harakat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va harakat tirband bo`ladigan yo`l bo`laklarini aniqlash;
avtomobil yo`lining transport-ekslputatsion sifatlarini va birinchi navbatda qoplamaning ravonlik, mustahkamlik hamda tishlashish xususiyatlarini belgilovchi ko`rsatkichlarni o`rganish;
yo`l poyining elementlarini va suv qochirish inshootlarining holatini baholash;
transport vositalaridan chiqadigan chiqindi gazlarni va shovqin darajasini baholash.
2. Yo`lning geometrik parametrlari, holati va jihozlanganlik to`g`risidagi ma’lumotlarni yig`ish. Yo`lni tekshirishda harakatlanuvchi laboratoriyalardan foydalanish.
2. Yo`lning geometrik parametrlari, holati va jihozlanganlik to`g`risidagi ma’lumotlarni yig`ish. Yo`lni tekshirishda harakatlanuvchi laboratoriyalardan foydalanish.
Harakat xavfsizligini ta’minlash borasida tavsiyalar ishlab chiqish uchun birinchi navbatda yo`l elementlarining haqiqiy o`lchamlarini aniqlash zarur. Foydalanishdagi yo`l elementlarining o`lchamlari vaqt o`tishi bilan o`zgarib boradi. Yo`l elementlarining o`lchamlari to`g`risidagi ma’lumotni to`laligicha loyiha hujjatlaridan olish mumkin, lekin yuqorida aytganimizdek, bu ko`rsatkichlar vaqt o`tishi mobaynida o`zgarishi, ba’zan loyiha hujjatlari yo`qligi yoki yetishmasligi sababli yo`l elementining haqiqiy o`lchamlari to`g`risidagi ma’lumotlar ko`rik davomida dala sharoitida aniqlanadi.
Yo`lning rejadagi va kesmalardagi geometrik elementlarini o`lchashda uzunlik o`lchovi (20, 10 metrli) lentalar, geodezik asboblar (nivelir va teodolit), aerofotos’yomka hamda avtomobil-laboratoriyadan foydalaniladi.
3. Harakatlanish uchun xavfli yo`l bo`laklarini aniqlash usullari. Xavfsizlik koeffitsiyenti. Halokatlilik koeffitsiyenti.
3. Harakatlanish uchun xavfli yo`l bo`laklarini aniqlash usullari. Xavfsizlik koeffitsiyenti. Halokatlilik koeffitsiyenti.
Avtomobil yo`lining harakatlanish uchun xavflilik darajasini aniqlash yo`ldan foydalanishda, harakatni to`g`ri tashkil qilishda, shuningdek, harakat xavfsizligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishda yoki yo`lni ta’mirlashda birlamchi asosiy tayanch ma’lumot bo`lib hisoblanadi.
Hozirgi paytda avtomobilning xavfli bo`laklarini aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi: xavfsizlik koeffitsiyenti; halokatlilik koeffitsiyenti; YTH statistikasi; ziddiyatli vaziyat.
Yo`lning transportdan foydalanish sifatini va harakat xavfsizligini baholashda asosiy vazifalardan biri harakat tartib-qoidalariga sezilarli ta’sir qiluvchi yo`l qismlari yoki uning alohida bo`laklarini aniqlashdan iborat. Bunday joylarda asosan yo`l-transport hodisalari tez-tez ro`y berib turadi.