Assimilyatsiya
. Nutq tovushi qator kelganda ba‘zan bir-biriga
ta‘sir qilib, biri ikkinchisini o‗ziga moslashtiradi. Bunday hodisa
assimilyatsiya
deyiladi. Assimilyatsiya ikki xil bo‗ladi: progressiv va
regressiv assimilyatsiya. Agar oldingi tovush keyingi tovushni o‗ziga
o‗xshatsa, moslashtirsa, progressiv assimilyatsiya yuz beradi:
ket+di –
ketti, ayt+di–aytti, ot+dan–ottan, yurak+ga–yurakka, ek+gan–ekkan,
qishloq+gacha–qishloqqacha.
Кeyingi tovush oldingi tovushga ta‘sir qilib, uni o‗ziga o‗xshatsa,
moslashtirsa, regressiv assimilyatsiya yuz beradi:
yigit+cha–
yigichcha, bir+ta –bitta, uch+so„m–usso„m.
Regressiv assimilyatsiya, odatda, progressiv assimilyatsiyaga
nisbatan nutqda kamroq uchraydi. Chunki assimilyatsiyaning bu turida
keyingi tovush oldingi tovushni o‗ziga moslashtiradi. Demak, talaffuz
jarayoni boshlanmasdan burun so‗zning talaffuz texnologiyasi
haqidagi tasavvur ham hosil bo‗lmog‗i lozim.
Assimilyatsiya to‗liq va qisman bo‗lishi mumkin.
To‗liq assimilyatsiyada bir tovush ikkinchi tovushga aynan
moslashadi va to‗lig‗icha uning tusiga kiradi:
non+voy–novvoy,
terak+ga–terakka…
Qisman assimilyatsiyada nutq tovushidan biri ikkinchisini biron
tomondan qisman o‗xshatadi (moslashtiradi):
osh+ga–oshka, ish+ga–
ishka, uch+ta–ushta, pochta–poshta.
Assimilyatsiyada, odatda, ketma-ket joylashgan tovushlarning
o'zaro moslashuvi kuzatiladi va bu kontakt assimilatsiya deb
yuritiladi. Ba‘zan so'z tarkibida bir-biridan uzoqroqda joylashgan
tovushlarning o'zaro moslashuvi ham ro‗y beradi va bu distant
assimilatsiya deb ataladi. Masalan,
sichqon–chichqon, soch–choch
kabi.
Dissimilyatsiya.
Og‗zaki nutqda tovushlar doimo bir-biriga
o‗xshayvermasdan, ba‘zan uning aksi bo‗ladi. Ayrim paytda
talaffuzda ikki o‗xshash tovush bir joyda yoki bir so‗zda kelgan
vaqtda biri noo‗xshash tovushga ham aylanib qolishi kuzatiladi.
Dissimilyatsiya hodisasi ham progressiv va regressiv bo‗ladi.
Кeyingi tovush noo‗xshash tovushga aylansa, progressiv
dissimilyatsiya:
zarar–zaral, zarur–zaril, birorta–bironta, muyassar–
muyastar, kissa–kista
kabi. Oldingi tovush o‗zgarsa, regressiv
dissimilyatsiya
yuz
beradi:
koridor–kalidor,
ittifoq–intifoq,
maqtanmoq–maxtanmoq
kabi yuz beradi.
64
Dissimilyatsiya hodisasi oz uchraydi. Hatto assimilyatsiyaning
regressiv turiga nisbatan ham kam yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |