi.
Ana shu o’rganish ob’ektiga qarab turib tabiiy geografiya uch – tarmoqqa
bo’linadi: Umumiy yer bilimi, regional tabiiy geografiya, komponentlar geografiyasi.
Umumiy yer bilimi landshaft qobiqini butunligicha, uning moddiy tarkibining
eng umumiy xususiyatlarini, geografik tuzilishi va rivojlanishi
qonuniyatlarini
o’rganadi.
Regional tabiiy geografiya geografik komplekslarni (landshaftlarni), ularning
tuzilishi, rivojlanishi va h.k.larni o’rganadi. Тabiiy geografiya landshaft qobig’ining
hozirgi holatini o’rganadi. Uning ilgarigi holatini bilmasdan hozirgisini, kelajakdagi
taraqqiyotini tushunish qiyin. Shuning uchun tabiiy geografiyadan landshaft
qibig’ining o’tmishini, uning taraqqiyot yo’lini o’rganadigan tarmoq –
Do'stlaringiz bilan baham: