Yuqoridagilardan kelib chiqib, yo‘l harakatini tashkil qilishning asosiy maqsadi deb har xil transport vositalarini yuqori tezlik bilan yo‘lning turli bo‘lagidan yilning har qanday ob-havo sharoitlarida xavfsiz o‘tkazish tushuniladi. Harakatni tashkil etishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

transport vositalarining harakat tartibini belgilash va ta’minlash;
avtomobillarning yuqori samaradorlik bilan ishlashini har qanday ob-havo sharoitida ta’minlash va eng yaxshi yo`l sharoitlarini vujudga keltirish;
harakat xavfsizligini yo‘lning har qanday bo‘lagida va turli ob-havo sharoitlarida ta’minlash;
atrof - muhitni bulg‘atmaslik;
transport vositalarining va yo‘l inshootlarining tez ishdan chiqmasligini ta’minlash.
Harakatni tashkil qilish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun turli vazirliklar, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar va hokimiyatlar darajasida keng ko‘lamli faol ishlar olib borilishi zarur. Harakatni tashkil qilishdagi echiladigan masalalar ko‘lamiga qarab, ularni uch darajaga bo‘lish mumkin:

Davlat ahamiyatidagi daraja. Bu darajada yo‘lda harakatlanish qonun va me’yorlari tuziladi, «Avtomobil – haydovchi – yo‘l – piyoda - muhit» tizimidagi elementlarga talab standartlashtiriladi, yo`l tarmog‘ining rivojlanish rejalari tuziladi, davlat miqiyosida avtomobillashtirish ko‘lami muvofiqlashtiriladi.
Vazirliklar darajisi. Bu daraja yo‘lovchilarni va yuklarni tashishni takomillashtirish va rivojlantirish; transport vositalarini ishlab chiqarish; yo‘llarni qurish, ta’mirlash; yo‘lda yurishni tashkil qilishda ishlatiladigan texnik vositalarni ishlab chiqarish; haydovchilarni tayyorlash va yo‘l qoidalarini yo‘l harakati qatnashchilariga targ‘ibot qilish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Muhandis xizmati darajasi. Bu darajada yo‘lda harakatni tashkil qilish bo‘yicha izlanishlar; yo‘lning xavfli bo‘laklarida harakatlanish sharoitlarini yaxshilash; yo‘lning turli bo‘laklarida bo‘ylama va ko‘ndalang ko‘rinishni yaxshilash; transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish; harakatni tashkil qilish uchun ishlatiladigan texnik vositalarni tatbiq etish va ishlatish; haydovchilar va piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilib borish masalalari hal qilinadi.