O„zbekiston respublikasi


Qimmatli qog„ozlar bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning jahon amaliyoti



Download 0,62 Mb.
bet69/108
Sana26.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#583092
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   108
Bog'liq
ARM Alladustov R.D. Moliya bozori va birja ishi. O\'-q 2019

Qimmatli qog„ozlar bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning jahon amaliyoti


Qimmatli qog‗ozlar bozorini tartiblashtirishning jahon amaliyoti fond bozorini muvofiqlashtirish va fond qonunchiligi ijrosini nazorat qilinishi tizimi bo‗yicha tashkillashtirish modellarining turliligini ko‗rsatadi (9.1 va 9.3 paragraflarga qaralsin). Jahon amaliyotida eng ko‗zga ko‗ringan ba‘zi regulyatorlarni ko‗rish bilan chegaralanamiz, chunki boshqa ko‗pchiligi ularning u yoki bu jihatlarini o‗z ichiga olgan. Amerika Qo‗shma shtatlari qimmatli qog‗ozlar bozorini tartiblashtirish tajribasi
Jahon amaliyotida mumtoz hisoblangan AQSh modeli hozirda boshqa mamlakatlardagi tartiblashtirish tizimi modellariga qaraganda nisbatan samaralilaridan bo‗lib kelmoqda.
AQSh modeliga ko‗ra, ―Qimmatli qog‗ozlar muomalasi to‗g‗risidagi‖ qonunga binoan 1934-yilda tuzilgan ―Qimmatli qog‗ozlar va birjalar bo‗yicha Komissiya‖ (quyida qisqacha Komissiya deb yuritamiz) fond bozorining bosh regulyatori hisoblanadi. Komissiya bir vaqtning o‗zida ham nazorat va ham qonuniy tartib- qoidalarni o‗rnatuvchi davlat organi funksiyasini bajaradi.
Bundan tashqari Komissiya federal sudlarni maslahatchisi hamdir.
Komissiya har yili Kongressga qimmatli qog‗ozlarga oid qonunlarni bajarilishi to‗g‗risida hisobotiy ma‘ruza taqdim etadi.
Komissiya rahbariyati 5 kishidan iborat bo‗lib, ularning har biri 5 yillik muddatga AQSh Prezidenti tomonidan Senat bilan kelishilgan holda tayinlanadi. Komissiya raisi Prezident tomonidan tayinlanadi. Komissiya a‘zolarining vakolati bir
muddatda (kunda va yilda) tugamaydi, balki har birining vakolat muddati boshqalarinikiga nisbatan bir yil oraliq bilan yilning 5 iyunida tugaydi, ya‘ni 5 yil o‗tishi bilanoq (ohirgi yilning 5 iyunida) bir a‘zoning vakolati tugaydi. Komissiyaning uch a‘zosidan ko‗pi bir siyosiy partiyaga taaluqli bo‗lishi mumkin emas. Komissiyaning shtati bo‗lim va boshqarmalardan (jumladan, 11 regional va okrug boshqarmalaridan) iborat bo‗lib, boshliqlari Rais tomonidan tayinlanadi. shtab- kvartirasi Vashingtonda joylashgan.
Yaponiya qimmatli qog‗ozlar bozorini tartiblashtirish tajribasi
1948-yilda ―Qimmatli qog‗ozlar va birjalar to‗g‗risidagi‖ qonunga binoan AQSh modeliga o‗xshash Moliya vazirligi huzurida, lekin ma‘lum darajada undan holis va hukumat organi maqomiga ega bo‗lgan ―Qimmatli qog‗ozlar va birjalar bo‗yicha Komissi‖ tashkil etilgan.
1964-yilda komissiya negizida Moliya vazirligi tarkibida maxsus Byuro tashkil etilib, uning ichiga quyidagi olti bo‗lim kirgan: Muvofiqlashtiruvchi, kapitallar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari moliyasi, qimmatli qog‗ozlar savdosi bozorlari, fond faoliyati, nazorat bo‗limlari. Bulardan tashqari Byuro tarkibida nisbatan mustaqil bo‗lgan quyidagi tuzilmalar faoliyat yuritgan: fond bozori bo‗yicha Kengash, buxgalterlik hisob bo‗yicha Kengash, sertifikatsion davlat imtihoni Komissiyasi.
Joylarda nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi 9 moliyaviy byuro, 40 moliya bo‗limlari va Okinavani rivojlantirish Agentligining umumiy byurosi bo‗lgan.
1992-yilda Byuroning o‗rniga makroregulyator sifatida moliyaviy xizmatlar bo‗yicha Agentlik tuzilgan.
Germaniya qimmatli qog‗ozlar bozorini tartiblashtirish tajribasi
1995-yilda ―Moliya bozorini rivojlantirishga ko‗maklashish to‗g‗risidagi‖ qonunga binoan federal regulyativ organ bo‗lgan ―Qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha Komissiya‖ tuzilgan. Bu organga parallel holda Frankfurt fond birjasida ―Stats- komissariat‖ tashkil etilgan bo‗lib (bu organni stats-komissar boshqaradi), bu organ birjalar faoliyatini tartiblashiradi (Shunga o‗hShash organ Lyuksemburgda ―Birjaviy
kuzatuv kengash‖ bo‗lib, u yagona va bosh regulyator hisoblanadi). Bunga qaramasdan, Komissiya rasmiy ravishda bosh regulyator hisoblanadi.
Ammo, Germaniyada bozorning professional qatnashchilari banklar bo‗lgani uchun, bozorni tartiblashtirishda asosiy rolni ―Banklar ustidan Federal nazorat palatasi‖ o‗ynaydi. Aynan shu federal organ fond bozorining barcha qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. shunga o‗hShash banklarning regulyativ organi (Bank inspeksiyasi) shvetsiyada mavjud bo‗lib, bu organ qimmatli qog‗ozlar bozorida yagona va bosh regulyator hisoblanadi.
Shunday qilib, Germaniyada biramasiga bir nechta regulyator mavjud.
Hozirda AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya va ba‘zi boshqa davlatlarning qimmatli qog‗ozlar bozorini tartiblashtirish organlari vakillari tomonidan qimmatli qog‗ozlar bilan bog‗liq operatsiyalar ustidan nazorat qilish bo‗yicha millatlararo organ tuzish masalasi ko‗rilmoqda, ajab emas yaqin kelajakda bunday xalqaro regulyator paydo bo‗ladi.
Bu borada xalqaro tashkilotlarning xizmati katta (6.5 paragrafga qaralsin). Misol tariqasida MVF, Jahon banki, XMK, IOSCO, IHRT (6.5 paragrafdagi Xalqaro o‗ttizlik guruhi tavsiyalariga qaralsin).
Bunda IOSCO tashkiloti tomonidan tavsiya qilingan regulyatorlarning ikkilamchi bozorlarga nisbatan qo‗yiladigan talablarini keltirish o‗rinli24.
Ko‗rinib turibdiki, bu talablarning barchasi savdo tizimlarida transparentlik, samaralilik, ishonchlilik va risksizlilik darajasini oshirishga qaratilgan.

  1. Download 0,62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish