O‗zbekiston respublikasi



Download 3,13 Mb.
bet47/219
Sana01.06.2022
Hajmi3,13 Mb.
#624626
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   219
Bog'liq
Pul va banklar MAVZULAR

Hududdagi moliyaviy tashkilotlarsoni

  • Aholining umumiysoni

  • Amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalarimiqdori

    Xorijiy Iqtisodchi olimlardan biri Ludwig von Misesning ta‘kidlashicha pul aylanishi tushunchasining asosiy mohiyati shundan iboratki, bu jarayonni nafaqat butun bir iqtisodiyot darajasida balki, alohida individuallar faoliyati misolida o‘rganish kerak. Shu jihatdan pul aylanishi jarayonini o‘rganishda narxlar va xarid qilish qobilyati bo‘yicha tatbiq etish har doim ham to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin.
    Yana bir iqtisodchi olim Helmut Creutz pul aylanishi tushunchasini xarid qilish jarayonidan tashqari qarz va qayta tolovlar miqdoriga ham bog‘lab o‘rganadi. Bu olim pul aylanishini 3 xil ko‘rinishda turli jarayon bo‘yicha tasvirlaydi.

    1. Pul aylanishi to‘lovlar va qarz bo‘yicha olibqaralganda


    Yuqorida keltirilgan jarayonni boshi ham oxiri ham mavjud emas. Ya‘ni bu jarayonda qaralayotgan mablag‘ qanaqa maqsadda ishlatilmasin, u to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. Bunda A, B…E lar iqtisodiyotdagi barcha sub‘ektlar bo‘lib, agar bu jarayonda masalan, A sub‘ekt B ga xaridi uchun pul to‘lagan bo‘lsin. B sub‘ekt esa bu pulni C ga qarz sifatida beradi va C o‘sha pulga D dan tovar sotib oladi. E su‘bekt esa A ning ko‘rsatgan xizmati uchun to‘lovni D dan qarz sifatida oladi. Bu jarayonda muomalada aylanayotgan pul tovar va xizmatlarga to‘lov uchun 3 marta, qarz munosabati uchun esa 2 marta ishlatildi. Agarda B sub‘ekt mablag‘ini qarz munosabatiga yo‘naltirmasa, bunda jarayon buzilishi mumkin.

    1. To‘lovlar va qarzdorlik to‘lovlari bo‘yicha pul aylanishijarayoni:


    Bu jarayonda A sub‘ekt C dan tovar sotib oladi, C esa o‘zining kreditorlik qarzini B ga to‘laydi va natijada B sub‘ekt E dan mahsulot sotib oladi. O‘z navbatida E sub‘ekt ham D ga o‘z qarzini qaytaradi va D bu mablag‘ga A datovar yoki xizmatlar sotib olishimumkin.

    1. Pul aylanishi bank orqali yoki uni vositachiligida yuzagakelganda:


    Bunday jarayonda endi A sub‘ekt B dan bank cheki orqali mahsulot sotib oladi va qolga jarayon ham yuqoridagi kabi davom etgan holda chek bo‘yicha hamda bank vositachiligida to‘lovlar amalga oshiriladi.
    Buyuk iqtisodchi Karl Marks esa bu jarayonni asosan tovar va pulga bog‘lab tushuntiradi. Unga ko‘ra pul aylanishining ilk oddiy ko‘rinishi talab va taklif asosida amalga oshiriladigan savdo-sotiq jarayonida vujudga keladi. Bunda sotish
    ham sotib olish ham va pul ham bir-biriga uzviy aloqador bo‘lib, sotuvchi tovar yoki xizmatga, xaridor esa pulga ega bo‘ladi. Shunga ko‘ra, pul aylanishini asosiy vositasi asosan xarid vositasi sifatida namoyon bo‘ladi va bu pul aylanishi jarayonida turli vazifalarni bajaradi.
    Xarid qilish jarayonida pul sotuvchi qo‘liga, tovar esa xaridor qo‘liga o‘tadi.
    Bu holatda esa tovar va pul qarama qarshi yo‘nalishda harakat qiladi.45
    Pul aylanmasi sub‘ektlar o‗rtasida amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlarning naqd va naqd pulsiz ko‗rinishidir. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy adabiyotdarida pul aylanmasi deyarli o‗rganilmaydi. Buning asosiy sabablaridan biri, balki mazkur mamlakatlar bank muassasalarida hisob – kitoblarni amalga oshirishda pul aylanmasi naqd va naqd pulsiz ko‗rinishi shakllari o‗rtasida farq mavjud emasligi bo‗lishi mumkin. Haqiqatda ham rivojlangan va ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar banklarida naqd va naqdsiz pul hisob – kitoblarni amalga oshirish o‗rtasida farq mavjud emas.
    Pul aylanishi modeli uning ( yaratilishi ) muomalaga chiqarilishi va
    qaytishi bilan bog‘liq izchil to‘rt bosqichdan iborat:
    banklar firmalarga kreditberadi;
    firmalar o‘z xodimlariga ish haqito‘laydi;
    xodimlar firmalarning yaratgan mahsuloti, tavari, xizmatinixarid
    qiladi;
    firmalar banklarga olgan kreditlarini qaytaribto‘laydilar.
    Grazianining fikriga ko‘ra: ―Pulning aylanish nazariyasi pulningbutun
    aylanish davomiyligini muhokama qiladi, ya‘ni bank qarzlarini berilishibilan
    boshlanib, qarzlarni to‘lanib so‘ndirilishi bilan tugaydi.
    Haqiqatda, aylanish modeli ―pulning butun aylanish davri‖ ni yoritib bera olmaydi. Bank-firma munosabatlaridan tashqari , model real iqtisodiy va moliyaviy operatsiyalardan farq qilmaydi, banklar va moliyaviy vositachilar orasidagi farqlar tizimli emas; eski sanoat tushunchasiga asoslanib qayta mahsulot ishlab chiqaradi va xaridqiladi.46
    Pul aylanmasidan tashqari to‘lov aylanmasi degan tushuncha mavjud. To‘lov aylanmasi pul aylanmasiga qaraganda keng tushuncha. To‘lov aylanmasi-bu pul shaklidagi mablag‘larning va pul bozori instrumentlarning vositasida amalga oshirilgan to‘lovlarning yig‘indisidir. To‘lov aylanmasi – bu pullar va pul bozori instrumentlari harakatlari yig`indisidir.
    Pul bozori instrumentlariga quydagilar kiradi :

    • Veksellar;

    • Depozitsertefikatlari;

    • Jamg`armasertefikatlari;

    • Obligatsiyalar;

    • Bankakseptlari.





    45Helmut Creutz ― The Money Syndrome‖ Towards a Market Economy Free from Crises (Chapter 3- Money movements, Money circulation) -1999. 86-87p
    46 By Joseph Huber Circuitism – its monetary theory and model of the money circuit. Source: https://sovereignmoney.eu/circuitism, as of March 2015.-12p.
    Veksel – veksel beruvchining yoki vekselda ko‗rsatilgan boshqa tulovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan so‗mmani to‗lashga doir shartsiz majburiyatni tasdiqlovchi qimmatli qog‗ozdir. Tijorat veksellari – tijorat veksellari tovarlar kreditga sotilganda yoziladi. Vekselni mol etkazib beruvchi to‘ldiradi. Sotib oluvchi esa vekselga mas‘ul shaxsning imzosi va muhr qo‘yadi. Ana shundan keyin veksel sotib oluvchining mol etkazib beruvchi oldidagi qarz majburiyatini tasdiqlovchi hujjatga aylanadi. Tijorat vekseli pulning to‘lov vositasi funktsiyasini bajaradi.Vekselni indassament orqali boshqa shaxslarga uzatish mumkin.Indassament-vekselni boshqa shaxsga uzatish huquqini beruvchi maxsus yozuv.Vekselni boshqa shaxsga uzatgan shaxs indossant deyiladi.Vekselni qabul qilib olgan shaxs indossatdeyiladi.
    Obligatsiyalar – o‘z egasiga qat‘iy belgilangan foiz ko‘rinishida daromad keltiruvchi qimmatli qog‘oz.
    Davlatning xazina majburiyatlari.
    Depozit sertifikatlari –bu tijorat banklari tomonidan korxonalar ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni jalb qilish maqsadida chiqariladigan qimmatli qog‘oz.
    Jamg‘arma sertifikatlari –bu jismoniy shaxslar ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni banklarga jalb qilish maqsadida chiqariladiganqimmatli qog‘oz.
    Cheklar– unda ko‘rsatilgan summani to‘lash to‘g‘risidagi topshiriqdir.
    Amaliyotda pullik cheklar va hisob kitob cheklari qo‘llaniladi. Fredirik Mishkenning fikriga ko‘ra cheklarning jiddiy kamchiligi ularni chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarning katta ekanligidir. AQSh da har yili chekni muomalaga chiqarish uchun 40 mlrd.$ xarajat qilinadi.
    − Bank aktseptlari – aktsept so‘zi lotincha so‘z bo‘lib qabul qilmoq degan manoni anglatadi. Bank aktsepti deganda bank tomonidan tijorat vekseli va chek bo‘yicha to‘lovning kafolatlanishi tushuniladi.
    To‘lov aylanmasining mutlaq asosiy 75-80% ini pul aylanmasi tashkil qiladi.Chunki pul eng yuqori likvidli aktivhisoblanadi.
    Shu bilan birga, MDH mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarining deyarli barchasida―pul aylanmasi‖va―to‗lov aylanmasi‖alohida – alohida o‗rganiladi. Ularni bir – biridan farqlashda asosiy etibor hisob – kitoblarni amalga oshirishda naqd pulni ishtirok etishi yoki etmasligiga qaratiladi. Pul aylanmasida bevosita naqd pullar to‗lovlarni amalga oshirishda ishtirok etadi. Keyingi yillarda hisob – kitoblarni amalga oshirishda plastik kartochkalar, hisob – kitob cheklarni joriy etilishi pul aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob – kitoblar ulushining sezilarli darajada pasayib ketishiga sabab bo‗lmoqda. Xususan, AQSH, G‗arbiy Evropa mamlakatlari va Yaponiyada naqd pul aylanmalarining ulushi 1 – 1,5 foizni tashkil etadi.
    Pul aylanmasini tashkil qilish asoslari:

    • Qonunchilikasoslari;

    • Institutsionalasoslar;

    • Milliy to‘lov tiziminigmavjudligi;

    • Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning banklarda ochilgan joriy hisob

    varaqlarining mavjudligi;

    • Mamlakatning xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro munosabatlariningmavjudligi.

    Qonunchilik asoslari:

    1. O‘zbekiston Respublikasiningkonstitutsiyasi;

    2. Qonunlar vakodekslar;

    3. Qonunostihujjatlari:

      1. O‘zbekiston Respublikasi Przidentining farmonlari vaqarorlari;

      2. Vazirlar Mahkamasiningqarorlari;

      3. Vazirliklarning buyruqlari, Davlat Qo‘mitasi raislari buyruqlari, Markaziy bankning yo‘riqnomalari (ular faqat Adliya Vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgandan keyin kuchgakiradi).

    Pul aylanmasi ikki yirik qismdan iborat:

    1. Naqdsiz pulaylanmasi

    2. Naqd pulaylanmasi

    Naqdsiz pul aylanmasi – bu pul mablag‘larining to‘lovchining bankidagi hisob raqamidan oluvchining hisob raqamiga ko‘chirish shaklidagi harakatlarining yig‘indisidir.
    Sobiq Ittifoq o‘rnida tashkil topgan davlatlar o‘zaro talab va majburiyatlarini
    voz kechish deb nomlanuvchi naqdsiz pul aylanmasi mavjud.

    Download 3,13 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   219




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish