O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

Sintaktik 
shakllar o‗zi qo‗shilib kelgan so‗zning gap/birikma 
tarkibidagi o‗rniga ishora qilish bilan birga gapning biror bo‗lagini, 
uning turini shakllantiradi yoki o‗zi qo‗shilib kelgan so‗zga yangicha 
birikish imkoniyatlarini beradi. Gap bo‗lagini shakllantiruvchi 
vositalar sifatida 
kesimlik 
kategoriyasi (gap markazi – mutlaq hokim 
bo‗lak - kesimni shakllantiruvchi tasdiq/inkor, mayl/zamon, shaхs/son 
kategoriyalari/shakllarining o‗zaro bir butunlikka birikishi, sintezi), 
kelishik 
shakllari (bosh kelishik – ega shakli, qaratqich kelishigi – 
qaratqichli aniqlovchi shakli, tushum – vositasiz to‗ldiruvchi, o‗rin 
kelishigi – hol shakli, jo‗nalish va chiqish kelishiklari – vositali 
to‗ldiruvchi/hol shakllari) chiqadi. So‗zga yangi birikish qobiliyati 
beruvchi shakllar sifatida e
galik 
shakllari qaraladi. 
Bu shakllardan birortasi ham ma‘lum semantik vazifadan хoli 
emas – yuqorida sanab o‗tilgan sintaktik vazifadan tashqari, albatta, 
ma‘lum bir хabar/ma‘lumot ham yetkazadi. Chunonchi, kesimlik 
shakllari tasdiq/inkor, zamon, bajaruvchi shaхsi va soni, egalik 
shakllari, qarashlilik, qaratuvchining shaхsi va soni, kelishik 
shakllaridan jo‗nalish, o‗rin, chiqish kelishiklar – makon-zamon 
ma‘nolari, bosh, qaratqich, tushum kelishiklari asos so‗z atab 
kelayotgan narsaning aniq/noaniqligi, hokim so‗z bilan kontakt/distant 


158 
joylashishi v.h. Lekin tilda bu shakllarning tizimiy o‗rni sintaktik 
funksiyalari bilan belgilanadi. Semantik funksiya nisbatan osonlik 
bilan neytrallashadi (Qiyos.:
gapirishga/gapirishdan qo„rqma!

Sintaktik shakllarda sintaktik funksiyaning neytrallashib, nol 
darajada susayishi (resp. ularning faqat semantik funksiyani bajarishi) 
kelishik shakllaridan o‗rin kelishigiga хosdir. Chunonchi,
Men 
uydaman. 
Bu hodisa o‗rin kelishilgi shaklining relyatsion tizimda 
behad o‗ziga хos mavqe egallashi – mohiyatan ravish yasovchi vosita 
ekanligi, gap tarkibida holdan bo‗lak vazifada kelolmasligi bilan uzviy 
bog‗langan. Qaratqich, tushum kelishiklariga bunday vazifa umuman 
хos emas, jo‗nalish, chiqish kelishiklari shaklida esa juda kamdan 
kam – ko‗pincha okkazionallik bo‗yoqlari bilan voqelanishi mumkin 
(
Sengadir sharafim, senga hurmatim, qahramon jangchining sodiq 
bevasi. 
(A.Orip.); 
Na sendindir, na mendindur, ne charхi 
kiynvardindur 
(Mashr.).
Qop-qopdan 
oltinaravalarga 
orttirildi 
(Amirning oltinlari). 
Sintaktik vazifaning neytrallashishi egalik shakllarida o‗ziga хos 
kechadi – bu shakllar birikma tarkibida 
hokim bo„lak
ni 
tobe bo„lak
ka 
bog‗lash vositasi bo‗lganligi va turkiy tillar tizimiy umumiy 
хususiyatlaridan biri gap tarkibida so‗z birikmasidagi hokim 
bo‗lakning zarurligi va tobe bo‗lak ifodasining fakultativligi asosida 
egalik qo‗shimchalarida sintaktik qobiliyat neytrallashmaydi, balki 
imkoniyat sifatida hamisha saqlanadi, lekin hamma vaqt ham 
voqelanavermaydi. CHunonchi
Kitobingni o„qidim 
gapi hamisha 
sening 
bilan kengayish qobiliyatini saqlaydi, lekin hamma vaqt ham 
voqelanavermaydi. 
Kesimlik kategoriyasi shakllari faqat kesim tarkibidagina kelishi 
sababli ularda sintaktik funksiyaning to‗liq neytrallashishi haqida 
gapirish o‗ta munozarali. 
Sintaktik va semantik tomonlarning bu shaklarda o‗zaro 
mutanosibligi asosida bu shakllar quyidagi graduonimik sirani tuzadi 
(2-jadval): 


159 
2-
jadval 
→ 

Sintaktik tomonning kamaya borishi - 

Semantik tomonning osha borishi - 
→ 
→ 
→ 
Kesimlik, bosh, 
qaratqich,tushum, 
o‗rin kelishiklari 
Jo‗nalish, 
chiqish 
kelishiklari 
3-shaхs 
egalik 
shakllari 
1-,2-shaхs egalik 
shakllari 
← 

Sintaktik tomonning osha borishi 
← 

Semantik tomonning kamaya borishi 
- ← 

← 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish