Choyxona hozirgi Markaziy Osiyo respublikalarida juda ham ko‘p tarqalgan. Ular asosan choy va shunga o‘xshagan issiq hamda sovitilgan ichimliklar bilan xizmat ko‘rsatishadi. Rossiya Federatsiyasida choyxona “chaynaya” nomi bilan yuritiladi. Markaziy Osiyo choyxonalarida keyin choy ichishni talab qiladigan palovga o‘xshagan ikkinchi issiq taomlar ham tayyorlanadi. Choyxonalarda choy va undan tayyorlangan pishiriqlar, qandolat mahsulotlari, go‘shtli ovqatlar, baliq, tuxum, mol go‘shti, qovurilgan tuxum, kolbasa va boshqalar sotiladi. Bu yerda asosan o‘z-o‘ziga xizmat qilish amalga oshiriladi. Bu choyxonalar Yevropa va boshqa mamlakatlarga xos.
Barlar. Ular butun dunyoda mavjud bo‘lib, katta assortimentdagi aralashgan ichimliklarni sotish uchun mo‘ljallangan va shunga ixtisoslashgan hamda mijozlarga tez xizmat ko‘rsatadigan korxonadir. Barda konditer mahsulotlari, hatto gazaklar va issiq taomlar ham sotilishi mumkin. Ular asosan shahar markazlarida, dengiz va okean sohillari buylarida ham joylashishi mumkin. Barlar taklif etadigan mahsulotlari assortimentiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: pivo barlari, kokteyl-xollar va kokteyl barlari. Ular bir-biridan o‘zining o‘lchamlari va asbob uskunalarining turlitumanligi bilan ajralib turadi. Ma’lumki, sayyohlar barlarga tashrif buyurishni juda yoqtirishadi va xush ko‘radilar. Bir qator mamlakatlarda, masalan Angliyada barlarga tashrif buyurish maxsus tur dasturiga kiritilishi ham mumkin.
Oshxona – Umumiy ovqatlanish korxonalari orasida oshxonalar eng keng tarqalgan umumiy ovqatlanish joyi hisoblanadi. Asosiy faoliyati o‘z mahsulotlardan mijozlari uchun taomlar tayyorlash, ularning ovqatlanishga bo‘lgan talablarini qondirish, nonushta, tushlik, kechki ovqatlar yoki ularning bir qismi tayyorlanadi. Oshxonalardan uyga ham ovqat beriladi, oldindan, buyurtmalar qabul qilinadi, shuningdek, ovqat mahsulotlari hamda chala tayyor mahsulotlar sotiladi.
Tamaddixona – taom turlari cheklangan umumiy ovqatlanish maskani bo‘lib ularda tegishli mahsulotlardan tez va oson taomlar tayyorlanadi hamda xizmatlari ham tez amalga oshiriladi. Tamaddixonalarda mijozlar tomonidan xohlagan ovqatlarini tanlanadi, (ammo u yerda spirtli ichimliklar sotish ta’qiqlanadi) ko‘p hollarda tik turib tamaddi qilinadi. Taom tanlangach, hisob-kitob birdaniga amalga oshiriladi. Tamaddixonalarda hamma ishlar juda tez bajariladi. Shoshilgan, vaqti ziq kishilar bir zumda ovqatlanib, yana o‘z ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishlari mumkin. Tamaddixonalar odamlar gavjum va serqatnov, ko‘zga tez tashlanadigan joylarga quriladi. Tamaddixonalar asosan, mahsulotni shaxsiy ishlab chiqarish orqali tayyorlaydigan va sotadigan ovqatlanish korxonasi bo‘lib, ular odatda birinchi klassli mehmonxonalarda, ba’zan esa kurortlarda, korxonalarda, o‘quv yurtlarda yoki ularning atrofida tashkil etiladi. U yerda «kompleksli menyu» ham taklif etilishi mumkin. Shuningdek, ko‘p hollarda siklik menyu ham ishlatiladi. Shu bilan birga to‘liq ratsionga kiruvchi: nonushta, tushlik, kechki ovqat, «gazaklar», «shved stoli» prinsipi asosida taklif etiladi. Asosiy taomni esa tarqatish paytida tanlash mumkin. Masalan, ayrim tamaddixonalarda 10 xilgacha issiq taomlar, gazakka – «shved stoli», ichimliklardan qadoqlangan mevali sharbat (sok)lar, pivo, yangi tayyorlangan meva sharbatlari taklif etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |