2. O‘zbekiston Respublikasi avtomobillashtirish va yo‘l tarmoqlarini o‘sish ko‘rsatkichlari.
2. O‘zbekiston Respublikasi avtomobillashtirish va yo‘l tarmoqlarini o‘sish ko‘rsatkichlari.
Butun dunyoda avtomobillar soni kundan-kunga ko‘payishi kuzatilmoqda. Bunday holat birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasiga xosdir. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat iktisodiyotini ko‘chaytirish maqsadida avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirib, Andijon viloyatining Asaka shahrida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda “UzDEU avto” qo‘shma korxonasida yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan zavod qurilib, 1996 yildan boshlab NEXIA, TICO, DAMAS va 2001 yilning avgust oyidan esa MATIZ rusumli avtomobillar ishlab chiqarila boshladi.
Dunyo avtomobil bozoridagi mavjud keskin raqobatning mavjudligiga qaramasdan, O‘zbekiston avtomobil sanoati yildan–yilga ishlab chiqarish sur’atlarining o‘sishiga va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning oshib borishiga erishmoqda.
“O`zDEU avto” korxonasida ishlab chiqarilgan avtomobillar soni 2007 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 661 mingtadan ortib ketdi. 2006 yilda 140 mingdan ortiq avtomobillar ishlab chiqarilib, 2005 yilga nisbatan 38,7 foiz o‘sishga erishildi.
Past darajadagi harakat xavfsizligiga sabab bo‘ladigan avtomobillar harakatini uchta o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin.
Past darajadagi harakat xavfsizligiga sabab bo‘ladigan avtomobillar harakatini uchta o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin.
Avtomobil transportining o‘z ko‘rsatkichlariga ko‘ra mos keladigan avtomobil-transport foydalanish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi.
Avtomobillar harakatining yo‘l harakati boshqa qatnashchilaridan yetarli darajada ajratilmaganligi va piyodalar harakatlanish madaniyatining pastligi.
Haydovchilik kasbining ommaviyligi va ular orasida past malakali va kam ko‘nikmaga ega bo‘lgan havaskor haydovchilarning ko‘pligi.
Mamlakatimizdagi iqtisodiy tarmoqni rivojlantirishda yo‘l sohasining roli katta bo‘lib, u ishlab chiqarish sohasi va iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlash va O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga faol qarab borishi maqsadida uni yuqori darajadagi avtomagistrallar bilan ta’minlash, transport kommunikatsiyalarini a’lo darajada rivojlantirishni talab etadi, bu esa birinchi navbatda avtomobil yo‘llarini ustuvor tarzda rivojlantirib borishni talab etadi.